- kompaniyaning vakolatli organining oldindan roziligisiz affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzmaslik;
- yuqori organ ruxsatisiz boshqa tashkilotlar boshqaruv va nazorat organlariga kirmaslik (a’zo bo‘lmaslik);
-qonunchilik talablariga muvofiq oshkor qilinishi lozim bo‘lgan axborotni o‘z vaqtida aksiyadorlarga yetkazilishini ta’minlash;
-hisoblangan dividendlarni o‘z muddatida to‘lanishini ta’minlash;
-aksiyadorlarga qarama-qarshiliklarni tug‘dirishi mumkin bo‘lgan savollar bo‘yicha asosli axborotlarni taqdim qilish;
-raqobatchi tashkilotlar aksiyalarini sotib olish bo‘yicha bitimlar tuzishda hamda boshqa tashkilotlarning boshqaruv organlariga ishtirok etish uchun kompaniyaning boshqaruv organlari qiziqishi bo‘lgan operatsiyalarni aniqlash; -kompaniya kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning obyektiv, betaraf va jamiyat rivojlantirish strategiyasiga muvofiqligini ta’minlash maqsadida uning tarkibiga mustaqil nomzodlarni kiritishga intilish.