Кўчмас мулк объектларини баҳолаш ва қайта баҳолаш ҳуқуқий асослари



Download 113,46 Kb.
bet6/8
Sana21.01.2022
Hajmi113,46 Kb.
#396290
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
maruza

1.1-rasm. Baholash jarayonining subyektlari1.

Hokimiyat organlari tizimni shakllantirishda, talablarni bel- gilashda, baholash jarayonini tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratishda, normativ-huquqiy aktlar va ularning ijro organlari tomonidan amaliyotga joriy qilinishida va baholovchilarning faoliyatini nazorat qilishda ishtirok etadi.

Hokimiyat organlarining normativ-huquqaiy aktivini ba­holash jarayonini qat’iy tartibga bog‘lanib qolishidan saqlash va real iqtisodiy hayotga imkon qadar yaqinlashtirish maqsadida baholovchilarning o‘zlari ushbu jarayonda faol ishtirok etishining maqsadga muvofiq ekanligi nazarda tutiladi.

Baholash ishini tashkil etishda baholash haqida shartnoma asos bo‘lgan hollarda O‘zbekiston Respublikasining «Baholash faoliyati haqida»gi (1999-yil 19-avgust) Qonuni, fuqarolik qonunlari talablari tomonlar ixtiyoriga havola etiladi. Qonunga binoan shartnomada buyurtmachi va baholovchi jismoniy va yuridik shaxslar bo‘lishi mumkin. Buyurtmachi, baholovchidan farqli o‘laroq, individual xususiy tadbirkor bo‘lmagan jismoniy shaxs ham bo‘lishi mumkin. Har ikki tomon orasida ma’lum bir obyektni baholash haqida shartnoma rasmiylashtiriladi yoki uzoq muddatga bir qator obyektlarni baholash haqida buyurtmachining arizasiga asoslaniladi.

Ta’kidlash joizki, «baholovchi» atamasi ikki ma’noda qo‘llaniladi: birinchidan, baholovchi - baholash jarayonini amalga oshiruvchi firma; ikkinchidan, baholovchi - baholash jarayonini amalga oshiruvchi professional jismoniy shaxs.

Shu tariqa baholash jarayonini amalga oshiruvchilar bu borada umumiy qobiliyatga va huquqqa ega bo‘lgan, uning ustavi bilan tanish bo‘lgan individual tadbirkorlar, yuridik shaxslar bo‘lishi mumkin.






1.2-
rasm. Baholash obyektlari1.

Tashkilotning mulkiy majmua tarkibiga uning maqsadlari yo‘lida xizmat qiladigan, xo‘jalik ishlarini yuritish uchun zarur bo‘lgan, foyda olishga xizmat qiladigan mulkning barcha turlari, shu bilan birga, ko‘chmas mulk (yer maydoni, bino, inshootlar), mashinalar, asbob-uskunalar, boshqa transport vositalari, inventarlar, xomashyo, mahsulot, mulkiy majburiyatlar, qimmatbaho qog‘ozlar, nomaterial aktivlar, intellektual xususiy mulk obyektlari, firmaning nomi, xizmat belgilari, patentlar, litsenziyalar, yangiliklar, tovar belgilari kiradi. Shuning uchun mulkni baholashda baholovchi tashkilotni uning xususiy kapitali qiymatini aniqlagan holda, umumiy tarzda va mulkiy majmuaning ayrim qismlarini (aktivlar va vazifalarni) alohida baholaydi.

Mulkni baholashda tashkilot yuridik shaxs bo‘lgan holda bir vaqtning o‘zida xo‘jalik subyekti bo‘lishi ham mumkinligini hisobga olish lozim. Shuning uchun obyektni baholash jarayonida ma’lum yuridik huquqlarning mavjudligini ham nazarda tutish lozim. Bu mulkning baholash obyekti sifatidagi o‘ziga xos jihatini namoyish etadi. Baholanayotgan mulkning o‘ziga xos tomonlaridan yana biri shundan iboratki, baholovchi baholanayotgan obyektning mulkiy kompleksi (moddiy-buyum)ning qiymatini ham, tashkiliy va rivojlanish samaradorligini (tashkilotning moliyasi, boshqarish tizimi va h.k.) ham aniqlashi lozim.

Baholovchi tomonidan hisoblab chiqilgan daromad va xarajatlarning barchasi bozor narxining asosiy qiymatini tashkil etadi. Biznes faoliyatning aniq turi sifatida bozor iqtisodi sharoitida tashkilotning tashkiliy shakli sifatida mulkdorning sarflagan resurslarini ko‘plab, daromad olishdagi ehtiyojlarini qondiradi.

O‘zbekiston Respublikasida baholash xizmatlari sohasiga oid zarur huquqiy baza shakllantirilgan va ularning faol rivojlanishi uchun iqtisodiy sharoitlar yaratilgan. O‘zbekiston Respublikasida baholash faoliyati oxirgi yillarda sezilarli darajada aniq va ahamiyatli natijalarga erishdi. Shu bilan birga, ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlar o‘zgarishsiz bo‘lmaydi, baholash faoliyati, mutaxassislik faoliyatining turi sifatida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning joriy talablariga javob berishi lozim. Milliy amaliyotimizning joriy va bo‘lg‘usi holati tahlili ko‘rsatishicha, yaqin yillar baholash faoliyatining sifati yanada ortishi bilan tavsiflanishi kerak.



  1. Download 113,46 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish