1.3.3. Yangi tarif rejasi bo‘yicha Xizmatlarni faollashtirish Abonentning shaxsiy hisob raqamida
tanlangan tarif rejasi bo‘yicha to‘liq Abonent to‘lovini qoplash uchun zarur summa mavjud
bo‘lgan holda, amalga oshiriladi.
1.3.4. Tarif rejasini almashtirish operatsiyasi bepul amalga oshiriladi.
1.3.5. Yangi ulanish, shuningdek, arxiv tarif rejalariga o‘tish imkoniyati mavjud emas. Agar
Abonent arxiv tarif rejasidan yangi tarif rejasiga o‘tsa, keyinchalik arxiv tarif rejasiga qaytib
o‘tish mumkin bo‘lmaydi.
1.4. Operator tomonidan Abonentni blokirovka qilish va xizmatdan uzib qo‘yish qoidalari
1.4.1.
Abonentlarni Operator Xizmatlaridan foydalanishni blokirovka qilish quyidagi qoidalarga
asosan amalga oshiriladi:
1.4.1.1. Kiritilgan trafik limiti miqdori sarflangunga qadar, xizmatlardan foydalanish ijobiy
balansda ham, salbiy balansda ham hisob-kitob davri oxirigacha taqdim etilishi mumkin.
Kiritilgan trafik limiti sarflangandan keyin, xizmatlardan foydalanish faqat ijobiy balansda
taqdim etiladi, aks holda xizmatlardan foydalanish imkoniyati o‘chirib qo‘yiladi.
1.4.1.2. Agar ikki hisob-kitob davri davomida Abonentning shaxsiy hisob raqamidagi saldo
Abonent to‘lovi va qo‘shimcha xizmatlarni (xizmatni rezervlash) to‘liq yechib olish uchun
yetarli bo‘lmasa, u holda ikkinchi hisob-kitob davri tugashida Operator billing tizimida Abonent
shaxsiy hisob raqamining maqomi avtomat ravishda “Tugatilgan” maqomga o‘tkaziladi va shu
vaqtdan boshlab, Operator Abonent tomonidan Operator uskunasida band qilingan portni
bo‘shatish huquqiga ega bo‘ladi.
1.4.1.3. Shaxsiy hisob raqamining “Tugatilgan” maqomi Abonent bilan tuzilgan Shartnoma
holatini nofaol holatga o‘tkazadi va Operatorning billing tizimi ushbu shaxsiy raqam bilan hech
qanday harakatlarni amalga oshirmaydi (shu jumladan, hisob yechib olinishini ham) va bunda,
bog‘langan Qo‘shimcha xizmatlardan foydalanish imkoniyati to‘xtatiladi.
1.4.1.4. “Tugatilgan” maqomda Operator Asosiy xizmat va bog‘langan Qo‘shimcha xizmatlar
bo‘yicha Abonent bilan tuzilgan Shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish huquqini
o‘zida saqlab qoladi.
1.4.1.5. Shaxsiy hisob raqami “Tugatilgan” maqomda bo‘lgan Abonentlar ikkita hisob-kitob
davri uchun xizmatni zaxiralash uchun to‘lovni amalga oshirganda eski Shartnomalarini qayta
tiklashlari mumkin.
1.4.1.6. “To‘lov kutilmoqda” maqomida bo‘lgan Abonent Xizmatlar qayta faollashtirilishini
xohlasa, u foydalanilmagan hisob-kitob davri uchun “Xizmatni rezervlash” qo‘shimcha xizmati
uchun to‘lovni amalga oshirishi, shuningdek, belgilangan tariflarga muvofiq yangi hisob-kitob
davri uchun Abonent to‘lovini kamida 100 % miqdorida amalga oshirishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: