Vatanparvarlik – shaxsning o’zi mansub bo’lgan millat, tug’ilib o’sgan vatani tarixidan g’ururlanishi, buguni to’g’risida qayg’urishi, uning porloq istiqboliga bo’lgan ishonchini ifoda etuvchi yuksak insoniy fazilat.
Vatanparvar – bu o’z Vatanini, ona yurtini, xalqini cheksiz sevadigan, vatan manfaatlari uchun kurashadigan, bu yo’lda fidoiylik ko’rsatadigan shaxs3.
SHu bilan birga ota-onalar o’z farzandlari bilan birgalikda vatanparvarlik mavzusidagi kinofilьm, teatr spektakllarini tomosha qilish, oila davrasida birgalikda vatanparvarlik g’oyalarini yorituvchi kitoblarni mutolaa qilish, shuningdek, xizmat vazifasini bajarish, vatan mudofaasini tashkil etish chog’ida yuksak vatanparvarlik namunalarini ko’rsatgan shaxslarning hayoti, iboratli faoliyatiga oid hikoyalarni bayon qilishga alohida e’tibor qaratishlari zarur. Qolaversa, bolalar xonasi devoriga asl vatanparvar bo’lgan shaxsning portretini osib qo’yish ham bolalarga ijobiy ta’sir ko’rsatib, ularni mazkur shaxsdan namuna olishga ruhlantiradi.
Oilaviy suhbatlar farzandlarga vatanparvar shaxsga xos bo’lgan quyidagi sifatlar xususidagi quyidagi ma’lumotlarni bera olishi zarur: Vatanga bo’lgan mehr-muhabbat, unga sadoqat; o’zi mansub bo’lgan millat o’tmishi, urf-odatlari, an’analari, qadriyatlariga sodiqlik; Vatan va millat tarixidan g’ururlanish; yurtning moddiy, shuningdek, millat tomonidan yaratilgan ma’naviy boyliklarini asrash, ularni ko’paytirish borasida g’amxo’rlik qilish; Vatan ravnaqi va millat taraqqiyoti yo’lida mehnat faoliyatini tashkil etish; yurt ozodligi va millat erkiga qilinayotgan har qanday tahdidga qarshi kurashish; Vatan va millat obro’si, sha’ni, or-nomusini himoya qilish; yurt ravnaqi va millat taraqqiyotiga ishonish.
Ota-onalar oiladagi suhbatlar jarayonida odob, axloq, axloqiy me’yor, axloqiy ong, axloqiy munosabat va axloqiy e’tiqod nima ekanligini bolalarga tushuntirib borishlari lozim.
Odob (arab. “adab” so’zi. ko’pligi) – jamiyatda e’tirof etilgan xulq normasi. SHaxs ma’naviy hayotining tashqi jihatini ifodalaydi va o’zgalar bilan munosabat (oila, mehnat jamoasi, turli marosimlar)da namoyon bo’ladi. Odob kishining jamoat orasida o’zini qanday tutishi, odamlar bilan qay yo’sinda muomala qilishi, o’z turmushi, bo’sh vaqtini qanday tashkil etishi, inson tashqi qiyofasi qanday bo’lishi lozimligiga tegishli qoidalar (Masalan: sharm-hayo, kamtarlik, xushmuomalalik, ozodalik singarilar)ni o’z ichiga oladi. Insonning diniy e’tiqodi uning odobli bo’lib kamol topishiga samarali ta’sir ko’rsatadi. Odob ta’lim-tarbiya, amaliy tajriba jarayonida shakllanadi4.
Axloq (lot. “moralis” – xulq-atvor) ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, ijtimoiy munosabatlar va shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan, rioya qilinishi zarur bo’lgan tartib, odob, o’zaro munosabat, muloqot, xulq-atvor qoidalari, mezonlarining majmui sanaladi5.
Axloqiy me’yor – jamiyat tomonidan tan olinib, uning a’zolari tomonidan bajarilishi majburiy-ixtiyoriy bo’lgan, ularning xulq-atvori, muomalasi, yurish-turishi, ijtimoiy borliq va tabiatga munosabatini tartibga solib turadigan qoidalar6.
Axloqiy ong – ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari, milliy istiqlol g’oyasining o’quvchilar ongida aks etishi7.
Axloqiy munosabat – jamiyat tomonidan e’tirof etilgan ijtimoiy me’yorlar, ezgu g’oyalarga tayangan holda shaxsning o’ziga, atrof-muhitga, tabiiy borliqqa bo’lgan ijobiy yondashuvi8
Do'stlaringiz bilan baham: |