«Hamma ish saranjom qilindi: dabdalasi
chiqib ketgan jasad keltirildi, ko‘kragidan o‘q
ham chiqarib olindi. Uning baxtsiz hodisa qur-
boni ekaniga hamma ishondi; faqat komendant,
ikki o‘rtangizdagi mojarodan xabari bo‘lsa ke-
rak, boshini chayqab qo‘ydi, ammo hech narsa
demadi. Sizga qarshi birorta isbot dalolat yo‘q,
bemalol yotib uxlayverasiz... agar uxlay olsan-
giz... Xayr...»
Ikkinchi xatni anchagacha ochishga jur’at
etolmay turdim... Vera menga nimalarni yozi-
Zamonamiz qahramoni
213
shi mumkin? Yuragimni allaqanday og‘ir bir
his eza boshladi.
Mana, har bir so‘zi abadiy esimda qolgan xat
quyidagicha mazmunda edi:
«Ushbu xatni ortiq sira ko‘rishmasligimizga
qat’iy ishonganim holda yozmoqdaman, bundan
bir necha yil ilgari sen bilan ayrilish vaqtida ham
xuddi shunday deb o‘ylagan edim; biroq Tang-
ri meni yana bir karra sinab ko‘rmoqchi bo‘ldi;
men bu sinovga bardosh berolmadim, mening
ojiz qalbim tanish ovozga yana qul bo‘ldi... bu-
ning uchun sen mendan nafratlanmaysan-a,
to‘g‘rimi? Ushbu xatim ham mening sen bilan
vidolashuv va tavba-tazarruyim bo‘ladi: qalbim
senga muhabbat qo‘ygandan beri unda to‘lib
qolgan hamma dardlarni senga izhor etishga
majburman. Men seni hech bir ayblamayman:
sen qilgan muomalangni har bir erkak ham
qilardi: sen meni o‘zingning xususiy mulking
qatorida, biri ketidan biri kelib turuvchi shodlik,
tashvish va g‘am-g‘ussalarning manbayi qato-
rida yaxshi ko‘rarding, axir, bular bo‘lmasa ha-
yot ham bo‘lmaydi, kishini zeriktirib yuboradi.
Men buni boshda bilgan, sezgan edim... Ammo
sen baxtsiz eding, shuning uchun axir bir kun fi-
dokorligimni bilarsan, qadriga yetarsan va hech
qanday sharoitga bog‘liq bo‘lmay senga qilgan
samimiy dildorligimni anglarsan deb, o‘zim-
ni senga fido etgan edim. O‘shandan beri ko‘p
vaqt lar o‘tdi: men sening ko‘ngil sirlaringga osh-
no bo‘ldim... Qarasam, behuda umid bog‘lagan
ekanman. Menga juda alam qildi! Biroq, senga
bo‘lgan muhabbatim jonim bilan birlashib ket-
gan edi, sevgim qoraydi-yu, ammo so‘nmadi!
Mixail Lermontov
214
Endi abadiy ko‘rishmaymiz; ammo amin
bo‘lki, sendan boshqa hech kimsani sevmay-
man, qalbim o‘zining butun xazinasini, hamma
ko‘z yoshi va umidlarini senga sarf qilib bitir-
di. Senga bir marta ko‘ngil qo‘ygan xotin bosh-
qa erkaklarga nafratsiz qaray olmaydi, sening
ularga nisbatan yaxshiroq bo‘lganliging uchun
emas, yo‘q! Ammo sening mijozingda faqat se-
ning o‘zinggagina xos, o‘zinggagina yarashgan,
sirli va masrur bir xosiyat bor; qanday so‘z ga-
pirma, ovozingda yengib bo‘lmaydigan bir kuch
bor; hech kimsa sendek doim sevilishni orzu
qilolmaydi; hech kimsaning g‘azabi senikidek
jozibali bo‘lolmaydi; hech kimsaning ko‘zlari se-
nikidek orom va lazzat berolmaydi; o‘z imtiyoz-
laridan sendek yaxshi foydalanuvchi kishi topil-
maydi; haqiqatan ham sen kabi baxtsiz odam
yo‘q dunyoda, chunki hech kimsa o‘zini sencha-
lik baxtli qilib ko‘rsata olmaydi.
Endi senga, nima uchun to‘satdan jo‘nab
ketishimning sababini aytay; bu sabab sen-
ga ahamiyatsiz ko‘rinar, chunki buning yolg‘iz
Do'stlaringiz bilan baham: |