Kelishilgan Tasdiqlayman «Ammofos-Maxam»


Asbob-uskunalarni ishga tushirish va ishdan to`xtatish



Download 484 Kb.
bet15/21
Sana02.04.2022
Hajmi484 Kb.
#524367
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
33-04-2013-аппаратчик грануляции. лат.готовый

7 Asbob-uskunalarni ishga tushirish va ishdan to`xtatish

7.1 Asbob - uskunalarni ishga tushirish va ishdan to`xtatish 9-jadvalda ko`rsatilgan


9-jadval - Asbob - uskunalarni ishga tushirish va ishdan to`xtatish

Operatsiyaning nomlanishi

Asbob-uskunalarni, tizimni to`xtatishda yoki ishga tushirishda ishchilarning mehnatga oid xarakatlari

Donadorlash apparatchisi

Yondosh apparatchi

1Granulyatsiyalash (donadorlash) bog’lamasini ishga tushirish

1 Smena boshlig’ining ruxsati olinib, yondosh asbob - uskunalarning ishga tushirilganiga ishonch hosil qilib, apparatchi asbob-uskunalarni ishga tushirishni boshlaydi
2 Orqadagi (xvostovoy) ventilyator poz.347 yoqiladi
3 Quritish barabani poz.345 yoqiladi









4 Ventilyator poz.343 yoqiladi
5 Gaz iste`mol qiluvchi qurilmalarni yoqish qoidalariga muvofiq GVK shamollatiladi, kalorifer yoqiladi
6 Quritish barabaniga kirishda gazlar temperaturasi 450-1000 0 C, chiqishda esa -900 C bo`lishi erishilganida, forsunkaga quyqa uzatishini boshlash
7 Normal texnologik rejimga chiqqandan so`ng, TRMga muvofiq BGS apparatining issiqlik tashuvchi, quyqa, retur bilan doimiy ta`minotini amalga oshirish

Bug’lash apparatchisi - BGS apparatining forsunkasiga bug’latilgan quyqani uzatish nasoslarini yoqish

2Granulyatsiyalash (donadorlash) bog’lamasini to`xtatish

1 Bug’lash, elash, absorbsiyalash apparatchilari ogohlantirilganidan so`ng, gaz iste`mol qiluvchi qurilmalarni yoqish qoidalariga muvofiq KG-15ni o`chirish
2 Quyqa uzatishini to`xtatish
3 BGSdan chiqishda gaz temperaturasi 400 Cga yetganida, ventilyatorni o`chirish
4 Quritish barabanini to`xtatish poz.345




3 Ventilatorni yoqish va to’xtatish

1 Yoqishdan avval, tashqi ko`zdan kechirish yo`li bilan barcha qismlarning qotirilganligini, himoya kojuxlarining sozligini, zazemleniyeni, NO`AvaA vositalari, tambalash armaturasi sozligini tekshirish
2 Ventilator ishchi g’ildiragi aylanish yo`nalishini tekshirish uchun sinab yoqib ko`rish
3 Podshipniklarni sovutish uchun suv uzatish
4 Podshipniklarni moylash uchun moylovchi yog’ning borligini tekshirish
5 Elektrodvigatelni tekshirish
6 Masofadan boshqarish yordamida shiberni ravonlik bilan ochib, ventilyator samaradorligini kerakli quvvatga chiqarish
7 Elektr dvigateli zo`riqib ketishining oldini olish maqsadida, ventilatorni shiberlari ochiq holatda ishga tushirish ma`n etiladi
8 Yoqilganida kerakli aylanishlarni (oborotlarni) ola olmagan ventilyatorni to`xtatish ta`qiqlanadi




4 Yuvish tartibi

1 VMni yuvishdan avval quritish barabani to`xtatiladi
2 VM oldidagi shiberni yopish yo`li bilan elektrodvigateldan yuklama yechiladi
3 Elektrodvigatel ishlab turgan holida, issiq suv uzatish tarmog’ida elektrodvigateldagi zo`riqish 10-15 amper chegarasiga yetguncha ulitaga suv uzatiladi. So`ng, elektrodvigatel' o`chirilib, suv yopiladi va to`kib tashlanadi. Barcha operatsiya ventilyator ulitasidan to`kishdagi suv toza bo`lmagunicha, 2-3 marta takrorlanadi.




5 Gazli kalorifer, yonish kamerasi, puflovchi (dutyevoy) ventilyatorni ichki va tashqi ko`zdan kechirish

1 Ko`zdan kechirish yo`li bilan yonish kameralarida, vozduxovodlarda odamlar, begona predmetlar, instrumentlar yo`qligiga, ta`mirlash ishlari olib borilmayotganiga, frontal plitaning qoplamasi shikastlanmaganligiga ishonch hosil qilish.
2 Gazli kaloriferda, gazoxodda, vozduxovodda, puflovchi ventilyatorda mexanikaviy shikastlanishlar yo`qligiga, portlovchi klapanning, impulsli trubkalarning butunligiga, tuynuk, darcha va lyuklarning yopiqligiga, birlamchi va ikkilamchi havo mexanizmlari normal yopilishiga ishonch hosil qilish




6 Gaz quvurlarini, gaz uskunalarini ko`zdan kechirish, gaz sirqib chiqishini aniqlash uchun sovun ko`pigini surkash

1 Gaz quvurlarini, gaz uskunalarini (surma klapanlar, kranlar, klapan, uzib qo`yuvchi moslama, sozlovchi klapan, manometr, nazorat moslamasi, fakel, qo`l piltasi) ko`zdan kechirish
2 O`chiruvchi surma klapan ochiq holatida, cho`tkacha yordamida gaz tarmog’idagi va gaz uskunalaridagi birikish, ulanish joylariga gazning sirqib chiqishini aniqlash uchun sovun ko`pigini surib chiqish, gazning sirqib chiqishi aniqlansa, darhol bu haqida smena boshlig’i va gaz xo`jaligi xavfsizligi uchun javob beruvchi mas`ul shaxsga xabar berish




7 NO`AvaA vositalari va xavfsizlik avtomatikasini tekshirish

1 Ko`zdan kechirish yo`li bilan NO`AvaA shiti va undagi ko`rsatuvchi pribor butunligiga ishonch hosil qilish
2 NO`AvaA chilangari bilan birgalikda ishchi holatni o`xshatgan vaziyatda asbob va moslamalar holatini tekshirish
3 NO`AvaA chilangari bilan birgalikda uzib qo`yuvchi klapan (klapan - otsekatel) tomonidan quyidagi holatlarda gaz uzatilishini to`xtatib qo`yilishini tekshirish:
- gaz bosimining 0,25 kgf/cm2dan pasayib ketishi;
- dutyevoy (puflovchi) havo bosimining 250 kgf/cm2dan pasayib ketishi;
- dutyevoy yoki oxirida joylashgan ventilyatorlarda kuchlanishning yo`qligi;
- fakelning o`chib qolishi




8 Dutyevoy (puflovchi) ventilyatorni ko`zdan kechirish va sinab ko`rish uchun ishga tushirish

1 Ko`zdan kechirish yo`li bilan ulita korpusida, rostlovchi apparatda, elektrodvigatelda mexanikaviy buzilishlar va shikastlar yo`qligiga, shkivli uzatmada remenlar borligiga ishonch hosil qilish
2 Podshipniklarda moylovchilarning borligini tekshirish
3 Kuchlanish qisqa muddatga uzatilganida, rotor ulitada ko`rsatilgan strelka bo`yicha aylanayotganligiga ishonch hosil qilish




9 Gaz tambalovchi - rostlovchi moslamalarini va gaz bosimi borligini tekshirish

1 Tambalovchi - rostlovchi moslama quyidagi holatga o`rnatiladi:
- o`chiruvchi surma klapan "yopiq";
- o`lchash diafragmasining impuls trubkalarida ventillar to`liq ochiq bo`ladi;
- nazorat monometrining strelkasi "nolda";
- uzib qo`yuvchi klapan pastki holatda;
- rostlovchi klapan "yopiq"
- nazorat surma klapani "to`liq yopiq";
- xavfsizlik svechasiga ventil "to`liq ochiq";
- ishchi surma klapan "to`liq yopiq";
- qo`l piltasiga kran "yopiq", pilta va unga olib boruvchi shlang, mexanikaviy shikastlanishlarsiz bo`lishi kerak.
2 Tarmoqda gaz bosimining borligi o`chiruvchi surma klapanni ochish va nazorat monometri ko`rsatkichlari sanab chiqilishi yo`li bilan tekshiriladi. Keyin o`chiruvchi surma klapan yopiladi.




10 10 daqiqa davomida yonish kamerasini ventilatsiya qilish (shamollatish)

1 Dutyevoy (puflovchi) ventilyatorni yoqish va mahalliy NO`AvaA shitidan masofadan boshqariluvchi PSP yordamida shimishda (tortib kirgazishdagi joydagi) rostlovchi apparat (klapanni) ochish
2 Xvostovoy (orqadagi) ventilyatorni yoqish, masofadan boshqarish usulida shimishdagi shiberlarni ochish
3 Yonish kamerasida oxiridagi ventilyatorni yoqish, masofadan boshqarish yordamida shimib oladigan joyda shiberlarni yoqish
4 Tyagonaporometr ko`rsatkichlari yordamida gazli kalorifer tuynugiga (lyukiga) qog’oz varag’ini yaqinlashtirish yo`li bilan yonish kamerasida siyraklashish borligiga ishonch hosil qilish
5 Yonish kamerasini 10 daqiqa davomida ventilyatsiya qilish




11 Yonish kamerasida siyraklashishni 2 mm H2Ogacha o`rnatish

1 Gazli kaloriferda birlamchi va ikkilamchi havoni yo`naltiruvchi apparatlarni "yopiq" holatiga o`rnatish
2 Mahalliy shitdagi naporomer ko`rsatkichlarini tekshirish. Siyraklashish katta bo`lganida sekin, keskin xarakatlarsiz masofada boshqarish yo`li bilan xvostovoy (orqadagi) ventilyator shiberi 2 mm H2Ogacha siyraklashgunicha yopiladi




12 KG-15A gazli kaloriferning asosiy mash`alasini o`t oldirish

1 Xavfsizlik svechasiga nazorat surma klapan va kranni ochish, 5 daqiqa davomida svechaga olib boruvchi gaz quvurini shamollatish
2 G’ijimlangan qog’oz parchasini yoqib, uni qo`l o`t oldirgichning (zapalnik) teshiklari oldiga qo’yish va qo’l piltasiga gazni uzatish kranini ochish

3 Yonayotgan qo`lda o`t oldirgichni (zapalnikni) lyukka kiritish va zapalnik barqaror yonishiga ishonch hosil qilish


4 Zapalnikning alanga tili (fakeli) gazli kalorifer o`rnatma uchligining (nasadka) biri to`g’risida joylashtiriladi
5 Zapalnik kalorifer o`rnatma uchligining biri ro`parasida barqaror yonsa, ishchi surma klapan sekinlik bilan ochilib, gazli kalorifer yondiriladi
6 Agar gaz yaxshi alanga olmasa, zapalnikning alangasi yulqinib ketsa, ishchi surma klapan zudlik bilan yopiladi. O`txonada 2.0 mm H2 O gacha siyraklashish borligiga ishonch hosil qilinadi va mazkur yo`riqnomaga amal qilgan holda qayta yoqiladi
7 Gazli kalorifer asosiy alangasi barqaror yonishiga ishonch hosil qilingan holda, zapalnik lyukdan chiqarilib, produvochnaya svecha yopiladi.

Kuzatish lyuki to`g’risida 1 metr masofada turgan holda, zapalnikning barqaror yonishini kuzatadi va ishlayotganlarning biriga ishchi surma klapanni ochish haqida komanda beradi





13 Gazli kaloriferning issiqlik yuklamasini (nagruzkasini) oshirish

1 Kaloriferga gazni uzatishdagi nazorat surma klapanini ochish, naporomer (bosim o`lchagich) ko`rsatmalari asosida kalorifer gorelkasi oldidagi gaz bosimini aniqlash
2 Ishchi surma klapanni ohista ochish, gorelka oldida gaz bosimini 10 kgf/cm2 ga ko`tarish
3 Dutyevoy ventilyatorning yo`naltiruvchi apparatini ozgina ochish yo`li bilan alanga (fakel) rangini tiniq havo rang bo`lishini erishish. Agar dutyevoy ventilyatorning pegulirovka qiluvchi apparati to`liq ochilgan holda ham, alanganing (fakelning) rangi sariqsimon bo`lib qolaversa, darhol kaloriferning birlamchi havo yo`naltiruvchi apparati sal ochiladi
4 15 daqiqadan keyin, agar issiqlik tashuvchining xarorati ko`tarilmasa, gaz bosimi yana qo`shiladi. Ishchi surma klapan va birlamchi havo ochilib , alanga rangi tiniq havo rang bo`lishi erishiladi
5 4 bandda ko`rsatilgan operatsiyalarni takrorlash orqali,quritish barabaniga kirishda issiqlik tashuvchining harorati reglament birliklariga mosligini erishish




14 Gazli kaloriferning issiqlik yuklamasini (nagruzka) pasaytirish

1 Gazli kaloriferning issiqlik yuklamasini pasaytirish ham qadamma - qadam amalga oshiriladi, faqat bunda dutyevoy havoning bosimi, so`ng, tabiiy gazning bosimi pasaytiriladi
2 Birlamchi havoni yo`naltiruvchi apparati qiya yopiladi, bunda alanganing rangi sariq tomonga o`zgaradi
3 Gazni uzatishda ishchi surma klapan yopilib, naporomer (bosim o`lchagich) bo`yicha gaz bosimining pasayish birligi aniqlanadi
4 15 daqiqadan so`ng, issiqlik tashuvchining xarorati qanchaga o`zgarganligi aniqlanadi
5 14.2, 14.3, 14.4 bandlaridagi opertsiyalarni izchillik bilan takrorlagan holda, xarorat belgilangan birlikkacha pasaytiriladi




15 Rejim kartasiga muvofiq berilgan rejimni ushlab turish

1 Mahalliy shit asboblari bo`yicha quyidagi parametrlarni kuzatib borish:
- quritish barabaniga kirishda xarorat;
- yonish kamerasida siyraklashish (bosim);
- gaz bosimi;
- birlamchi havoning bosimi;
2 Gaz tarmoqlari (gazoprovod) va gaz apparaturasi holatini doimiy kuzatib borish, gazning sirqib chiqib ketishiga yo`l qo`ymaslik
3 Issiqlik tashuvchi yuklamasini, gaz uzatishni, keyin esa havoning uzatishini ko`paytirish yo`li bilan oshirish, issiqlik yuklamasini pasaytirish esa, avval havo bosimini, keyin esa gazning bosimini pasaytirish yo`li bilan amalga oshiriladi. Bu xarakat smena boshlig’ining ko`rsatmasiga muvofiq yoki belgilangna rejimni ushlab turish uchun bajariladi.




16 Gazli kaloriferni to`xtatish

1 Dutyevoy ventilyatorning regulirovka qiluvchi apparati havo bosimini qadamma-qadam kamaytirib borish va gaz uzatilishida ishchi surma klapanini yopish orqali gaz bosimini kamaytirish yo`li bilan issiqlik yuklamasini pasaytirish
2 Kalorifer oldida gazni uzatish ishchi surma klapanini to`liq yopgan holda, alangani (fakelni)o`chirish
3 Alanga (fakel) o`chganiga lyuk orqali, gazning yo`qligiga naporomer (bosim o`lchagich) orqali ishonch hosil qilish, nazorat surma klapanini yopish
4 Xavfsizlik svechasiga qaragan kranni ochish
5 Kirishdagi o`chiruvchi surma klapanni yopish
6 10-15 daqiqa davomida gazoxodni shamollatish va dutyevoy ventilyatorni to`xtatish
7 Smena jurnaliga gazli kaloriferni to`xtatish xaqida yozuv kiritish
8 Uch sutkadan ko`proq bo`lgan uzoq vaqtga to`xtatilganida yoki ta`mirlash ishlari bajarilish vaqtiga o`chiruvchi surma klapandan keyin metalldan yasalgan tiqin (zaglushka) o`rnatish




7.2 Asbob - uskunalarni ta`mirga tayyorlash


Asbob - uskunalarni ta`mirga tayyorlash sex boshlig’i yoki uning o`rinbosari farmoyishiga asosan, smena boshlig’i raxbarligi ostida amalga oshiriladi.
Mazkur yo`riqnoma talablariga muvofiq BGS apparatini to`xtatish.
Apparat va uning truboprovodlarini mahsulotdan bo`shatish.
Truboprovod, gazoprovod, quyqa tarmog’i va bug’ tarmoqlariga tiqinlarni o`rnatish.
BGSni 300 C dan baland bo`lmagan xaroratgacha ventilyatsiya qilish va sovutish.
Smena boshlig’i orqali yozma buyurtmaga asosan, ta`mirlanayotgan jihozning elektrik sxemasini (chizmasini) ajratish, ishga tushirish tugmachalariga "Yoqilmasin - odamlar ishlamoqda" plakatini ilish.
Texnologik jurnalda asbob - uskunalar va kommunikatsiyalarning holatini yozish.
Smena boshlig’iga asbob - uskunalar va kommunikatsiyalar ta`mirlashga tayyorligi haqida axborot berish.
Zarur bo`lsa, donadorlash apparatchisi asbob - uskunalarni tozalash va bug’lashga majburdir.
7.3 Asbob - uskunalarni ta`mirlashdan qabul qilib olish
Asbob - uskunalarni ta`mirlashdan qabul qilib olish, smena boshlig’i yoki ta`mirlash uchun mas`ul shaxs tomonidan asbob - uskunalar holati tekshirilganidan so`ng amalga oshirilib, asbob - uskunalarni ta`mirlashdan qabul qilinganligi haqida imzo chekiladi. Ta`mirlashdan chiqqan asbob-uskuna apparatchi tomonidan, faqatgina smena boshlig’ining ruxsatidan keyin yoqiladi (ishga tushiriladi).
Ta`mirlashdan keyin apparatchi tomonidan apparat uning ichida va yonida begona predmetlar yo`g’ligiga tekshiriladi, shuningdek apparatchi ish joyining yoritilishi, asbob - uskunalarning xarakatlanuvchi qismlarida to`siqlar borligi va ularning sozligini tekshiradi .
Gazoxod, quyqa tarmog’i, siqilgan havo truboprovodidan tiqinlar olib tashlanadi.
Smena boshlig’ining yozma buyurtmasi asosida, navbatchi chilangar asbob - uskunaning elektrik sxemasini yig’adi, ishga tushirish tugmachalaridan plakatlar olib tashlanadi. Sinov yo`li bilan knopkani yoqish orqali, elektrchilangar, apparatchi ishtirokida, elektrodvigatel to`g’ri aylanayotganligiga ishonch hosil qiladi.
7.4 Asbob - uskunalarni ishga tushirish va to`xtatish
7.4.1 Yonish - gorelka bog’lamasini (TGU) ishga tayyorlash
Yonish - gorelka bog’lamasi smena boshlig’ining ko`rsatmasi asosida qizitishga tayyorlanadi. Apparatchi smena boshlig’i tomonidan oldindan qizitish vaqti haqida ogohlantiriladi.
Gazli kaloriferni qizitishdan avval apparatchi quyidagilarga majbur:
- dutyevoy ventilyatorning gazoxodlari va havo tarmoqlarida odamlar, begona predmetlar va instrumentlar yo`qligiga ishonch hosil qilish;
- gazli kalorifer, gazoxod, havo tarmoqlari, NO`AvaA shitlari tashqi kuzatuvdan o`tkazilib, portlovchi klapan, impuls trubkalari mexanikaviy shikastlanishlarsiz va butunligini, tuynuk va lyuklarning yopiqligini tekshirish;
- gazoprovod va gaz jihozlarini tashqi ko`rikdan o`tkazish;
- gazli kaloriferning frontal plitasi qoplamasi holatini tekshirish;
- dutyevoy (puflovchi) ventilyator soz holatda ekanligiga ishonch hosil qilish, podshipniklarda surkovchi moylarning borligini tekshirish, kuchlanish uzatilganida qisqa vaqtga yoqish yo`li bilаn aylanish ko`rsatilgan strelka bo`yicha amalga oshayotganligiga ishonch hosil qilish;
- NO`AvaA navbatchi chilangari bilan birgalikda avtomatik regulirovka va signalizatsiya asbob va moslamalari sozligini tekshirish;
- Barcha kranlar, surma klapanlar, tambalash - regulirovka moslamalari, xavfsizlik svechasidan tashqari, yopiq bo`lishi kerak;
- Kirishdagi o`chiruvchi surma klapan ochilib, manometr bo`yicha 0,25 kgf/cm2 gacha bosimli gaz borligiga ishonch hosil qilish, gaz sirqib chiqmayotganligiga ishonch hosil qilish uchun gazoprovodning tutashgan joylarini sovunli ko`pik bilan tekshirib ko`rib, undan so`ng o`chiruvchi surma klapan yopiladi.
7.4.2 Gazli kaloriferni qizitish
Dutyevoy va orqadagi ventilyatorlarni yoqish. Kaloriferni va yonish kamerasini 10 daqiqa davomida ventilyatsiya qilish.
Kirishdagi o`chiruvchi surma klapanni ochish va, nazorat monometrida gaz bosimi bor bo`lsa, gaz quvurining va armaturaning barcha birikish joylarini sovun ko`pigini surish yo`li bilan, gaz sirqib chiqib ketmayotganligiga tekshirish. Gaz hidi chiqmayotganligiga ishonch hosil qilish.
Gazli kaloriferning dutyevoy va orqadagi ventilyatorning tortuvchi joyida (vsas), birlamchi va ikkilamchi havoning regulirovka qiluvchi apparati yopiladi. Tyagonapormer (tortish kuchi - boism o`lchagich) ko`rsatkichlari bo`yicha gazoxodda 2,0 mm H2 O gacha siyraklashish borligiga ishonch hosil qilish. Zarur bo`lgan 2,0 mm H2 O gacha siyraklashishga orqadagi ventilyatorning shiberini ochish yo`li bilan yoki dutyevoy ventilyatorning yo`naltiruvchi apparatini yopish yo`li bilan erishiladi.
Qo`lda ishlatiladigan piltani (ruchnoy zapalnik) yoqish va uni gazli kaloriferning tuynukchasiga kiritish. O`t oldirgich barqaror yonishiga ishonch hosil qilish. O`t oldirgich o`chib qolsa, uni tuynkchadan (lyukdan) olish va gazoxodda siyraklashish 2,0 mm H2 O gacha yetishiga erishish. O`t oldirgich takroran 10 daqiqadan so`ng, havo oqimi bilan tozalash (produvka) boshlanganidan so`ng kiritiladi.
Nazorat surma klapani va xavfsizlik svechasi ochiladi, 5 daqiqa davomida svechaga qaragan gaz tarmog’i havo oqimi bilan tozalanadi (produvka) va xavfsizlik svechasi yopiladi.
Issiqlik yuklamasini oshirish qadamma-qadam amalga oshiriladi-avval tabiiy gaz, so`ng ventilyatorni tortish (vsas) joyidagi regulirovka qiluvchi apparatni ochgan holda dutyevoy havo uzatiladi.
Issiqlik yuklamasini pasaytirish ham qadamma-qadam amalga oshiriladi - avval dutyevoy havoning bosimi, so`ng esa tabiiy gazning bosimi kamaytiriladi.
Gazli kaloriferni qizitish vaqti texnologik jurnalga qayd etiladi. Ishga tushirilganidan so`ng 1 soaт o`tgach va smenani topshirishda apparatchi jurnalga quyidagi parametrlarni qayd qiladi:
- apparatga kirishda issiqlik tashuvchining xarorati;
- kalorifer oldida gazning bosimi;
- birlamchi havoning bosimi;
- apparatga kirishda siyraklashish (bosim);
Gazli kalorifer ishlashi jarayonida apparatchi quyidagilarga majburdir:
- texnologik rejim me`yorlariga muvofiq apparatga kirishdagi gaz, dutyevoy havoning bosimini, issiqlik tashuvchining xaroratini kuzatib borish;
- issiqlik yuklamasini avval gaz uzatishni, keyin esa havo uzatishni ko`paytirish yo`li bilan oshirish, yuklamani pasaytirishda esa aksincha - avvaliga havo, keyin esa gaz bosimini pasaytirish;
- ish joyini ozodalikda ushlash;
- gaz quvurlari, armatura holatini doimiy nazorat etish, gaz sirqib chiqib ketishiga yo`l qo`ymasliк;
- nazorat priborlari va xavfsizlik avtomatikasi ishlashini kuzatib borish;
- gazli kalorifer alangasi (fakeli) gaz xavfsizlik avtomatika bo`yicha keskin uzilib, o`chib qolganida, ishchi va nazorat surma klapani yopiladi, xavfsizlik svechasi ochiladi, gazoxod 10 daqiqa davomida ventilyatsiya qilinadi, yonishning me`yoriy rejimi buzilishi sabablari aniqlanadi va bartaraf etiladi;
- smena boshlig’iga barcha aniqlangan nosozliklar haqida axborot beriladi va bu haqida jurnalga yozuv kiritiladi.
7.5 Gazli kaloriferni to`xtatish
Gazli kalorifer barcha holatlarda (avariyali to`xtashlar bundan istisno) faqat smena boshlig’i yoki uni almashtiruvchi mas`ul shaxsning farmoyishiga asosan to`xtatiladi.
Gazli kalorifer quyidagi tartibda to`xtatiladi:
- issiqlik yuklamasi qadamma-qadam, avvaliga dutyevoy havoning bosimini, so`ngra tabiiy gazning bosimini pasaytirish orqali kamaytiriladi;
- kalorifer oldidagi gazoprovoddagi ishchi surma klapanni yopish va alanga o`chirilganligiga ishonch hosil qilish;
- gazoprovod va kaloriferdagi nazorat surma klapanini yopish;
- xavfsizlik svechasiga boruvchi kranni yopish;
- mahalliy NO`AvaA shitidagi bosim o`lchagich (naporomer) bo`yicha gaz bosimi yo`qligiga ishonch hosil qilish;
- kirishdagi o`chiruvchi surma klapanni yopish;
- 10-15 daqiqa davomida apparatga boruvchi gazoxodni ventilyatsiya qilish va dutyevoy ventilyatorni to`xtatish;
- uch sutkadan oshiq bo`lgan muddatga to`xtatilganida yoki ta`mirlash ishlari olib borilganida, o`chiruvchi surma klapandan keyin metalldan yasalgan tiqinni o`rnatish;
- smena jurnaliga gazli kaloriferning to`xtatilgan sanasi va vaqti haqida yozib qo`yish.
7.6 Gazli kaloriferni avariyali to`xtatish
Apparatchi quyidagi holatlarda ishchi surma klapanni yopgan holda gazli kaloriferni zudlik bilan to`xtatishga majbur:
- portlovchi klapan butunligi buzilgan holda o`txonada portlash ro`y berganida;
- sex binosida yong’in yuz berganida;
- elektr energiyasi uzatilishi to`xtatilganida;
- asosiy gorelkaning alangasi (fakeli) o`chib qolganida;
- o`chiruvchi surma klapan oldidagi nazorat monometrida gaz bosimi 3 kPa (300 mm H2O) dan pasayib ketsa;
- mo`rkon (dimoxod) devorlari (kladkasi) qulasa yoki o`pirilib tushsa;
- ushbu hodisalar haqida darhol smena boshlig’i yoki sex ma`muriyatiga xabar beriladi. Smena jurnaliga ro`y bergan hodisaning sababi va vaqti yozib qo`yiladi.
Personalning avariyali holatlardagi xarakatlari avariyani tugatish rejasida ko`rsatilgan.
7.7 KG-15ga xizmat ko`rsatish bo`yicha ishlar tartibi
KG-15ga xizmat ko`rsatish bo`yicha ishlar tartibi 10-jadvalda keltirilgan
10-jadval - KG-15 ishlash tartibi




Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish