II. Qoidali o‘yinlar
Qoidali o‘yinlarning mazmuni va qoidasi kattalar tomonidan belgilanadi.
Qoidali o‘yinlar bolalarni sensor rivojlantirish tafakkur va nutqini, ixtiyorsiz
diqqatini va xotirasini, har-xil harakatlarini muntazam ravishda mashq qildirib
borish imkonini beradi. Har bir qoidali o‘yin ma’lum didaktik maqsadga ega
bo‘lib, bolaning umumiy rivojlanishiga qaratilgan bo‘ladi. Ta’limning o‘yin
shaklida bo‘lishi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bunda ham bolaning umumiy
rivojlanishga qaratilgan bo‘ladi va bolaning yosh xususiyatlariga mos kelishi
lozim. Qiziqarli o‘yinlar bolaning aqliy faoliyatini oshiradi, o‘yinda bola
mashg‘ulotdagiga nisbatan murakkab masalalarni hal qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |