~LAJ
Hammadan qochib, sevgan insonini o'zining qalb ummonining sohili hisoblab, birgina unga oshiqqan va talpingan, oxir-oqibat uni bo'roni dahshatli ummon ichiga g'arq qilib ketganlarni ham Tangri kechirmasin. Sevgan insonlariga qo'rg'on bo'lishni istaganlarni ko'chada qoldirganlarni ham Tangri kechirmasin. Hayotida yagona suyanadigan ustuni hisoblab, ular suyangan ustunlarini qulatgan insonlarni ham Tangri kechirmasin. Ranjigan, ezilgan va tilka-pora qilingan holda, faqat sevgani sababli kechirib yuborgani uchun pushaymon qilganlarni ham Tangri kechirmasin.
Sevgan inson tark etmasin. Sevmaydigan inson aslo kelmasin. Sevadigan odam sevgisini his qildirsin. Quruq izhor bilan kifoyalanmasin.
Do'stlaringiz bilan baham: |