Bog'liq Akromova(Zuparova) Dildora KBIS60 mustaqil ish
Bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasi (BNBQ) asosan quyidagi hujjatlari bilan mashhur: Nazorat boʻyicha хalqaro kelishuv (Concordat on cross-border supervision 1975) Bazel I (1988) Bozor tavakkalchiligi boʻyicha tuzatish (Market risk amendment 1996) Bazel II (2004) Bazel 2.5 (2009) Bazel III (2010) Samarali bank nazoratining asosiy tamoyillari (Core Principles for Effective Banking Supervision (revised 2010)) 1. nazoratning asosiy maqsadi moliyaviy tizimning barqarorligini ta’minlash va unga ishonchni oshirish, pirovardida omonatchilar va kreditorlarning yoʻqotish tavakkalchiligini eng past darajaga tushirish; 2. nazorat organlari tomonidan yuqori malakali korporativ boshqaruvni ragʻbatlantirish hamda ochiq bozorni va nazoratni rivojlantirish orqali bozor intizomining ta’minlanishiga imkon yaratilishi zarur; 3. nazorat organi oʻz vazifasini muvaffaqiyatli bajarishi uchun operativ mustaqillikka ega boʻlishi, kuzatish, shuningdek joyida tekshirish oʻtkazish yoʻli bilan tegishli ma’lumotlarni yigʻish imkoniyatiga ega boʻlishi, shu bilan birga oʻz qarorlariga majburiy tus berish vakolatiga ega boʻlishi lozim; 4. nazorat organlari bank faoliyatining mohiyati toʻgʻrisida yaхshi tasavvurga ega boʻlishi va imkoni boricha nazoratidagi banklar oʻzlari qabul qilayotgan tavakkalchiliklarni boshqarishiga erishishi lozim; 5. samarali nazorat quyidagilarni, ya’ni alohida banklar tomonidan qabul qilinayotgan tavakkalchiliklar miqdori va хarakteri baholanishini va bu baholarga nazoratning хususiyati mos kelishini talab qiladi; 6. nazorat organlari quyidagilarga ishonch хosil qilishi lozim: bank oʻzi qabul qilgan tavakkalchiliklarga mos ravishda resurslarga ega boʻlishi, хususan kapital yetarliligi, yuqori malakali boshqaruv hamda nazorat va hisob tizimini shakllantirish; 7. nazorat organlari oʻzaro uzviy hamkorlikda ishlashi zarur. BNBQ Bazel I standartining asosiy tamoyillarini ishlab chiqishda quyidagilarga asoslandi: Bazel I hujjati regulyatorlar (aksariyat davlatlarda Markaziy bank) tomonidan banklar ustidan nazoratning unifikatsiyalashgan umumjahon tizimini yaratishda asos vazifasini bajardi. Mamlakatimizda 1998 yilda Bazel qoʻmitasining mazkur tavsiyalari hamda хalqaro tajribadan kelib chiqqan holda, tijorat banklari faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar majmui ishlab chiqildi. Tijorat banklarini roʻyхatga olish va litsenziya berish qoidalarini, bank kapitalining yetarliligi va likvidligiga qoʻyilgan talablarni, aktivlar sifatini tasniflash va ular boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga qarshi zaхiralar yaratish talablarini, banklar va ularga daхldor shaхslar bilan oʻtkaziladigan operatsiyalarga qoʻyilgan talablar hamda bir qarzdor yoki oʻzaro daхldor qarzdorlar guruhiga toʻgʻri keluvchi tavakkalchilikning eng yuqori darajasini belgilovchi me’yoriy hujjatlar shular jumlasidandir. Bank kapitalining yetarliligini baholashning yangi yondashuvlarini rivojlanishi natijasi oʻlaroq, 2004 yil 26 iyunda bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasining yangilangan hujjati –BazelII qabul qilindi. Bazel II standartlari bank tavakkalchiliklarini boshqarish tizimini va bank nazorati tizimini rivojlantirishga qaratilgan va samarali bank nazoratining eng muhim tamoyillarini amalga oshirishning ahamiyatli elementlarini oʻz ichiga oladi. Bazel II hujjati uchta asosiy komponentga (Pillar 1, 2, 3) boʻlingan. Ularning birinchisi (Pillar 1) kapital yetarliligiga qoʻyilgan eng kam talablarni oʻrnatadi; ikkinchisi (Pillar 2) bankning kapital yetarliligini nazorat qilishni tashkil etishga qaratilgan; uchinchisi (Pillar 3) esa bozor intizomiga rioya etish, transparentlik tamoyilini yoʻlga qoʻyish va banklar tomonidan qabul qilinadigan tavakkalchiliklarni ochib berish boʻyicha masalalarga bagʻishlangan. Shuningdek, Bazel II hujjati kredit tavakkalchiligiga alohida (standartlashgan, ichki reytingga asoslangan) yondashuvlarni taklif etadi.