SHTAB BOSHLIG‘I UCHUN TAVSIYALAR
1. Tezkorlik shtabi boshlig‘i yong‘in o‘chirish rahbariga bo‘ysunadi va uning o‘rinbosari hisoblanadi, yong‘in o‘chirish rahbari qarorlarini bajarilishini ta’minlaydi, tezkorlik shtabini boshqaradi.
2. YOng‘in o‘chirish rahbari qabul qilgan qarorga asosan kuch va vositalarni joylashtirib, yong‘in holatini uzluksiz aniqlab va yong‘in o‘chirish uchastka boshliqlaridan olgan ma’lumotlari asosida vaziyatni o‘rganib boradi.
3. Zarur holatda qo‘shimcha yordamga kuch va vositalarni jalb qilinishi bo‘yicha hamda yong‘in o‘chirish rahbari tomonidan berilgan buyruqlarni yong‘in o‘chirish uchastka boshliqlariga etkazadi.
4. YOng‘inda muntazam ravishda aloqani tashkil qilishi va amalga oshirilayotgan ishlar haqida yong‘in o‘chirish rahbariga hamda vaziyat o‘zgarishiga qarab tezkorlik shtabiga xabar beradi.
5. Kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda mustaqil qaror qabul qilib, uni yong‘in o‘chirish rahbariga etkazadi hamda yong‘in o‘chirish rahbari tomonidan berilayotgan buyruqlarini bajarilishini nazorat qiladi.
6. Voqea joyiga etib kelgan bo‘linmalardan zahira kuch va vositalarini tuzishi, zarur holatlarda maxsus xizmat xodimlarini chaqirib, ular bilan hamkorlikda ishlashni tashkil qiladi.
7. YOng‘indagi vaziyat o‘zgarishiga qarab markaziy (qism) dispetcherlik xizmatiga axborot berib, yong‘in sodir bo‘lishining taxminiy sabablari va bo‘linmalarni yong‘inni bartaraf etishdagi harakatlari bo‘yicha ma’lumot to‘playdi.
8. Ta’minot boshlig‘i va tezkorlik shtabi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganib, nazorat qiladi.
9. Uzoq davom etuvchi yong‘inlarda shaxsiy tarkib almashtirilishini va ovqatlantirilishini tashkillashtiradi.
10. Zarurat tug‘ilsa tezkorlik shtabi boshlig‘ining o‘rinbosarini tayinlaydi.
TA’MINOT BOSHLIG‘I UCHUN TAVSIYALAR
1. Ta’minot boshlig‘i boshliqlar tarkibidan tayinlanib yong‘in o‘chirish rahbariga va tezkor shtab boshlig‘iga bo‘ysunadi hamda yong‘inda ta’minot ishlarini tashkillashtiradi.
2. YOng‘in o‘chirish texnika va anjomlaridan unumli foydalangan holda yong‘in joyiga uzluksiz suv etkazib berish ishlarini tashkil qiladi.
3. Suv tashib keltiriladigan yoki uzatib beriladigan holatlarda zarur bo‘ladigan bo‘linmalar haqida tezkorlik shtabi boshlig‘iga axborot berib, suv manbalarining joylashgan joyini, bosim va holatini aniqlaydi.
4. Voqea joyiga etib kelgan kuch va vositalarni kutib olib, ularning oldiga tegishli vazifalar qo‘yadi.
5. YOng‘in o‘chirish avtomobillariga yoqilg‘i va moy mahsulotlarini hamda yong‘in o‘chirish vositalarini o‘z vaqtida etkazib berish choralarini ko‘radi.
6. Eng yo‘llarini nazorat qilish va qo‘riqlash, yong‘in sodir bo‘lgan joyda transport vositalari harakatini boshqarishda yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari bilan o‘zaro ishlarni tashkil qiladi.
7. YOng‘in o‘chirish texnikasi va himoya apparatlarining ishlashini hamda modda va materiallarini sarf qilinishini hisobga olib, qisqartirilgan shartli belgilardan foydalanib, suvoqava xizmati bilan hamkorlikda yong‘in o‘chirish avtomobillarini suv manbaiga o‘rnatib, asosiy eng yo‘llarining chizmasini chizadi.
8. Havo harorati sovuq vaqtda shaxsiy tarkibni issiq xonalarda yoki avtomobil kabinasida isinishlarini, yong‘in joyida uzoq vaqt ishlaganda ularni ovqatlantirish va jangovar kiyimlarini almashtirish choralarini ko‘radi.
9. YOng‘in va falokat joyiga kislorod yoki havo ballonlarini o‘z vaqtida olib kelinishini ta’minlab, zaruriy anjomlar zahirasini yaratish choralarini ko‘radi.
10. Ta’minot ishlarini boshqarish uchun ta’minot boshlig‘i yordamchilari tayinlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |