KELISHILGAN TASDIQLAYMAN
“Ozbektelikom” AK Jizzax filiali “O'zbektelikom” AK Jizzax filiali
Kasaba uyushmasi raisi Texnik masalalar bo'yicha
____________ N. Gayiriva. direktor o'rinbosari
<< ______>> _________2022 y. _______ U.K.Karshibaiev
<<_______>> _______2022y
Yong'in xavfsizligi va xavfsiz texnikasi boyicha yo'riqnoma
Ta'qiqlanadi:
- bino ichiga yong'in jihatdan xavfli, zaharli va nafasni qaytaradigan (bo'g'adigan) moddalarni olib kirish . saqlash hamda foydalanish;
- bino ichida chekish va hududida olov yoqish;
- maxsus issiqlik himoya qurilmalari bo'lmagan, issiqlikni o'tkazmaydigan maxsus material bilan himoyalanmagan, yong'in olib keladigan xavfli uskunalaridan foydalanish;
- ishlab turgan kompiyuter, monitor hamda boshqa uskunalaridan korpusini ochish;
- yong'inga olib keladigan nosoz elektirasboblardan va uskunalaridan foydalanish;
- evakuatsiya, chiqish yo'llari va eshiklarni mebellar, uskunalar, boshqa turdagi narsalar bilan to'sib qo'yish;
- elektirasboblarni yerga ulanmasdan ishlatish va himoya xususiyati yo'qolgan yoki shikastlangan elektrsimlardan va kabellardan foydalanish;
- ishlab turgan uskunalarni (telvezorlarni, mikroto'lqinli pechlarni, elektrochoynaklarni, maishiy texnikalarni) nazoratsiz qoldirish.
Avariya holatlari xavfsizlik talablari:
Avariya holati sodir bo'laganda quydagilarda amal qilish zarur:
Tutin chiqanda, me'yordan tashqari shovqin yoki qizib ketish paydo bulganda darhol ishni to'xtatish, elektor rozetkadan vilkani olish va xizmat ko'rsatuvchi hodimni chiqarish:
Elektor kuchlanishga tushib qolgan shaxsga himoya vositalari bilan tegishli choralar ko'rsatish, ya'ni rezina qo'lqopdan foydalangan holda yoki jarohat olgan shaxsining kiyimini quruq bo'lgan joyidan tortish, vrach kelgunga qadar tezda jarohat olgangabirinchi yordam ko'rsatish (103 ga qo'ng'roq qiling);
Agar yong'in sodir bo'lsa quydagicha choralarni ketma-ket bajarish zarur:
1. Yong'in signalizatsiyasi moslamasini yoqish;
2. Xodimlarni yong'n sodir bo'lganligi to'g'risida zudlik bilan xabardor qilish;
3. Insonlarni evakuatsiya qilish sxemasi bo'yicha binodan chiqib ketishni ta'minlash;
4. O't o'chirish komandasini chiqarish (101 ga qo'ng'roq qiling );
Avariya, yong'n yoki favqulotda vaziyda sodir bo'lganda zudlik bilan “O'zbektelikom” AK Jizzax filiali rahbariyatiga xabar berish.
Yong'in xavfsizlik va texnikasi bo'yicha yo'l-yo'riqnoma talablariga hamda qoidalari rioya qilmagan hodim ma'muriyat javobgarlikka tortiladi.
____________BO'YICHA YONG'IN XAVFSIZLIGI VA TEXNIKA XAVFSIZLIGIGA JAVOBGAR SHAXS_______
.
Do'stlaringiz bilan baham: |