| Pedagogik vazifalar:
fanning tuzilishini sharhlash;
fan miqyosidagi metodik va tashkiliy ishlarning xususiyatlari, muddati va baholash mezonlari bilan tanishtirish;
fanning ob’ekti, predmeti, maqsad va vazifalarini aniqlashtirish;
fanning asosiy kategoriyalarini ajratib ko‘rsatish;
fanning metodologik asoslarini ochib berish;
6) fanning boshqa fanlar bilan aloqadorligini bayon etish;
|
O‘quv faoliyati natijalari:
fanga ajratilgan umumiy soatlar, ularning auditoriya va auditoriyadan tashqari vaqtda taqsimlanishi, fanning modul-bloklari haqida tushunchaga ega bo‘linadi;
fan bo‘yicha mashg‘ulotlarning borishi, BKMlarni nazorat qilish turlari, shakl, metod va vositalari, nazoratlarni o‘tkazish vaqti va baholash mezonlari haqida aniq tasavvurlar shakllantiriladi;
fanning ob’ekti, predmeti, maqsad va vazifalarini bilib oladilar;
fanning asosiy kategoriyalarini o‘zlashtiradilar;
fanning metodologik asoslariga doir tasavvurlar hosil qilinadi;
fanning boshqa fanlar bilan aloqadorligini taqqoslaydilar.
|
4-rasm. Kirish ma’ruzasi bo‘yicha o‘qituvchilar tomonidan loyihalangan pedagogik vazifalar va o‘quv faoliyati natijalari
Mas’ul tomonidan berilgan keyingi kamchilik ma’ruza matnini ta’lim vositasi bo‘la olmasligi bilan bog‘liq bo‘ldi. O‘qituvchilar texnologik model va kartadan so‘ng mavzuga doir tayanch konspektni berishgan edi. Ana shu sababli vosita sifatida “ma’ruza matni”ni ko‘rsatishgan edi. Mas’ulga esa buni hech qanasiga tushuntira olishmadi. Hatto tayanch konspektli ma’ruzani ilovadan olib tashlab, slaydlarni berish taklif etildi. O‘qituvchilar endi bu topshiriqni ham bajara boshlashdi.
Mas’ul tomonidan berilgan navbatdagi taklif o‘qituvchilarni butunlay hayron qoldirdi. Ma’ruza mashg‘ulotlari ishlanmalarida talabalarni baholash mezonlarini ishlab chiqish shart deb aytildi. O‘qituvchilar ma’ruza mashg‘ulotlarida talabalar baholanmasligini aytishganda, pedagogik texnologiya asosida dars o‘tilsa, baholanishi kerak degan javobni eshitdilar. Kimdir bu fikrni inobatga olib, texnologik ishlanmalarda ma’ruza mashg‘ulotlarida talabalarni baholash mezonlarini ishlab chiqdi, ayrim o‘qituvchilar esa, bunday qilmaslikni lozim deb topishdi.
Mas’ul tomonidan har safar kamchilik ko‘rsatilavergandan so‘ng, o‘qituvchilar undan bitta u “ideal” deb bilgan namunani olishdi va shunga o‘zlarining ishlanmalarini moslashtirishga harakat qilishdi. Endi hamma ma’ruza mashg‘ulotlari ishlanmalarida “vizual ma’ruza” so‘zini, “Qanday” diagrammassi, “Baliq skeleti” chizmalarini qo‘llanilishi odatiy holga aylandi. Eng asosiysi, ko‘pchilik o‘qituvchilar “vizual ma’ruza” o‘zi nima ekanligini, “Qanday” diagrammassi, “Baliq skeleti” chizmalari qanday qo‘llanilishini bilmagan holda, ta’lim texnologiyalarini yaratishdi. Maqsad: qanday qilib bo‘lsa ham ta’lim texnologiyasini topshirib, vazifadan ozod bo‘lish edi.
Ta’lim texnologiyalarini yaratish bunday yo‘l bilan ham oxiriga etmadi. Hozir ham ularni yaratish va qabul qilish davom etmoqda...
Siz nima deb o‘ylaysiz, yuqorida bayon etilgan holatda yaratilgan ta’lim texnologiyalarini amaliyotda qo‘llab samaradorlikka erishish mumkinmi? Ta’lim texnologiyalarini yaratishda o‘qituvchida qanday kasbiy kompetentlik shakllangan bo‘lishi lozim? Ta’limni texnologizatsiyalashda asosiy e’tibor nimaga qaratilishi zarur? Pedagogik vazifalar va kutiladigan natijalarni aniqlashtirish qanday yo‘l bilan amalga oshirilishi maqsadga muvofiq?
Do'stlaringiz bilan baham: |