5.10 Nazorat - o`lchash asboblari 7-jadvalda keltirilgan
7 - jadval - nazorat - o`lchash asboblari.
Nazorat qilinuvchi parametr
|
NO`AvaA o`rnatilgan joyi
|
Nazorat vositalari
|
Havo sarfi
|
VM-50/1000 ventilyatorining to`sma qopqog’i oldida
|
DMP-2, TS-P1 birlamchi asboblari
Ikkilamchi asbob PV 10 1E
|
Tabiiy gazning sarfi
|
Gaz quvurida KG-15 oldida
|
Birlamchi asbob diafragma DSP-3
Ikkilamchi asbob PV10, 1У
|
Havoning bosimi
|
|
MS-P birlamchi asbobi Ikkilamchi asbob PVV,1E
|
Tabiiy gazning bosimi
|
|
Birlamchi asbobi MS-P
Ikkilamchi asbob PVV,1E
|
BGSga kirishda yoqish gazlarining temperaturasi
|
|
Termobug’ning birlamchi asbobi TXA
KSP-3P ikiilamchi asbobi
|
BGSdan chiqishda yoqish gazlarining temperaturasi
|
|
Termobug’ning birlamchi asbobi TXA
KSP-EP ikkilamchi asbobi
|
5.11 Blokirovka qiluvchi qurilmalar
Gazni berishni keskin uzish qo`l yordamida operator xonasidagi shitda o`rnatilgan klyuchni burish yordamida yoki avtomatik ravishda quyidagi parametrlar bo`yicha amalga oshiriladi:
-BGS -1,2,3da VM-50/1000 ventilatorining, BGS-4,5,6da VDN-18Pning to`xtab qolishi;
-GVK oldida havo bosimining 25000Pa (250 mm H2O)gacha tushib ketishi.
5.12 PKN predoxranitel (saqlagich) qurilmasi
PKN predoxranitel qurilmasi - yopib - ochadigan klapan, gazning yurish yo`li bo`yicha rostlagich (regulyator) oldida oxirgi gaz bosimi xaddan tashqari oshib yoki pasayib ketganida avtomatik tarzda gaz berilishini keskin uzish uchun o`rnatiladi.
PKN turidagi predoxranitel klapani quyidagilardan iborat:
-korpus;
- qopqoq;
- membrana;
- prujina;
- egar
- klapanlar;
- bolg’a
- dastak (richag)
-shayin (koromislo).
Nazorat qilinayotgan bosim belgilangan chegarada bo`lganida, prujina, tarelkadan, qopqoqning do`ngligiga (vistup) taqalib, gaz bosimi ostidagi membranaga o`rta vaziyatni egallashga xalaqit bermaydi. Gaz bosimi xaddan tashqari oshib yoki pasayib ketganida, membrana mos ravishda ko`tariladi yoki tushadi, bolg’achani shayin orqali olib chiqib, prujinani vertikal holatdan gorizontal holatga keltiradi. Tushayotgan prujina dastakga urilib, klapanni yopadi. Gaz uzatilishi keskin uziladi
5.13 Xavfsizlik texnikasining asosiy qoidalari
Ta`sirsizlantirish va donadorlash apparatchisining mehnat muhofazasi bo`yicha yo`riqnomalaridа belgilangan xavfsizlik talablari, ta`sirsizlantirish va donadorlash apparatchilariga bajarish uchun majburiydir.
ASFni ishlab chiqarishda eng xavfli joylar bu neytrallash bo`linmasi bo`lib, bu yerda moddalarning yorilib otilib chiqishi oqibatida kimyoviy yoki issiqlik kuyishini olish mumkin. Quritish va donadorlash bo`linmalarida gaz sirqib chiqqanida ochiq olov ishlatilishi oqibatida portlash yuzaga kelishi mumkin. KGM-15 noto`g’ri yoqilganida, ventilator to`xtab qolganida, BGS apparati ichida ventilatorsiz yoki apparat oldidagi gaz tarmog’ida tiqinsiz ishlar olib borilganida ham portlashlar yuzaga kelishi mumkin.
Texnologik rejimni xavfsiz olib borish maqsadida quyidagi asosiy talablarni bajarish kerak:
-jarayonning barcha texnologik parametrlariga qat`iy rioya etish;
-asbob - uskunalarni soz holatda ushlash;
- asbob - uskunalar va gazoxodlar, gaz tarmoqlarining germetizatsiyasi (jipsligi) doimiy nazorat qilinadi, atmosferaga gaz ajralishiga yo`l qo`yilmaydi;
- ko`chma svetilnik (yorituvchi asbob) bilan faqatgina ular tarmoqdan 12 V kuchlanishi bilan ta`minlansa va to`siq panjarasi bo`lgan holdagina foydalanish mumkin;
- KGM-15da portlovchi klapanlarning sozligini kuzatib borish;
- yoqishdan avval, portlashning oldini olish maqsadida, KGM-15 kamida 15 daqiqa davomida shamollatiladi;
- mashina va apparatlarning barcha xarakatlanuvchi va aylanuvchi qismlari ishonchli to`silgan bo`lishi kerak;
- flanetsli birikmalar ta`mirlashda yengil yechiladigan, tom yopqich temirdan yasalgan kojuxlar bilan ishonchli himoyalangan bo`lishi kerak.
5.14 Yonish - gorelka bog’lamasining (TGU) tavsiflanishi
Issiqlik tashuvchi - yonish gazlarining havo bilan aralashmasini - olish bog’lamasiga quyidagilar kiradi:
-KG-15A kaloriferi, olovbardosh g’isht bilan futerovka qilingan gazoxod (bir paytning o`zida yonish kamerasi), gazli kaloriferga bosimli vozduxovodli va so`ruvchi vozduxovodli VM-50/1000 dutyevoy (puflovchi) ventilatori.
5.14.1 KG-15A gazli kaloriferi yonish mahsulotlari aralashmasi - gaz yoqilg’isining havo bilan aralashmasini olish uchun mo`ljallangan. Kalorifer korpusdan iborat bo`lib, unda gorelkalar o`rnatilgan plitada oltita gaz o`rnatma uchliklari (nasadkalari), birlamchi va ikkilamchi havoni boshqarib turish mexanizmi joylashtirilgan. Tabiiy gazni keltirish uchun mo`ljallangan qisqa quvur (patrubok) diametri 200 mm. Korpusda shuningdek ikkita kichkina lyuk (qopqoqli tuynuk) bo`lib, ular zapalni (piltani) qo`lda kiritish va yonishni kuzatish uchun mo`ljallangan.
Havo VM-50/1000 ventilyatori yordamida bosimli vozduxovod orqali gazli kalorifer korpusiga uzatiladi va mexanizmlar yordamida taqsimlanadi - birlamchi havo - gazning yonishi uchun, ikkilamchisi esa - yonish mahsulotlari bilan aralashish va kalorifer korpusini sovutish uchun.
Gazli kalorifer gaz - havo aralashmasining havo bilan intensiv aralashishini ta`minlaydi, shuning uchun gaz yonilg’isi fakelda va olovbardosh g’isht bilan futerovkalangan gazoxodda to`liq yonadi. Bir vaqtning o`zida fakel atrofida va gazoxodning devorlari orasida aylantirilgan oqim tarzida issiqlik tashuvchining talab etilgan haroratigacha yonish mahsulotlarini aralashtirish uchun ikkilamchi havо uzatiladi. Shunday qilib, apparatga kirishda issiqlik tashuvchining aralashgan oqimi uzatilishi ta`minlanadi.
5.14.2 Gazli kaloriferning gaz uskunalariga quyidagilar kiradi:
- o`chiruvchi surma klapan (zadvijka);
- o`lchov diafragmasi;
- nazorat monometri;
- uzatishni keskin o`chiruvchi klapan;
- xavfsizlik svechasi;
- ishchi surma klapan;
- qo`l piltasi (zapalnik).
5.14.3 Quyidagi holatlarda xavfsizlik avtomatikasi itaruvchi klapan yordamida gaz uzatilishini keskin uzib qo`yadi:
- gaz bosimining kerakli ko`rsatkichdan pasayib ketishi;
- puflovchi (dutyevoy) ventilator bosimi yo`l qo`yilgan ko`rsatkichdan pasayib ketsa;
- orqa tarafdagi (xvostovoy) ventilator dvigatelida kuchlanish bo`lmasa, puflovchi (dutyevoy) ventilatorning dvigatelida kuchlanish bo`lmasa;
- yonish kamerasida bosim (siyraklanish).
Do'stlaringiz bilan baham: |