Biologik xususiyatlari. Beda yorug‘sevar, issiqqa talabchan uzun kun o‘simligidir. Qishda past temperaturaga, yozda issiqqa chidamli. Urug‘i 5-60 C da unib chiqadi. Maysalari 60 C sovuqqa chidaydi. Bedaning transpiratsiya koeffitsiyenti 700-900 orasida bo‘ladi. U jadal o‘sish davrida (g‘unchalashdan gullash fazasigacha) suvni juda ko‘p bug‘latadi. Havo juda quruq bo‘lganda beda o‘sishdan to‘xtab barglarining bir qismini to‘kib yuboradi. Sug‘orilgandan yoki yog‘ingarchilikdan keyin o‘simliklar yana o‘sa boshlaydi. Ildiz sistemasi baquvvat rivojlangan bo‘lib, tuproqning chuqur qavatigacha kirib borganligidan chuqurlikdagi namni yaxshi o‘zlashtiradi. Uning qurg‘oqchilikka chidamliligi ana shu xususiyatiga bog‘liq. Namga juda ta’sirchan bo‘ladi, shuning uchun sug‘oriladigan yerlarga ekilganda hosili yuqori bo‘ladi.
Beda tuproqdan juda ko‘p miqdorda R, K, Sa va Mg ni o‘zlashtiradi. Beda 1 t pichan yetishtirish uchun tuproqdan 5-6 kg fosfor va 15-20 kg kaliyni o‘zlashtiradi. Bedadan 50 s pichan olish uchun 110 kg kaliy, 36 kg fosfor, 120 kg azot, 145 kg kalsiy sarflanadi.
Bedani har xil tuproqli yerlarga ekish mumkin. U qoratuproqli, kashtan, bo‘z va boshqa xil tuproqli yerlarda yaxshi o‘sadi. Botqoq va kuchli kislotali yerlar beda ekish uchun yaramaydi. Beda uchun tuproqning muhiti neytral va kuchsiz ishqoriy (pH -7-8) bo‘lishi kerak.
Beda g‘o‘za, kanop, tamaki, kuzgi bug‘doy, sholi, makkajo‘xori, moyli va sabzavot ekinlaridan bo‘shagan yerlarga ekiladi. O‘tmishdosh ekinlarni hosili yig‘ib olingandan keyin talab qilinsa diskalanadi va 7-10 kundan keyin 22-25 sm chuqurlikda haydaladi. Erta bahorda borona qilinadi, ekishga yaqin mexanik tarkibi yengil bo‘lgan tuproqlarda mola bostiriladi.
О‘g‘itlash. Beda oziqaga talabchan o‘simlik. 1 gektarga 10-15 t go‘ng, 90-120 kg forsor va 50-75 kg sof kaliy solinadi. Bu o‘g‘itlarni hammasini yer haydashdan oldin solinadi. Bedaning boshlang‘ich rivojlanish davrlarida tuproqdagi azot yetarli bo‘lmasa oz meyorda (20-30 kg) azot qo‘llaniladi.
Beda sharoitga qarab bahorda, yozda va kuzda ekiladi. Beda yoppasiga qatorlab yoki tor qatorlab ekiladi. Qatorlarning orasi 13-15 yoki 6,5-7,5 sm qilib ekiladi. 1 gektar yerga 12-18 kg urug‘ sarflanadi. Bundan tashqari beda bilan suli, arpa, bug‘doy qo‘shib ekiladi, bu ekinlarning urug‘i 1 gektarga 40-60 kg dan ekiladi. Beda urug‘ini ekish chuqurligi 1-3 sm.
Ko‘kat va pichan tayyorlash uchun beda shonalash davrini oxirida va gullash davrini boshlarida o‘riladi. Urug‘ olish uchun dukkaklari 70% yetilganda o‘riladi va xirmonda quritilib yanchiladi. Urug‘ining namligi 13% dan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |