Muammoli savol: Psixik taraqqiyotda tabiiy xususiyatlarning o‘rni qanday? Tabiiy xususiyatlar taraqqiyotni xarakatga keltiruvchi kuch emasligiga qaramay psixik taraqqiyotga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi.
Birinchidan, tabiiy xussusiyatlar taraqqiyotning turli yo‘llarini va usullarini belgilab beradi. Inson nerv sistemasining hususiyatlari o‘z-o‘zicha shaxsning xech qanday psixik xususiyatlarini belgilamaydi. Xech bir normal bola dadil yoki qo‘rqoq, irodasiz, mexnatsevar yoki intizomsiz bo‘lib tug‘ilmaydi. Agarda tarbiya to‘g‘ri tashkil qilinsa, nerv sistemasining istalgan tipi asosida xarakterning barcha ijtimoiy qimmatli xislatlarini hosil qilish mumkin. Masalan, sabot-matonat va o‘zini tuta bilish xislatlarini nerv sistemasining tipi shiddatli bo‘lgan bolalarda ham tarbiyalash lozim va tarbiyalasa bo‘ladi. Lekin birinchi holdagi bolalarni tarbiyalash ikkinchi xollarni tarbiyalashga qaraganda qiyinroq bo‘ladi. Har ikkala holda kerakli sifatlarni tarbiyalash yo‘llari va usullari ham turlicha bo‘ladi.
Ikkinchi tabiiy xususiyatlar odamning biron bir sohada erishgan yutuqlari darajasiga ham ta’sir qilishi mumkin. Masalan, qobiliyat kurtaklarida tug‘ma individual farqlar bo‘ladi. SHu sababli ba’zi odamlar boshqa odamlardan ma’lum bir faoliyat imkoniyati jihatidan ustun turishlari va shuning bilan bir paytda bir faoliyatning turini egallash imkoniyati jixatidan esa ulardan olislik qilishlari mumkin. Masalan, o‘zining musiqiy qobiliyati rivojlanishi uchun qulay tabiiy kurtakka ega bo‘lgan bola boshqa hamma sharoitlar bir xil bo‘lishiga qaramay musiqiy qobiliyatini rivojlantirishi uchun tabiiy kurtakka ega bo‘lmagan boladan nisbatan musiqa soxasida tez rivojlanadi va nisbatan katta yutuqlarga erishadi. Mana shu ma’noda biz mashhur amerikalik psixolog D.Brunerning xar bir bola o‘z taraqqiyotining har qanday materiallarini to‘la o‘zlashtirishga qodirdir, - degan fikrlari bilan xech bir kelisha olmaymiz. Bizning o‘ylashimizcha masalan, birinchi sinf o‘quvchisini qanday geneal pedagog va metodistlar o‘qitmasliklari etti yoshli bolaning miyasi boshlang‘ich differensial va integral xisoblashlarini yoki dialektik falsafa asoslarini bilishga hali chindan ham etilgan emas. Biroq miya tuzilishining mavqei ma’lum muhitga, ta’lim tarbiyaga mutlaqo bog‘lanmagan holda o‘zining qaxtiiy asosida sodir bo‘ladi deb bo‘lmaydi. Muhit, ta’lim tarbiya va tegishli mashq miya tuzilishining organik jixatdan etilishini ta’minlaydi va muhitga. ta’lim-tarbiyaga mutlaqo bog‘lanmagan holda o‘zining qatxiiy biologik jixatdan qonunlari asosida sodir bo‘ladi deb bo‘lmaydi.