Kechki 307-guruh talabasi Xayitmirzayeva Dildoraning


O‘quvchi: Nodira g‘azallaridan yod olib sharhlash. Darsning texnologik xaritasi



Download 44,84 Kb.
bet3/5
Sana15.12.2022
Hajmi44,84 Kb.
#887310
1   2   3   4   5
Bog'liq
Dildora

O‘quvchi: Nodira g‘azallaridan yod olib sharhlash.



Darsning texnologik xaritasi


T/R

Dars bosqich- lari

Vaqti



Ta’limberuvchining faoliyati

1.

Tashkiliyqism

4

Salomlashish, yo‘qlama, o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini nazorat qilish, “Zamon bilan hamnafas” qismini o‘tkizish

2.

O’tilganmavzuniso’rash

12

Kichik guruhlarga bo’linadi va o‘tilgan mavzu yuzasidan savol-javobo’tkazish

3.

Yangi mavzu bayoni

10

“O‘g‘ri” hikoyasi mavzusida musobaqa darsi o‘tkaziladi

4.

Mustahkam-
lash

14

O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun topshiriqli matn tuziladi

5.

Yakuniybosqich

5

Mashg’ulotga yakun yasash, g‘oliblarni rag‘batlantirish, uy vazifasi berish, baholash


Darsning borishi:

  • Tashkiliy qism;

  • Yangi mavzuning bayoni.

  • Guruhlarda ishlash. Fikrlar himoyasi;

  • Savol va topshiriqlar ustida ishlash.

  • Mustahkamlash;

  • Uyga vazifa.

1.Tashkiliy qism. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan salomlashadi. Davomatni aniqlab, ularning darsga tayyorgarligini kuzatadi.


2.Uy vazifasi nazorati. O‘quvchilar dars mobaynida 2guruhga bo‘lingan xolda o‘zaro bellashishadi.
1. Nodira qachon va qayerda tug‘ilgan? 1792-yil Andijon.
2. . Nodiraning turmush o‘rtog‘i kim edi. Amir Umarxon
3. Nodira qanday tahlluslar bilan ijod qilgan. “Komila”, “Maknuna”.
4. Nodira necha yoshida umr yo‘ldoshidan ayriladi.30
5. Nodira qaysi tillarda ijod etadi.Fors-tojik
6.Nodiraning asl ismi nima edi.Mohloroy.
7.Nodira asarlarida kimga bo‘lgan muhabbatini bayon etadi. Allohga.
8.Nodirani kim qatl etkizadi. Amir Nasrullolxon.


3. Yangi mavzuning bayoni: Gʻazal (arabcha —oshiqona soʻz, ishq izhor etish, ayollarni madh etish) — Sharq adabiyotida eng keng tarqalgan lirik janrʻʻGʻazal’’ atamasi dastlab VIII—IX asrlarda arab sheʼriyatida paydo boʻlgan. Soʻng Oʻrta Osiyo va Sharq xalqlari adabiyotlariga oʻtib, X asrda forsiy adabiyotga, XIV asr boshlarida turkiy adabiyotga kirib kelgan. Hajmi 3 baytdan 19 baytgacha qilib belgilangan. Lekin 21, hatto 27 baytli gʻazal namunasi ham uchraydi.
Jamoling vasfini qildim chamanda,
Qizordi gul uyottin anjumanda.
Tamanno qilgaʻali la’lingni koʻnglum,
Kishi bilmas onikim, qoldi qanda.
Chu jonimdin aziz jonona sensan,
Kerakmas jon mango sensiz bandanda.
Mango ul dunyoda jannat na hojat,
Eshiking tuprogʻi basdur kafanda.
Solib borma meni ey Yusufi husn,
Bukun Yaʼqubtek baytul hazanda.
Uzun sochingdin uzmasman koʻngulni,
Oyogʻing qanda boʻlsa, boshim anda.
Tilar el mansabi oliy va lekin,
Atoyi sarvi ozodingga banda.[1]
Gʻazal aa, ba, va, ga, da va h.k. tarzda qofiyalanadi, boshdan-oxir bir xil vaznda yoziladi. Ilk bayti matlaʼ yoki mabdaʼ, oxirgisi maqtaʼ deb ataladi. Agar ikkinchi baytning misralari ham oʻzaro qofiyalansa, zebi matlaʼ yoki husni matlaʼ deyiladi. Gʻazalning paydo boʻlishi va rivojlanishi musiqa sanʼati bilan chambarchas bogʻliq. Dastlab Gʻazalga taxallus qoʻyilmagan, bu keyinchalik anʼanaga aylangan.
Gʻazal dastlab ishqiy mavzuda yozilgan boʻlsa-da, keyinchalik uning mavzu doirasi kengayib bordi hamda ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-axloqiy, mavʼiza (pandnasihat) va hajviy gʻazallar yuzaga keldi. Gʻazal tuzilishiga koʻra 4 mustaqil turga ajraladi: mustaqil baytlardan tuzilgan (parokanda) gʻazal; yakpora gʻazal; voqeaband gʻazal.; musalsal gʻazal. Maʼno jihatidan esa orifona, oshiqona va rindona gʻazallarga boʻlinadi.
Fors soʻz sanʼatida gʻazal dastlab Rudakiy ijodida uchrasa-da, Saʼdiy ijodida u toʻla shakllanib, sheʼriyatning asosiy janrlaridan biriga aylandi, keyin Hofiz uni yuksak darajaga koʻtardi: u oʻzigacha tasavvufiy va dunyoviy yoʻnalishda rivojlanib kelgan gʻazalchilikni oʻzaro omuxta qildi. Xusrav DehlaviyKamoliddin IsfahoniyFarididdin AttorJaloliddin RumiyXoju KirmoniySalmon SovajiyAbdurahmon JomiyMirzo Abdulqodir Bedil kabi shoirlar gʻazal taraqqiyotida katta rol oʻynaganlar.
Oʻzbek adabiyotida gʻazalning ilk namunalari Rabgʻuziyning „Qisasi Rabgʻuziy“, Xorazmiyning „Muhabbatnoma“sida uchraydi; keyinchalik Sayfi SaroyiHofiz XorazmiyYusuf AmiriySakkokiyAtoiyGadoiyLutfiyAlisher NavoiyBoburUbaydiyMashrabMujrim-ObidAmiriyNodiraUvaysiyMunisOgahiyMuqimiyFurqatAvaz Oʻtar va boshqalar ijodida rivojlantirildi.
Fors-tojik gʻazalchiligida aruz vaznining hazaj bahri, turkiy xalqlar gʻazalchiligʻida ramal bahri koʻp qoʻllangan. Masalan, Navoiyning 2600 gʻazalidan 1600 ga yaqini, Atoiyning 260 gʻazalidan 109 tasi, Husayn Boyqaroning esa barcha gʻazallari ramalda yozilgan. Aruzda 21 ta bahr boʻlib, oʻzbek gʻazaliyotida faqat Navoiy ularning koʻpchiligini qoʻllagan. Gʻazalda ishqiy mavzu yetakchilik qilishiga qaramay, gʻazalnavislar bu janrning imkoniyatlaridan inson maʼnaviy dunyosining, shuningdek, tabiat va jamiyatning barcha murakkab tomonlarini ifodalash uchun foydalanganlar.
15-asrdan Gʻazal oʻzbek sheʼriyatida ham asosiy va yetakchi janrga aylandi. Navoiy oʻzbek tilida 2600 dan ortiq gʻazal yaratib, bu janrning gʻoyaviy-tematik doirasini kengaytirdi, uni hayotga yaqinlashtirdi, realistik tamoyillarni kuchaytirdi. Keyinchalik oʻzbek sheʼriyatida Hamza, Choʻlpon, Xurshid, Gʻafur Gʻulom, Sobir Abdulla, Habibiy, Charxiy, Chustiy, xolis, Vosit Saʼdulla, Jumaniyoz Jabborov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Jamol Kamol va boshqalar g'azalni yangicha sharoitda davom ettirdilar va uning mavzu doirasini boyitdilar, shu bilan birga, anʼanaviy ishqu oshiqlik mavzuida ham koʻplab badiiy barkamol gʻazallar yaratdilar (yana qarang Sheʼr tuzilishiSheʼrshunoslik); 2) musulmon Sharq madaniyatidan keng oʻrin olgan mumtoz musiqa janri. Dastlab (mas, Abdulqodir Marogiy koʻrsatishicha, 14—15-asrlarda) „navbat“ deb ataluvchi murakkab shakldagi janrning ikkinchi qismi sifatida, asosan, fors tilidagi sheʼrlar bilan ijro etilib, 2 sarxona va bozgoʻypyan iborat boʻlgan. Soʻngra Navoiy, Kavkabiy, Noiniy, Chishtiy va boshqalarning asarlarida Gʻ. Oʻrta Sharq xalqlarida eng sevimli musiqa janrlaridan biri sifatida taʼriflangan. Hozirda, asosan, lirik-falsafiy (jumladan, tasavvufiy) mazmundagi gʻazal namunalari, yakkaxon xonanda va cholgʻu ansambli tomonidan ijro etiladigan, yirik shakldagi musiqa janri sifatida Pokiston, Shimoliy Hindiston, Bangladesh, Eron, Afgʻoniston va ayrim arab mamlakatlarida tarqalgan. Kuylar diapazoni kengligi, ohang va ritmik rivojining murakkabligi bilan ajralib turadi. Gʻazallar kichik cholgʻuvokal muqaddimasi bilan boshlanadi, unda xonanda yuqori pardalarda ijro etiladigan aylanma tuzilmalar, glissando (sirgʻanuvchi ohanglar) va boshqa uslublardan foydalanib, asarning asosiy tovushqatori, shuningdek, badiiy oʻziga xosli-gini namoyo.ch etadi. Cholgʻu ansambli tarkibida sitor, sarangi, bansuri nay, tanpura, fisgarmoniya va tabla (yoki faqat sisgarmoniya va tabla) cholgʻulari qoʻllanadi. Gʻ. urdu, hind, fors, panjob, gujarot va boshqa tillarda kuylanib, unda Xusrav Dehlaviy, Kabir, Surdas, Mirzo Gʻolib, Muhammad Iqbol, Fayz Ahmad Fayz kabi shoirlarning sheʼrlari asosiy oʻrin tutadi. 20-asrda Gʻ.ning zamonaviy shakllari rivoj topib, ular konsert dasturlari (Mehdi Hasan, Roshan Ara begim, Bare Gʻulom Ali Xon, Ramzan Xon va boshqalar), kino musiqasi (Lata Mangeshkar, Muhammad Rafi va boshqalar)da keng ijro etilmoqda.

Download 44,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish