Асосий фондларнинг қийматини баҳолаш технологияси.
Mustaqillikka erishilgunga qadar (O‘zbekistonda O‘zR FK birinchi qismi amaliyotga joriy etilgunga qadar) sobiq Ittifoq respublikalari hududlarida iqtisodiy nazariya va xo‘jalik amaliyotida ko‘chmas mulk obyekti degan ibora o‘rniga asosiy fondlar iborasi qo‘llanilar edi. Asosiy fondlarga ishlab chiqarish va noishlab chiqarish (binolar, inshootlar, turar joylar, mashinalar, mol-hol, asbob-uskunalar, ko‘p yillik ekinlar va h.k.)ga tegishli jismlar kiritilgan bo‘lib, ular o‘z tabiiy hollarida xalq xo‘jaligida bir necha yil xizmat ko‘rsatadilar va butun xizmat muddati mobaynida o‘z iste’mol shakllarini yo‘qotmaydilar. Asosiy fondlar (mashina va uskunalarsiz) - qo‘zg‘almas mulkning bir qismi bo‘lib, ularning tarkibida yer hisobga olinmaganligi bois, bu ibora nisbatan tor ma’noni kasb etadi. Yerning tovar- pul munosabatlaridan chetlashtirilishi «ko‘chmas mulk obyekti» iborasining «asosiy fondlar» iborasi shakliga o‘zgarishiga olib keldi.
O‘zR «Davlat statistikasi haqida»5 va O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) N5 «Asosiy vositalar»6 Qonunlariga asosan O‘zbekistonda asosiy fondlarning yangi klassifikatori (AFAK) ishga solingan. Bu klassifikator barcha mulk turlariga mansub tashkilotlar, korxonalar tomonidan qo‘llaniladi. AFAKda tasniflash obyektlari - bu tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish uchun uzoq muddat davomida ko‘p marotaba yoki doimiy ishlatiladigan asosiy fondlardir.
Asosiy fondlar moddiy va nomoddiy turlarga bo‘linadi. Moddiy fondlarga binolar, inshootlar, mashina va uskunalar, turar joylar, transport vositalari, ko‘p yillik ekinlar, qoramol va h.k.lar kiradi.
Vaqtinchalik inshootlar, moslama va qurilmalar asosiy fondlar bo‘lib hisoblanmaydi, ularning qurilishiga sarflanuvchi xarajatlar kapital qo‘yilmalar tarkibiga kiruvchi qurilish-montaj ishlari tannarxiga kiritiladi. Bu tasnif asosiy fondlarning deyarli barcha shakldagi obyektlarini ta’riflaydi.
Binolar (turar joydan tashqari). Binolar tarkibiga ishlab chiqarish jarayoni uchun sharoit yaratish, ijtimoiy-madaniy xizmat ko‘rsatish, moddiy boyliklarni saqlash uchun xizmat qiluvchi qurilish- arxitektura obyektlari kiradi. Binoning asosiy konstruksiyaviy qismiga poydevor, yuk ko‘taruvchi va to‘siq konstruksiyalar hamda tom kiradi.
Agar binolar bir-biriga tutashib, umumiy devorga ega bo‘l- sa-yu, ammo har biri mustaqil konstruktiv yaxlitlikni tashkil qilsa, ular alohida obyekt deb hisoblanadi. Xo‘jalik ahamiyatiga ega bino tashqarisidagi qo‘shimcha qurilishlar, alohida turuvchi qozonxona binolari hamda hovlidagi qurilishlar (omborxonalar, garajlar, to‘siqlar, devorlar, quduqlar va h.k.) mustaqil obyekt bo‘lib hisoblanadi. Qo‘llanilishi binonikidan o‘zgacha bo‘lgan qo‘shimcha qurilgan xonalar shu binoning tarkibiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |