4-Ma’ruza Konveyer transportining elektr jihozlari Reja



Download 250,45 Kb.
bet1/2
Sana01.02.2022
Hajmi250,45 Kb.
#423146
  1   2
Bog'liq
Maruza 4


4-Ma’ruza
Konveyer transportining elektr jihozlari


Reja:



  1. Konveyer transportning asosiy va yordamchi mexanizmlarning elektr jihozlari

  2. Konveyer transportning elektr yuritmalari turlari va boshqaruv sxemalari

Kurakli konveyerlar – kon qazish yo’llaridan ko’mirni yetqazib berish uchun asosiy transport vositasi hisoblanadi.Konveyerlarning elektr uzatmasi sifatida qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron yuritgich qo’llaniladi. Konveyer yuritgichining VRT asosiy turi hisoblanadi.Kurakli konveyerlarda va yuk tushirgich va yuk ortgichlarda qo’llaniladigan elektruzatmalarning (kVt) quvvati keng chegarada tebranadi: SK38 - 22; SR60, SR70M, SP63M i dr. - 45; S50, SP80K, PTK‑1 ‑ 55; SP48M, SPTS161 - 3x55; SP87P - 2x110 konveyerlari.


Kurakli tub konveyerlar uchun ko’p yuritgichli har xil sonli yuritgichli elektro uzatmalardan keng foydalanish, ularni joylashtirish usuli va elektr ta’minlash sxemasi o’ziga xosdir. Eng ko’p radial sxemadan ko’p foydalaniladi, bunda mazkur konveyer elektrouzatmasi alohida kabel bo’yicha quvvatlanadi, ya’ni barcha yuritgichlarni ulash-o’chirish, qoida bo’yicha, boshqarish stantsiyasida yoki magnitli ishga tushirgichdan bir vaqtning o’zida amalga oshiriladi.
Ana shu maqsadda yangi konveyerlar va yuritgich konveyerlarida ag’dargichi bilan kabelli kirish qutisi kabel tutashtirgichni yaqinroqda joylashgan yuritgichga ulashda qo’llash uchun mo’ljallangan.
Katta quvvatli uzatmali ko’p yuritgichli konveyerlarni quvvatlantirish quyidagicha amalga oshiraladi; ikki magnit ishga tushirgichlidan ( boshqaruv stantsiyasidan qo’llanilishida – ikki alohida kontaktor).
Bu bilan konveyer elektr yuritgichlarining yuqori va pastki uzatmasini ishga tushirish orasidagi vaqtning saqlanishi saqlash vaqti tavsiya etiladi.
Plastinkali konveyerlar lavadan asosiy ishlab chiqishgacha (PU50 konveyeri) ko’mir va jinslarni yetqazib berish uchun mo’ljallangan, shuningdek gorizontal-magistral, reja va profil(P65, P65M konveyerlari) ishlab chiqarish bo’yicha egri chiziqli va ko’mirni va jinslarni transport vositasida tashish uchun mo’ljallangan.
Rostlanmaydigan, asinxron –elektr uzatma. 22 - 37 kVt elektr yuritgichlari quvvati, uzatma bloklari soni -2-5. Elektr ta’minoti sxemasi asosan radial printsip bo’yicha quriladi.
Lentali konveyer – nishablik, bremsberg, shtrek bo’yicha foydali qazilmalarni transportda tashish uchun asosiy vosita hisoblanadi. Odatda uncha uzun bo’lmagan konveyerlar uchun tezlikni boshqarish amalga oshirilmaydi, shuning uchun uzatma sifatida qisqa tutashtirilgan rotor asinxron elektr yuritgich qo’llaniladi. Anachagina uzun bo’lgan bremsberg va nishabliklarda konveyer yuritgichi uzatmasi quvvati o’sadi, bundan tashqari, tezlikni boshqarish, dinamik yuklamani kamaytirish uchun ravon ishga tushirishni ta’minlash ehtiyoji tug’iladi. Ana shu holatda uzatma sifatida fazali rotorli asinxron yuritgichdan foydalaniladi. Lentasimon konveyerlarda elektr uzatmasining (kVt) quvvati quyidagilardan iborat: 1L80 ‑ 40; 1L100K1 ‑ 75; 2L80 - 2x55; 1LB100 ‑ 100; 1L100 ‑ 2x100; 2LL100 - 2x250; 1LU120 ‑ 500; 2LU120A ‑ 2x500 konveyerlari.
Lentasimon konveyerlar uchun ko’p yuritgichli elektr uzatma tizimi o’ziga xosdir, bu bilan u elektr ta’minlash sxemasining turli tumanligini shart qilib qo’yadi.
Bremsberg va shtreklarda birin-ketin statsionar konveyerlarda ishlovchi eng ko’p ommalashgan asosiy sxema bo’lib, bunda konveyer elektr yuritgichlari guruhi umumiy asosiy kabeldan quvvatlanadi.
SUV1L-100 va SUV2L-120 boshqarish stantsiyasi asosiy lentasimon konveyerlar elektr uzatmalarini masofadan turib boshqarish uchun mo’ljallangan.
Stantsiyalarning elektrli sxemasi avtomatik ish rejimi uchun mo’ljallangan bo’lib, bunda boshqarish avtomatizatsiya apparaturalarini boshqarish pulьtdan turib olib boriladi va induvidual ish rejimida konveyer elektr yuritgichlarini boshqarish bevosita stantsiyadan turib olib boriladi. Ta’mirlash yoki sozlash davrida elektr yuritgichini sinab ko’rish uchun oxirgi rejim nazarda tutilgan.
Bunkerni mexanizatsiyalash - ko’mirdan issiqlik to’plash uchun mo’ljallangan, jinslar yoki yer osti kon massalarini ishlab chiqarishda tozalash va tayyorlov(BS-60, BS-35P, BS-120 bunkerdan), ishlarini olib borishda, shuningdek shaxta ichidagi (BM-200A bunkeri). transport zvenolarini rad qilish davrida yuklar oqimini yig’ish uchun mo’ljallangan.
Katta sig’imli bunker va ko’p yuritgichli elektr uzatma unumdorligiga va elektr ta’minoti tegishli sxemasiga ega.
BM200A elektr uzatma bunkeri qisqa tutashtirgichli rotordan har birini quvvati 45 kVtdan iborat bo’lgan to’rtta yuritgichdan tarkib topgan.
Bunkerning elektr asbob-uskunalari portlamaydigan tayrlash va siljiydigan sig’imga yuklash va tushirish darajasidan qat’iy nazar avtomatik joylashtirishni ta’minlaydi, oldindan organni tortish tarangligi nominalligini nazorat qilish, blokirovka va xavfsiz ishlashn ta’minlash uchun signalizatsiya.
Konveyerlarni boshqarish sxemasi. Yakka konveyerlarni masofadan turib boshqarish uchun magnitli ishga tushirgichdan foydalaniladi, tegishli o’lchamli boshqarish tugmachali postining o’ta qulay joyiga kiritilgan.
Konveyer liniyalarini boshqarish sxemasi masofadan turib boshqarish PB umumiy talablariga muvofiqligiga qaramay, ta’minlashlari shart: yuk harakatiga qarshi ketma-ketlikda konveyerlarni avtomatik ishga tushirish; faqatgina oldingi konveyerda nominal ish rejimiga erishib bo’linganidan keyin navbatdagi konveyer ishga tushiriladi; konveyer liniyalarining ishga shayligini avtomatik nazorat qilish; linichni ishga tushirish oldidan tovushli signalni uzatish.
Ana shu talablarni amalga oshirish uchun navbatdagi asbob-uskunalaridan foydalaniladi: PVI ishga tushirgichlari; RSA, AUM-1A yoki RS-67 ishga tushirgichlari konveyerning qo’zg’aluvchan organini harakat tezligini nazoratini ta’minlaydi (tutashtiruvchi kontaktlar tezligi qachonki lentaning harakati yoki kurakli zanjirda tezlik nominal darajaga yetgandagina tutashadi) VSS-3 sirenasi bilan AP-3,5M komplektlangan ishga tushirish agregati signal tuzilmasi.
Liniyada bir nechta konveyer bo’lgan vaqtda ular uchun distatsion-avtomatlashtirilgan boshqarish qo’llaniladi, bunda birinchi konveyerni ishga tushirish tugmali boshqaruv postidan turib amalga oshiriladi, qolgan keyingi konveyerlar oldingi konveyerlarning ishga tushirgich kontaklari – tutashtiruvchi blokiga ulanadi.
Yuk tashuvchi konveyerlarning birtasi to’xtab qolsa avtomatik tarzda o’chib qoladi, oldindagilari esa ishni davom ettiradi. Markazlashgan holda masofadan turib boshqarishda operator boshqaruv pulьtidan birin-ketin konveyerni ishga tushirishni amalga oshiradi va navbati bilan uzib qo’yadi.
Birinchi navbatda yuk qabul qilgan konveyer o’chiriladi (lavadan, shtrek, bunkerdan va boshq.) oxirida esa belgilangan joyga yukni yetqazib beradigan konveyer uzib qo’yiladi.
Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olishda boshqa transport turlari bilan birga konveyer transporti ham qo’llaniladi. Tasmali konveyerlar keng tarqalgan. “Ural ko’mir” ko’mir konlarida zaboydan temiryo’l transport bunkerlarigacha, qoidaga ko’ra, umumiy uzunligi ba’zi konlarda 10 – 20 km gacha yetadigan tasmali kovneyerlar bilan tashiladi.
Tasmali konveyerlar uchun uzatma dvigatellar sifatida qisqa tutashuv va faza rotorli asinron o’zgaruvchan tok dvigatellari ko’proq qo’llaniladi.
Konveyerlarga ham bir dvigatelli ham ko’p dvigatelli elektr uzatmalar o’rnatiladi. Nisbatan kichik uzunlikdagi va ish unumdorligidagi konveyerlarda ko’proq bir barabanli bir dvigatelli uzatmalar ishlatiladi.
Katta uzunlikdagi va yuqori ish unumdor konveyerlar uzatmalari odatda ikki barabanli va ko’p dvigatelli qilib yasaladi. Ko’p hollarda bir barabanli uzatmada kuchli konveyerlar uzatmalari ikki dvigatelli, ikki barabanda – ikki-, uch- va to’rt dvigatelli qilib yasaladi.
Zamonaviy kuchli yuqori ish unumdorligiga ega konveyerlarda umumiy o’rnatilgan elektrodvigatellar umumiy quvvati 1500 kW va undan yuqori bo’ladi. Dvigatellar quvvati 150 – 200 kW bo’lganda 6 kV kuchlanishli yuqori voltli elektrodvigatellar qo’llaniladi. Masalan, KRU-900 konveyeri uzatma stansiyasida har birining quvvati 380 kW bo’lgan uchta faza rotorli asinxron dvigatellar o’rnatilgan.
Ochiq kon ishlarida konveyer liniyalari maxsus ish sharoitlari (davriy ko’chirish, ob-havo sharoitlari ta’siri, sezilarli harorat tebranishlari, o’zgaruvchan namlik va boshqalar), hamda konveyer uskunalari xususiyatlari apparaturalar va konveyer liniyalarini boshqarish sxemalariga ma’lum talablar qo’yadi.
Boshqaruv apparaturasiga qo’yiladigan asosiy talablar tarkibiga doimiy xizmat ko’rsatish oldini oluvchi konstruksiya tuzilishi; konstruksiya blok kompanovkasi; tarmoq kuchlanishi nominaldan va harorat tebranganda normal ishlashni ta’minlash; tezlik relesi o’rnatishi to’g’rilanishi va boshqalar.
Konveyer liniyalarini boshqarish sxemalariga qo’yilgan asosiy talablarga quyidagilar kiradi: avtomatik masofadan boshqarishga o’tkazilayotgan konveyerlarni ularning doimiy xizmat ko’rsatish personalisiz ishlashini ta’minlovchi avtomatizatsiya vositalari bilan jihozlash; boshqaruv pultidan konveyer liniyalarini markaziy ishga tushirish; ma’lum ketma-ketlikdagi konveyerlar orasidagi bloklash; keyingi konveyerning oldingisiga nisbatan yoqish ma’lum ketma-ketligi; konveyerni har ishga tushirganda uzunligi 5 s dan kam bo’lmagan ogohlantiruvchi signal; istalgan uzunligidan konveyerni zudlik bilan to’xtatish; ikki yoqlama operativ signalizatsiya va konveyer liniyasi bo’ylab aloqa bilan ta’minlash va boshqalar.
Konveyer qurilmalarini elektr energiyasi bilan to’yintirish usuli konveyer liniyasi murakkabligi, konveyer uzatmalari soni, ular birgalikda ishlashi va ushbu karyerda qo’llaniladigan umumiy taqsimlash sistemasidan tanlanadi.
Hozirgi kunda konveyer qurilmalarida markazlashgan masofadan boshqaruv qo’llanilmoqda. Masofadan boshqaruv masofada ulangan magnit ishga tushirgichlar va konveyerlar dvigatellariga asoslanadi. Markaziy boshqaruv pultidan bir operator tomonidan amalga oshiriladigan, signalizatsiya va barcha boshqariladigan konveyer qurilmalari bilan bog’langan bunday boshqruv markazlashgan deb ataladi.
Avtomatik boshqaruvda konveyer liniyasini ishga tushirish operator tomonidan bir tugmachani bosish bilan amalga oshiriladi; konveyerlarni zarur ketma-ketlikda ulash va ular soz holatini nazorat qilish avtomatik tarzda tegishli apparaturda yordamida amalga oshiriladi.

Download 250,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish