15-MAVZU
LABORATORIYA ISHI. SHAYINLI TAROZI YORDAMIDA
JISM MASSASINI O‘LCHASH
Kerakli asboblar.
Shayinli tarozi toshlari bilan, stakan, suv, massasi
o‘lchanishi kerak bo‘lgan kub, shar, silindr shaklidagi jismlar.
Ishni bajarish.
1. Shayinli tarozining tuzilishi, turli massaga ega bo‘lgan tarozi
toshlari bilan tanishish (14-rasm).
2. Jism massasini o‘lchashdan oldin tarozi muvozanatga keltiriladi.
Lozim bo‘lsa, pallalarga qog‘oz parchalari qo‘yiladi.
3. Massasi aniqlanadigan jismni tarozining chap pallasiga, toshlarini
o‘ng pallasiga qo‘yiladi.
50
500
200
100
10
20
20
50
14-rasm.
32
4. Tarozini buzib qo‘ymaslik uchun toshni taxminan jism massasiga
yaqinrog‘ini tanlab qo‘yiladi. Juda ko‘p farq qiluvchi toshni qo‘yganda
tarozining og‘ishi chegaradan chiqib ketishi mumkin.
5. Tarozi pallasiga ho‘l, iflos, issiq jismlarni qo‘yish mumkin emas.
Unga suyuqlikni bevosita quyish, idishsiz sochilib ketuvchi narsalar
(shakar, tuz)ni ham solish mumkin emas.
6. Tarozida faqat uning pasportida yozilgan yukdan ortiqcha yukni
tortish mumkin emas.
15-rasm.
7. Kichik massali toshchalarni faqat pinset (mo‘ychinak) yordamida
idishidan olib pallaga qo‘yiladi. Chunki qo‘l bilan ushlansa, qo‘ldagi
nam va yog‘ tosh chaga o‘tib, uning massasiga ta’sir qilishi mumkin.
8. Pallaga qo‘yilgan tosh yengil bo‘lsa, unga chamalab yengilroq
toshdan boshlab qo‘shib borish kerak.
9. Tarozi muvozanatga kelib, strelkasi nolni ko‘rsatsa yoki u pallalar
qo‘yilgan tomonlarning ko‘rsatkich uchlari bir to‘g‘ri chiziqqa kelsa,
palladagi toshlar massalarining yig‘indisi hisoblanib yozib olinadi.
10. Tarozida suvsiz bo‘sh stakan massasi
m
st.
tortib olinadi (15-
rasm).
11. Stakanni palladan olib, unga ma’lum miqdorda suv quyiladi.
12. Suvli stakanni tarozi pallasiga qo‘yib, massasi
m
st.suv
o‘lchanadi.
13.
m
suv
=
m
st.suv
m
st
formuladan stakandagi suv massasi hisoblanadi.
Izoh.
Agar o‘lchanadigan jism massasi sizda mavjud bo‘lgan eng
kichik tosh (20 mg) qo‘yilganda ham og‘ir yoki yengil kelsa,
umumiy massa yaxlitlab yoziladi.
Masalan,
100 g
20 g
1 g
+ 500 mg + 20 mg bo‘lganda og‘ir, 100 g
20 g
1 g
500 mg bo‘lganda
yengil bo‘lsa,
m
121,5 gramm olinadi.
33
1. Jismlar qizdirilganda uning massasi qanday o‘zgaradi?
2. Nima sababdan shayinli tarozida o‘lchash, prujinali tarozida
o‘lchashga nisbatan aniqroq bo‘ladi?
3. Gaz massasini qanday usulda o‘lchash mumkinligi haqida o‘ylab
ko‘ring.
4. Jismlarning inertligi deganda nimani tushunamiz?
•
Chivin massasi ~ 0,001 g.
•
Filning endigina tug‘ilgan «chaqalog‘i»ning massasi taxminan
100 kg.
•
«NEXIYA» avtomobilining massasi taqriban 1400 kg.
•
Bir dona bug‘doy massasi
0,01 g.
•
Yer massasi taqriban
.
•
Quyosh massasi taqriban
.
Do'stlaringiz bilan baham: |