Ishlab chiqarish uchun qabul qilingan buyumlarning.
Yig’ma beton va temir-beton buyumlarini ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlar qator mustaqil operasiyalardan tashkil topib alohida jarayonlarga birikadi. Operasiyalardan shartli ravishda: asosiy yordamchi va transportli turlarga bo’linadi.
Maxsulotimiz regil bolganligi uchun konveyer usulida ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilamiz. So‘ngi yillarda yarim konveyerli usul ko'proq ishlatilmoqda. Bunday konveyerlarda rigellar, ustunlar, balka va boshqa buyumlar tay yorlanadi. Bunday liniyalarning ishlash ritmi 18—25 daqiqani tashkil etadi. Ko‘p qavatli bino karkas rigellari M400 va M500 markali betondan tayyorlanadi, tavr kesimli, oralig‘i 6 m. Ularning uzunligi 5,5m, balandligi 450 mm, oralig‘i 9 m uchun uzunligi 8,5 m, balandligi 650 mm, vazni 5,5 t ni tashkil qiladi. Rigellar oddiy yoki oldindan zo‘riqtirilgan armatura bilan armaturalanadi, agregat — oqim texnologiyasi bo‘yicha tayyorlanadi. Ko'ndalang ramaning rigellari to'g'ri burchak va tavrli kesimga ega. Kolonnalar to'riga binoan (6x6, 9x6 va 12x6 m). Rigel uzunligi 4,98—11,48 m ni tashkil qiladi. Rigellar M 200-M 500 markali betondan ishlab chiqariladi. Rigellar zo'riqtirilmagan A—III sinfga mansub po'lat steijenli armatura bilan armaturalanadi. Karkasli binolar ustun va rigellari tirqishli kamerada issiqlik bilan ishlov beriladigankonveyer liniyalarida amalga oshiriladi. Vertikal yopiq konveyerning yerustidagi qismi 10 postdan iborat va ular odimi 770 mm bo'ladi. Reisyo'lining oralig'i 1500 mm. Yer ostidagi tirqishli kameralar yonma-yon joylashadi. Ko'tarish va tushirish moslamalari vagonetka-qoliplarni uzatish aravachasi orqali ko'tarib tushiradi va ulami ikkala kameraga tushiradi. Ko'tarish kamerasi surish mexanizmi bilan jihozlangan. Konveyerning yer ustidagi qismi uchta vagonetka-qolipdan iborat va buyumni sovitish kamerasi vazifasini bajaradi. Buyumni tayyorlash jarayoni quyidagi ketma-ketlikda amalga
oshiriladi: 1-postda mexanik ochish vositasi bilan yon bortlar ochiladi, oraliq to'siqlar olinadi, qo'shimcha detallar chiqariladi, buyum olinib, qoliplar tozalanadi va moylanadi. 2-postga qolip bortlari ochilgan holda keladi. Bu yerda armatura qo'yiladi, to'siqlar, qo'shimchadetallar o'rnatiladi. 3-postda armaturaning to'g'ri qo'yilganligi tekshiriladi va qolip .bortlari yopiladi. 4-post qoliplash posti. Estakadada turadigan beton yotqizuvchi betonni bir tekis yot- 296 qizadi, beton tekislanadi va silkitish mexanizmi bilan zichlanadi. 5-post qo'shimcha hisoblanadi. 6-postda silliqlash mashinasi bilan beton silliqlanadi. 7-postda buyum tekshirilib, lozim darajaga keltiriladi. Shundan so‘ng vagonetka-qolip tushirish mexanizmi yordamida pastki yarusga olinadi. Ikkita yarusda issiqlik bilan ishlov berish davomiyligi 11—12 soat bo‘lgan 20 dona vagonetka-qolip b o ‘ladi. Konveyerning ishi avtomatlashtirilgan, barcha mexanizmlar masofadan turib, markaziy pultdan boshqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |