“Kecha kim edigu, bugun kim bo’ldik, ertaga qanday marralarni
egallashimiz kerak?”
Fazliyev S.A.
Toshkent farmatsevtika instituti, farmatsiya fakulteti,
2-bosqich 6/1-guruh talabasi
Mustaqillik... Bu so„z zamirida qanchadan-qancha ajdodlarimizning asrlar
davomidagi orzu va armonlari, kurashlari, ertangi kunga umidlari mujassam. Bu
so‟zni eshitganimizda har birimizning qalbimizda o‟zgacha, qandaydir ta‟riflab
bo‟lmas hislar uyg‟onadi. ISHONCH, dadillik kabi tuyg‟ular jo‟sh urib kishiga
xuddiki qanot bag‟ishlaydi. Nima uchun shunday, bilasizmi? Chunki, siz bilan biz
dorilomon zamon farzandimiz, shunday ulug‟ ne‟matga egamiz. Mustaqillik
yillarida, ozod va obod vatanda ulg‟aymoqdamiz. Lekin, aziz tengdoshim hech ota-
onangiz, bobo-buvilaringizdan “mustaqillik nima”, - deb so‟rab ko‟rganmisiz?
Ular bu savolga yaxshiroq javob berishadi. Chunki, ular bilishadi ozodlikka
qanday erishilganini, ular bilishadi “kim edigu, kim bo‟lganimizni”…
Bundan chorak asr avval biz o‟z ona tili davlat tili hisoblanmagan,
maktablaridan boshlab bolalarga haqiqatni yashirib, kerak bo‟lsa tarixni o‟zgartirib
buyuk bobokalonlarimiz nomini tilga olmaslikni o‟rgatadigan, xalqqa ma‟rifat
ulashmoqchi bo‟lganlarni “xalq dushmani” deb tilga olinadigan, mustaqillikni
faqat orzu qilib, u haqdagi xalq qo‟shig‟ini o‟z ona tilida baralla kuylay
olmaydigan, iqtisodi, faqatgina, paxta yetkazib berish bo‟lgan respublika edik.
Hamma yerga paxta ekilgan. Cho‟llar o‟zlashtirilgan, yangi-yangi yerlar ochilgan.
Nima uchun? Paxta ekish uchun! Lekin, yetishtiriladigan 4 000 000 – 5 000 000
tonna paxtaning faqatgina tozalab, ozgina qismini qayta ishlaganmiz, toza paxta
esa arzon narxda boshqa respublikalarga sotilgan va keyin ular tomonidan ishlab
chiqarilgan kiyim-kechak, tolalar va boshqa paxta mahsulotlarini qimmatgina qilib
sotib olganmiz. Biz faqatgina og‟ir ishlarni – paxta yetishtirish va uni tozalashni
bajarganmiz, sababi – bizni ikkinchi darajali odamlar dеb hisoblashardi!!!
Qadrdonim, hozir uyingizda nechta televizor yoki mashinangiz bor? E‟tibor
berganmisiz dasturxon boshida kattalar doimo “xudoga shukr, dasturxonda hamma
narsa bor” deyishadi. Fakt:1987-yil holatiga ko‟ra SSSRda bir fuqaro 129 kg non
yеgan bo„lsa, O‟zSSRda esa bir fuqaro 167 kg non yеgan.Chunki, nondan boshqa
yеydigan narsasi bo„lmagan… Agar uyingizga o‟zingizning halol ishlab topgan
pulingizga bittagina televizor olib kelsangiz ertasiga o‟zingizni militsiyada,
“qayerdan olding shuncha pulni?”, - deb sizni so‟roq qilayotgan tergovchi oldida
ko‟rardingiz. Mashinani esa gapirib o‟tirmasa ham bo‟ladi. Hattoki, oziq-ovqat
mahsulotlariga ham navbatda turib ro‟yhat olib, shu ro‟yhat orqali mahsulot sotib
olinardi. Sizda biror yangi istiqbolli g‟oya bor bo‟lsa ham, aynan, markazdan
kelgan, oxiri yo‟q buyruqni so‟zsiz bajarishingiz kerak edi. Sizning fikringiz
ahamiyatsiz!!! Markazdan turib boshqarish usuli tufayli, oxir-oqibat respublikalar
tanazzulga yuz tutishi aniq edi. Oxiri yo‟q “kommunizm” jamiyati hech qachon
qurilmasligi, bu bir aldov ekanligi ham kunday ravshan bo‟lib qoldi. Shu sababli
ham, 90-yillar boshida ko‟plab sovet respublikalari iqtisodiy inqirozga yuz tuta
boshladi. Ana shundaymurakkab, qaltisva tahlikali bir paytda butun mas‟uliyatni,
millat taqdirini muhtaram prezidentimiz zimmalariga olib, tizimli va izchil ishlarni
amalga oshirib asriy orzuimiz – MUSTAQILLIKka erishishimizda katta jasorat va
matonat ko‟rsatdilar. Ilk mustaqillik yillarida O‟zbekiston xuddi katta maydonga
chiqib qolgan yoshgina davlat edi. Shunday vaziyatda mamalakatimizning chеtdan
bo„lgan turli tazyiqlar va soxta va‟dalarga uchmasdan, hurmatli Islom
Abdug‟aniyevichtomonlaridan ishlab chiqilgan O„zbеkiston uchun yagona
bosqichma-bosqich rivojlanish yo„lini tanlab olgani va uning naqadar to„g„ri yo„l
ekanligini bugun hayotning o„zi qayta-qayta isbotlab bеrmoqda. Butun dunyo
tomonidan “O‟ZBEK MODELI” tan olinib kerak bo‟lsa, boshqa davlatlar
O‟zbekiston bosib o‟tgan taraqqiyot yo‟lini o‟rganishmoqda.
Qadrdonim, agar raqamlar bilan ishlashni yaxshi ko‟rsangiz, shunchaki,
ushbu tarixan qisqa davrda O‟zbekiston bosib o‟tgan ulkan yo‟l statistikasini ko‟rib
chiqishingiz va erishilgan yutuqlar, qilingan ishlarning raqamlardagi ifodasini
ko‟rishingiz mumkin. Lekin, muhtaram Prezidentimiz aytganlaridek: