ATMOSFERA HAVOSINING IFLOSLANISHI VA UNING OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI
Atmosfera massasi 5,3*1015 tonna bo‘lib, u sayyoramiz massasining 1*106 qismini tashkil qiladi.
Atmosferaning Yerga eng yaqin joylashgan qatlami qalinligi ekvator tepasida 16-18 km.ni, qutb tepasida esa 7-9 km.ni tashkil etadi. Bu qatlamda atmosfera havosining 80 foizi joylashgan bo‘lib, asosiy ob-havo o‘zgarishlari shu yerda hosil bo‘ladi.
Atmosfera havosi shamol va havo bosimining o‘zgarishi tufayli har doim harakatda bo‘ladi. Hozirgi fan va texnika rivojlangan davrda, insoniyatning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari yil sayin ortib bormoqda. Sanoat taraqqiy etgan mintaqalarda atmosfera nisbatan ko‘proq ifloslanadi. Umumiy tashlanmalarning 90 foizga yaqini Shimoliy Amerika, Yevropa va Sharqiy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi.
Bugungi kunda avtotransport vositalarini tashlanma gazlari bilan bog‘liq ekologik muammolarni hal etish ustida jahonning ilmiy markazlari tadqiqotlar olib bormoqda. Shunga ko‘ra, avtomobillarni muqobil yonilg‘i turiga o‘tkazgan taqdirda tashlanma gazlar miqdori keskin kamayadi.
Muqobil yonilg‘i deyilganda to‘liq yonib, tashlanma gazlar kam hosil qiluvchi yonilg‘i turi tushuniladi. Binobarin, 1 tonna etillangan benzin yoqilganda 0,7883 tonna, suyultirilgan neft gazi yoqilganda 0,208 tonna tashlanma gazlar ajraladi. Tajriba va amaliyotdan ma’lumki, avtomobil motorining gaz almashinish jarayonidagi nuqsonlar bartaraf etilsa, yonilg‘i sarfi 15 foizga kamayadi, quvvati esa 20 foizga oshadi.
Atmosfera havosi zaharli gazlar va chang tufayli ifloslanadi. Atmosfera havosida minglab ifloslovchi gazsimon moddalar bo‘lib, bular atrof-muhit va insonga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda Yer kurrasida 10 mln. tonnadan ortiq shunday ifloslantiruvchi moddalar to‘planib qolgan.
Atmosfera havosining ifloslanishi quyidagi omillarga bog‘liq: tashlanma miqdori, shamol tezligi va yo‘nalishi bo‘yicha o‘zgarishi; havo namligi, tashlanma manbayi orasidagi masofa; tashlanma balandligi.
Atsofera kislorodi almashinib turadi. Lekin tirik organizmlarning havo o‘zgarishiga ta’sirchanligi yuqori bo‘lib, atmosfera ifloslanishi muhim tabiiy resurslarning sezilarli darajada yo‘qolishiga sabab bo‘ladi.
Tabiat o‘zini o‘zi tozalash xususiyatiga ega. Atmosferaning ifloslanishi va tozalanishi o‘zaro teskari jarayonlar hisoblanadi. Har qanday ifloslanish tabiat uni bartaraf etishi uchun himoya reaksiyasini talab etadi. Tabiatning bu qobiliyatidan insoniyat uzoq vaqt davomida o‘z maqsadi yo‘lida foydalanib keldi. Masalan, uzoq yillardan buyon ishlab chiqarish chiqindilari tabiat tomonidan qayta ishlanadi, deb havoga chiqarib tashlandi. Atmosferaning o‘zini tozalash qobiliyatining ma’lum chegarasi bo‘lib, agar bu chegara buzilsa, atmosferada o‘zini tozalash chiqindining to‘liq tarqalishi va parchalanishini ta’minlay olmaydi. Hozirgi vaqtda atmosfera buzilishi Yer sayyorasining eng muhim ekologik muammolaridan biri hisoblanadi.
Atmosfera havosining tozaligini saqlash maqsadida hozirgi kunda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirish maqsadga muvofiq: 1) shaharlarda atmosfera havosini kuchli ifloslantiruvchi sanoat korxonalarini joylashtirish mumkin emas. 2) qurilayotgan sanoat korxonalarini aholi zich joylashgan yerlardan uzoqroq joyga shamol yo‘nalishini hisobga olgan holda joylashtirish kerak va uning atrofida sanitar himoya zonalarini barpo qilish zarur. 3) sanoat korxonalari albatta tepalik va shamol yaxshi yuradigan yerlarga joylashtirilishi lozim. 4) zaharli gazlarni tashlaydigan minoralarning balandligi 250-300 metr bo‘lishi kerak. 5) yoqilg‘ilarni gaz va elektr turlari bilan almashtirish darkor. 6) atmosfera havosini himoya qilishning eng asosiy chora-tadbirlaridan bir tozalagich moslamalar va inshootlar qurishdir.
Lekin yuqorida keltirilgan chora-tadbirlar atmosfera havosini ifloslanishdan saqlash uchun yetarli emas. Buning uchun, eng avvalo, sanoat korxonalarida hosil bo‘layotgan chiqindilar miqdorini keskin kamayishiga erishish zarur.
Zaharli gazlar miqdorini kamaytirishning texnologik choralari esa quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi: 1) texnologik jarayonlar borishi davomida zaharli moddalar hosil bo‘lish mexanizmini o‘rganish; 2) asosiy inshootlar konstruksiyasini takomillashtirish; 3) xomashyo sifatida ishlatiladigan zaharli moddalarni kam zaharli yoki umuman toza turlari bilan almashtirish; 4) chiqindisiz texnologik jarayonlarni tashkil qilish; 5) respublikamizda mavjud bo‘sh joylarga daraxtlar ekish.
Yuqorida keltirilgan texnologik tadbirlar ichida zaharli moddalar hosil bo‘lish mexanizmini o‘rganish bugungi kunning eng dolzarb masalasi sanaladi.
“Atmosfera havosini muhofaza qilish “ bo‘limi
ATMOSFЕRA HAVOSI IFLOSLANISHI OLDINI OLISH HUQUQIY -ME’YORIY ASOSLARI.
Atmosfera deb — Yer kurrasini o‘rab olgan havo qatlamiga aytiladi. Atmosfera yerning himoya qatlami bo‘lib, tirik orga-nizmlarni turli ultrabinafsha nurlardan, turli zararli zarra-lardan saqlaydi. Ma’lumkiatmosfera havosihar hil mexanik gazlarning aralashmasidan iboratdir.
Atmosfera (yunoncha atmos— Bug va sfera — shar) – yer vaboshka fazoviy jismlarning gazsimon qobigi. Yer yuzasida u asosan azot (78,08%), kislorod (20,95%), argon (0,93%), suv bug‘i (0,2-2,6%), karbonat angidrid gazidan (0,03%) tashkil topgan.
Atmosfera tabiatning eng muhim elementlaridan biri hisob-lanadi. Chunki organizm, inson suvsiz, ovqatsiz bir necha kun yashashi mumkin, ammo havosiz 5 daqiqa ham yashay olmaydi. Inson bir bir sutkada 25 kg havoni yutadi.Shuning uchun yerda hayot insonning yashashitoza havoga bog‘liq. Aksincha havo ifloslanib, uning kimyoviy tarkibiva fizik xosslari o‘zgarishi bilan har bir organizmning fiziologik holati o‘zgaradi va turli kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Respublikamizda atmosfera havosiayniqsa, aholisi Sanoat korxonalari va transport vositalari ko‘p bo‘lgan Metallurgiya, kimyovamashinasozlikmarkazlari bo‘lgan Toshkent, Farg‘ona Angren, Olmaliq, Bekobod, Navoiy, Andijon shaharlarida havosining iflos-lanishi ancha yuqoridir.
Shuni inobatga olgan holda Respublikamiz Mustaqillikka erishgandan so‘ngjamiyatda yashayotgan insonlar, barcha korxona, muas-sasa, tashkilotlar atmosfera havosi musaffoligini saqlash, uning ifloslanishining oldini olish borasidaqonunchilik talablarini bajarilishi qat’iy zarurligini belgilab qo‘ydi. Shulardan asosiylari O‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 1993 y 29 yanvardan kuchga kiritilgan Qonuni va “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Konunidir.
“Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan. Mazkur qonun 30 moddadan iborat. Qonunda atmosfera havosi tabiiy resurslarning tarkibiy kismi ekanligi, u umum-milliy boylik hisoblanishi va davlat tomonidan muhofaza qili-nishi belgilab qo‘yilgan.
Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
atmosfera havosining tabiiy tarkibini saqlash;
atmosfera havosiga zararli kimyoviy, fizikaviy, biologik va boshqa xil ta’sir ko‘rsatilishining oldini olish hamda kamaytirish;
davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolarning atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solishdan iboratdir.
Ho‘jalik faoliyatida(XFU) Xlorftoruglerodlar, bromli metil, galonlar, erituvchilar kabi birikmalarning ishlatilishi ham ozonqatlamining siyraklashishiga olib keladi.
Kuchli texnologiyalarasri — 21 asr boshiga kelib, aviatsiya, kosmik raketalar ta’siri ham e’tiborga olina boshlandi. Tovushdan tez uchadigan samoletdan azot oksidi chiqishi stratosferaozoniga ta’sir ko‘rsatadi.
Qonunning 5-moddasiga asosan Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari amalga oshirishi, shuningdek 28 moddasiga asosanAtmosfera havosini muhofaza qilish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, shuningdek maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘-liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan nazoratqilish bo‘yicha maxsus vakolat berilgan davlat organlari hisoblanishi belgilangan.
Atmosfera xavosini muhofaza qilish bo‘yicha davlat Boshqaruvi va davlat nazoratini olib boruvchi organlari bu — Atmosfera xavosini muxofaza kilish soxasida Davlat boshkaruvini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi, maxalliy davlat hokimiyati organlari amalga oshiradilar.
Atmosfera xavosini muxofaza kilish ustidan Davlat nazorati mahalliy xokimiyati organlari tomonidan shuningdek maxsus vakolat berilgan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muxofaza kilish Davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligi, O‘zbekistonRespublikasi Ichki ishlar vazirligi atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan nazorat qilish davlat organlari tomonidan, qonun xujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Shuningdek, Atmosfera xavosini muhofaza qilish ustida idoraviy, ishlab chiqarish va jamoat nazorati qonunchilikxujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Atmosfera havosiniasosiy ifloslantiruvchi omillar quyidagi tur va manbalarga bo‘linadi :
Tabiiy ifloslantiruvchilar : zilzila, vulqon, yong‘in, dovul, kuchli yomg‘irlar, sel va boshqa tabiiy va texnogentusdagi hodislar orqali vujudga keladigan omillar;
Antropogen, ya’ni inson faoliyati jarayonida kelib chiqadigan ifloslantiruvchi omillar .
Shuningdek manbalar turg‘un (statsionar)vaxarakatdagi manbalardan iboratdir.
Sanoat korxonalariningturg‘un (statsionar) manbalari,
Avtotransport vositalari yokiko‘chma(xarakatdagi ) manbalaridir.
Turg‘un(qo‘zg‘almas) manbalar – mahalliy hududiy tizimiga nisbatan fazoda o‘zgarmas o‘ringa ega bo‘lgan manbalardir. (Qozonhonalar mo‘rilari, sexlarning framugalari).
Bunday manbalar o‘z o‘rnida 2 guruxga bo‘linadi:
Tashkil etilgan manbalar -gaz chang moddalarni maxsus barpo qilingan qurilmalar orqali chiqariladigan (quvurlar, gaz yo‘naltiruvchi, ventilyatsiya shaxtalari v.x.k.) manbalar.
Tashkil qilinmagan manbaalar – gaz-chang oqimlari tartibsiz chiqaruvchi manba jihizlar berkligi buzulishi, mahsulotlar (yoqilg‘i)ni yuklash (tushurish) yoki saqlash joylarida gaz-chang so‘ruvchi tizimning ishlamasligi yoki samarasiz ishlashi, shuningdek chanlanuvchi uyumlar, ochiq sig‘imlar, transport saqlovchi joylar, bo‘yash ishlari amalga oshiriladigan maydonlar).
Atmosfera havosiga sanoat korxonalaritomonidanchiqarilayotgan tashlamalar kuyidagi usul va moslamalarorqali tozalanadi:
Quruq tozalash (siklonlar bilan);
Suvli tozalash (skrubberlar);
Filtrlab tozalash (rukavnoy filtr);
Elektr tozalash — elektromagnit maydonlari hosil qilish
Kimyoviy tozalash — kimyoviy moddalar va ularning reaksiya-
Termik va termokatalik — gazsimonmoddalarnikatalik reak-
torlarda yoqish yo‘li bilan;
Boshqa turdagi apparatlar orqali.
orqali;
lari orqali;
Do'stlaringiz bilan baham: |