"Kecha kim edigu, bugun kim bo’ldik, ertaga qanday marralarni egallashimiz kerak?"


“Kecha kim edigu, bugun kim bo’ldik, ertaga qanday marralarni



Download 279,3 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana17.01.2022
Hajmi279,3 Kb.
#382294
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kim-edigu01

“Kecha kim edigu, bugun kim bo’ldik, ertaga qanday marralarni  

egallashimiz kerak?” 

 

 

Mustaqillik...  Bu  so„z  zamirida  qanchadan-qancha  ajdodlarimizning  asrlar 



davomidagi  orzu  va  armonlari,  kurashlari,  ertangi  kunga  umidlari  mujassam.  Bu 

so‟zni  eshitganimizda  har  birimizning  qalbimizda  o‟zgacha,  qandaydir  ta‟riflab 

bo‟lmas  hislar  uyg‟onadi.  ISHONCH,  dadillik  kabi  tuyg‟ular  jo‟sh  urib  kishiga 

xuddiki qanot bag‟ishlaydi. Nima uchun shunday, bilasizmi? Chunki, siz bilan biz 

dorilomon  zamon  farzandimiz,  shunday  ulug‟  ne‟matga  egamiz.  Mustaqillik 

yillarida, ozod va obod vatanda ulg‟aymoqdamiz. Lekin, aziz tengdoshim hech ota-

onangiz,  bobo-buvilaringizdan  “mustaqillik  nima”,  -  deb  so‟rab  ko‟rganmisiz? 

Ular  bu  savolga  yaxshiroq  javob  berishadi.  Chunki,  ular  bilishadi  ozodlikka 

qanday erishilganini, ular bilishadi “kim edigu, kim bo‟lganimizni”… 

Bundan  chorak  asr  avval  biz  o‟z  ona  tili  davlat  tili  hisoblanmagan, 

maktablaridan boshlab bolalarga haqiqatni yashirib, kerak bo‟lsa tarixni o‟zgartirib 

buyuk  bobokalonlarimiz  nomini  tilga  olmaslikni  o‟rgatadigan,  xalqqa  ma‟rifat 

ulashmoqchi  bo‟lganlarni  “xalq  dushmani”  deb  tilga  olinadigan,  mustaqillikni 

faqat  orzu  qilib,  u  haqdagi  xalq  qo‟shig‟ini  o‟z  ona  tilida  baralla  kuylay 

olmaydigan,  iqtisodi,  faqatgina,  paxta  yetkazib  berish  bo‟lgan  respublika  edik. 

Hamma yerga paxta ekilgan. Cho‟llar o‟zlashtirilgan, yangi-yangi yerlar ochilgan. 

Nima  uchun?  Paxta  ekish  uchun!  Lekin,  yetishtiriladigan  4 000 000  –  5 000 000 

tonna  paxtaning  faqatgina  tozalab,  ozgina  qismini  qayta  ishlaganmiz,  toza  paxta 

esa  arzon  narxda  boshqa  respublikalarga  sotilgan  va  keyin  ular  tomonidan  ishlab 

chiqarilgan kiyim-kechak, tolalar va boshqa paxta mahsulotlarini qimmatgina qilib 

sotib olganmiz.  Biz  faqatgina  og‟ir ishlarni  – paxta  yetishtirish  va  uni  tozalashni 

bajarganmiz, sababi – bizni ikkinchi darajali odamlar dеb hisoblashardi!!! 

Qadrdonim, hozir uyingizda nechta televizor yoki mashinangiz bor? E‟tibor 

berganmisiz dasturxon boshida kattalar doimo “xudoga shukr, dasturxonda hamma 

narsa bor” deyishadi. Fakt:1987-yil holatiga ko‟ra SSSRda bir fuqaro 129 kg non 

yеgan bo„lsa, O‟zSSRda esa bir fuqaro 167 kg non yеgan.Chunki, nondan boshqa 

yеydigan  narsasi  bo„lmagan…  Agar  uyingizga  o‟zingizning  halol  ishlab  topgan 

pulingizga  bittagina  televizor  olib  kelsangiz  ertasiga  o‟zingizni  militsiyada, 

“qayerdan olding shuncha pulni?”,  - deb sizni so‟roq qilayotgan tergovchi oldida 

ko‟rardingiz.  Mashinani  esa  gapirib  o‟tirmasa  ham  bo‟ladi.  Hattoki,  oziq-ovqat 

mahsulotlariga ham navbatda turib ro‟yhat olib, shu ro‟yhat orqali mahsulot sotib 

olinardi.  Sizda  biror  yangi  istiqbolli  g‟oya  bor  bo‟lsa  ham,  aynan,  markazdan 

kelgan,  oxiri  yo‟q  buyruqni  so‟zsiz  bajarishingiz  kerak  edi.  Sizning  fikringiz 

ahamiyatsiz!!!  Markazdan  turib  boshqarish  usuli  tufayli,  oxir-oqibat  respublikalar 

tanazzulga  yuz  tutishi  aniq  edi.  Oxiri  yo‟q  “kommunizm”  jamiyati  hech  qachon 

qurilmasligi,  bu  bir  aldov  ekanligi  ham  kunday  ravshan  bo‟lib  qoldi.  Shu  sababli 

ham,  90-yillar  boshida  ko‟plab  sovet  respublikalari  iqtisodiy  inqirozga  yuz  tuta 

boshladi.  Ana  shundaymurakkab, qaltisva  tahlikali  bir  paytda  butun  mas‟uliyatni, 

millat taqdirini muhtaram prezidentimiz zimmalariga olib, tizimli va izchil ishlarni 

amalga oshirib asriy orzuimiz – MUSTAQILLIKka erishishimizda katta jasorat va 




matonat  ko‟rsatdilar.  Ilk  mustaqillik  yillarida  O‟zbekiston  xuddi  katta  maydonga 

chiqib qolgan yoshgina davlat edi. Shunday vaziyatda mamalakatimizning chеtdan 

bo„lgan  turli  tazyiqlar  va  soxta  va‟dalarga  uchmasdan,  hurmatli  Islom 

Abdug‟aniyevichtomonlaridan  ishlab  chiqilgan  O„zbеkiston  uchun  yagona 

bosqichma-bosqich  rivojlanish  yo„lini  tanlab  olgani  va  uning  naqadar  to„g„ri  yo„l 

ekanligini  bugun  hayotning  o„zi  qayta-qayta  isbotlab  bеrmoqda.  Butun  dunyo 

tomonidan  “O‟ZBEK  MODELI”  tan  olinib  kerak  bo‟lsa,  boshqa  davlatlar 

O‟zbekiston bosib o‟tgan taraqqiyot yo‟lini o‟rganishmoqda. 

Qadrdonim,  agar  raqamlar  bilan  ishlashni  yaxshi  ko‟rsangiz,  shunchaki, 

ushbu tarixan qisqa davrda O‟zbekiston bosib o‟tgan ulkan yo‟l statistikasini ko‟rib 

chiqishingiz  va  erishilgan  yutuqlar,  qilingan  ishlarning  raqamlardagi  ifodasini 

ko‟rishingiz  mumkin.  Lekin,  muhtaram  Prezidentimiz  aytganlaridek: 




Download 279,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish