Кексаларни эъзозлаш йили



Download 0,54 Mb.
bet63/127
Sana21.02.2022
Hajmi0,54 Mb.
#2144
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   127
Натижалар: олинган капсулаларни сифат курсаткичлари тегишли МХ асосида аникланди олинаг натижалар ижобий булиб тегишли талабларга жавоб беради.
Хулосалар: лагоден капсуласининг сифат курсаткичлари тегишли МХ асосида бахоланди.
AVIDIN OQSILINI TOZALASH TEXNOLOGIYASI
Sh. Kuryazov 5-kurs talabasi
Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent sh.
Biotexnologiya kafedrasi
Ilmiy rahbar: assistent S.D. Maxmudov
Umiy ishning dolzarbligi: hozirda zamonaviy biotexnologiya taraqqiyot etayotgan bir vaqtda farmatsevtik preparatlarni xam biotexnologik usulda ajratib olish dolzarb masala bo‘lib turibdi. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun ayni kunda tabiiy xom ashyolardan biologik faol moddalarni ajratishda qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ushbu ilmiy tadqiqot mavzusi ana shunday ishlar sirasiga kiradi. Zamonaviy biotexnologiyada fermentlar va oqsillarni tabiiy va sintetik erimaydigan tashuvchilarga immobilizatsiya qilish jadal suratlar bilan rivojlanib bormoqda.«Avidalbumin» yoki qisqacha «avidin» parrandalar va amfibiyalar tuxumining oq qismidagi oqsildir. Avidin glyukoprotein bo‘lib, uning molekulasi to‘rtta subbirlikdan iborat. Har bir subbirlikning massasi 16 kDga tahminiy umumiy massasi 69 kD ga teng, tarkibida 128 ta aminokislota tutadi. Tabiatda avidinning bir necha ko‘rinishlari tarqalgan, uglevodorodsiz turi ham uchraydi.
Ishning maqsadi: ishda 300 gr (10 dona) tovuq tuxumi oqi ajratilib, ustidan yarim hajm barobar distillangan H2O qo‘yilib gomogenizatsiya qilindi, so‘ngra ikki bosqichda tuxumdagi oqsillar cho‘ktirildi. Birinchi bosqich cho‘ktirish 35% li (NH4)2SO4 eritmasi asosida (20 daqiqa sentrifuga 10000 g), ikkinchi bosqich cho‘ktirish eritmada (NH4)2SO4 miqdori 100% ga etkazilib (20 daqiqa sentrifuga 10000 g) amalga oshirildi.
Tadqiqot uslubi va materiallari: cho‘kma olindi va tozalangan suvda eritilib, teng hajm -100C li sharoitda 56°C etil spirti solinib chayqatildi, so‘ng 10 daqiqa sentrifuga 10000 g da ekstraksiyalandi. Qayta ekstraksiyalash 50mM (pH=6,5) natriy atsetat buferida 15 daqiqa sentrifuga 10000 g da amalga oshirildi. Ajratib olingan supernatant bu oqsillar aralashmasi bo‘lib, tarkibidagi avidin oqsili ningidrin reaktivi yordamida sifat tahlil qilindi.
Natijalar: avidinni tozalashuchun biosorbent tayyorlandi. Buning uchun tashuvchi sifatida poliamiddan foydalanildi. Poliamidni faollantirish uchun 25 ml 1 M HCl kislotadan foydalanildi. Faollantirilgan ya’ni sirtida aminoguruhlar hosil qilingan poliamid tarkibida 10 mg biotin tutgan borat buferida 24 soat xona haroratida qoldirildi. 0.2 gr quruq poliamidga 0.5mg biotin bog‘landi. Bunda sorbentdagi aminoguruhlar bilan biotinning karboksil guruhi orasida bog‘lanish sodir bo‘ladi. Bunday usul bilan ulangan biotin tashuvchiga mustahkam bog‘lanadi va distillangan suv bilan yuvilganda desorbsiyaga uchramaydi. Biosorbent yordamida tuxum oqidan ajratilgan oqsillar eritmasi tarkibidagi avidinoqsili tozalandi. Bunda 5x2 sm li xromotografiya kolonkasiga biosorbent maydalab solindi. Kolonkaning uchi boshqarilib turadigan kran shaklida, yuqori qismi ochiq bo‘ladi. Kolonkaning yuqori qismidan avidin saqlagan eritma tomchilatib oqizib quyildi. Pastki qismiga idish qo‘yib, kolonkadan tushayotgan eritma yig‘ib olindi, eritmadagi avidin biosorbent yuzasiga bog‘landi. Mexanik qo‘shimchalar suv bilan yuvib tashlandi. 1gr biotin tutgan biosorbentga 25mg avidin sorbsiyalandi. Bog‘langan avidin elyusiyasi xona haroratida, 1-2 soat davomida 1:8 nisbatda 0,1 M (pH=7,4) fosfat buferi qo‘shish bilan amalga oshirildi. Tozalangan avidin faolligi biotinning bog‘lay olishi bilan aniqlandi.
Xulosalar: ajratib olingan avidin oqsili ko‘rsatkichlari aniqlandi, uning faolligi «Sigma» korxonasida ishlab chiqarilgan avidin preparati bilan taqqoslandi.
TABIIY XOM ASHYODAN FAOL VITAMIN H AJRATISH TEXNOLOGIYASI
S. Sadullaev 5-kurs talabasi Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent sh.
Biotexnologiya kafedrasi
Ilmiy rahbar: ass. S.D. Maxmudov
Ilmiy ishning dolzarbliligi: 1935—1936 yillarda tuxum sarig‘idan Kogi va Tonnies tomonidan ilk marotoba vitamin H (biotin) kristall ko‘rinishda ajratib olingan. Inson uchun biotinning sutkalik normasi 150—200 mkg. Homiladorlik va laktatsiya davrida ayollarning biotinga bo‘lgan ehtiyoji 250300 mkg gacha ortadi.Bugungi kunga kelib tibbiyot amaliyotida yurak-qon tomir xastaliklari, organizmdagi lipidlar almashinuvining buzilishi, teri kasalliklarini davolashda kompleks terapiya tarkibiga vitamin H (biotin) kiritilmoqda. Biroq amaliyotda ishlatilayotgan biotin bir necha xil izomerlar (L-,D-) aralashmasidan iborat va ushbu izomerlarning faqat bittasigina(L-) biologik faollikka ega. Tadqiqotimizning maqsadi- biotinnning turli izomerlari orasidan ana shu bitta biologik faollikka ega bo‘lgan formasini ajratish.
Ishning maqsadi: dastlab qoramol jigaridan (pH=7,4) fosfat buferi yordamida ekstrakt olindi. So‘ngra ekstrakt tarkibidan biotinni ajratish uchun biosorbent tayyorlandi. Buning uchun tashuvchi sifatida poliamiddan foydalanildi. Poliamidni faollantirish uchun 25ml 1M HCl kislotadan foydalanildi. Faollantirilgan ya’ni sirtida aminoguruhlar hosil qilingan poliamid tarkibida 10 mg avidin tutgan borat buferida 24soat xona haroratida qoldirildi. 0.2gr quruq poliamidga 0.5mg avidin bog‘landi.
Tadqiqot uslubi va materiallari: poliamidli tashuvchilarni ligand bilan kovalent bog‘lanishi uchun, amid gruppalarni tiklash maqsadida HCL kislota eritmasi yoki dimetilsulfoksid bilan ishlov beramiz. Aktivatsiya metodini tanlashning kriteriysi bo‘lib, bog‘langan ligand miqdori va tashuvchini shaklini saqlab qolish xizmat qiladi. Poliamidli tashuvchini turli shakllirini funksional gruppalarini optimal aniqlash sharoitidan aktiv xolatga, HCl kislotaning turli konsentratsiyalarida ligand miqdorini solishtirma aniqlash yo‘li bilan o‘tkaziladi.Poroshok ko‘rinishidagi poliamid ni maksimal miqdoridagi tripsin bilan (80mg 1g tashuvchiga) HCl kislota eritmasini aktivatsiyasi 3,8M ga etganda bog‘lanadi.Biosorbent yordamida jigar ekstrakti tarkibidagi biotin tozalandi. Bunda 5x2sm li xromotografiya kolonkasiga biosorbent maydalab solindi. Kolonkaning uchi boshqarilib turadigan kran shaklida, yuqori qismi ochiq bo‘ladi. Kolonkaning yuqori qismidan jigar ekstrakti tomchilatib oqizib quyildi. Pastki qismiga idish qo‘yib, kolonkadan tushayotgan eritma yig‘ib olindi, eritmadagi biotin biosorbent yuzasiga bog‘landi. Mexanik qo‘shimchalar suv bilan yuvib tashlandi. 1gr avidin tutgan biosorbentga 25mg biotin sorbsiyalandi. Bog‘langan biotin elyusiyasi xona haroratida, 1-2soat davomida 1:8nisbatda 0,1M (pH=7,4) fosfat buferi qo‘shish bilan amalga oshirildi.
Natijalar: biotinning xromofor xususiyatlarini o‘rganish spektrofotometrik metodlar yordamida o‘lchashga qaratilgan. Lekin buni amalga oshirish qiyin, chunki biotin va avidin doim kompleks holatda bo‘ladi, biotinning karbonil guruhi 220 nm lik signalga ega. Bu kompleks hosil bo‘lishiga yordam beradi.
Avidin eritmalari ham 233 nm da signal beradi.Biotin va avidin bog‘langan holatda, spektrofotomerik metod orqali o‘lchanganda qiymat 2,4.104 1/mol 1/sm molga teng. Avidin bir mol biotin bilan bog‘langanda 20,3 kkal energiya ajraladi. Avidinnning dissotsiyalanish konstantasi 10-15% oralig‘ida bo‘lsa, o‘ziga biotinni bog‘lash qobiliyatiga ega bo‘ladi. Avidin nafaqat erkin biotinni bog‘laydi, hatto biotin tutuvchi fermentlarni ham bog‘lab ularning faolligini tormozlab qo‘yadi.
Xulosalar: vitaminlarni faol formalarini ajratishda immobilizatsiyalangan biologik
molekulalarning qo‘llanilishi ijobiy natija berdi. Erimaydigan matritsaga ulangan biologik faol moddalar affin xromatografiyasi uchun ham qulay reagent ekanligi aniqlandi.
ЯЛЛИГЛАНИШГА ^АРШИ ЮМШО^ ПАСТИЛКА ТАРКИБИ ВА ТЕХНОЛОГИЯСИ
Б. Б. Темиров - 3 курс талабалари
Тошкент фармацевтика институти, Тошкент ш.
Дори воситаларининг саноат технологияси
Илмий рах,бар: доц.в.б., ф.ф.н. Ф. С. Жалилов, магистр Ж.Р. Тилаков

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish