Bog'liq Akromova(Zuparova) Dildora KBIS60 mustaqil ish
Jahon hamjamiyatida Bazel II standartlari 2006 yil dekabr oyida rasmiy kuchga kirdi. Bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasi 2007-2008 yillardagi jahon moliyaviy inqirozidan olingan saboqlar natijasida dastlab 2009 yil dekabr oyida “Bank sektorini barqarorligini oshirish” maslahat hujjatini (Consultative document), keyinchalik, aniqrogʻi 2010 yil dekabrda Bazel III: Likvidlilik tavakkalchiligini hisoblash, mezonlar va monitoring boʻyicha хalqaro standartlarni(Basel III: International framework for liquidity risk measurement, standards and monitoring) va Bazel III: Yanada barqaror banklar va bank tizimini tartibga solishning global standartlarini (Basel III: A global regulatory framework for more resilient banks and banking systems) chop etdi. BNBQga koʻra, Bazel III standartlarining ikkita asosiy maqsadi mavjud: yanada barqaror bank tizimini shakllantirish maqsadida bank kapitali va likvidligini boshqarish boʻyicha хalqaro me’yorlarni takomillashtirish; bank sektorining moliyaviy va iqtisodiy inqirozlar oqibatlarini bartaraf etish qobiliyatini yaхshilash, pirovardida bunday muammolarni iqtisodiyotning moliyaviy sektoridan real sektoriga oʻtish tavakkalchiligini kamaytirish Bazel III standartlari 2019 yilgacha bosqichma-bosqich joriy qilinishi belgilangan (1-diagramma). Mamlakatimizda bank tizimini tartibga solish va nazorat qilishni хalqaro tan olingan andozalarga mos ravishda takomillashtirish maqsadida doimiy ishlar olib borilmoqda. Oʻzbekiston bank tizimida kapitalning yetarlilik darajasi tavakkalchilikni hisobga olgan holda hisoblangan aktivlarning 23,7 foizini tashkil etmoqda. Bu bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasi tomonidan belgilangan standart koʻrsatkichidan qariyb 3 baravar koʻpdir. Davlat rahbarining 2010 yil 26 noyabrdagi “2011-2015 yillarda Respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori хalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi PQ-1438-son Qarori qabul qilinib, unda moliya-bank faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish, shuningdek, Bazel qoʻmitasi tomonidan belgilangan хalqaro standartlar talablariga muvofiq tijorat banklarini yanada kapitallashtirish va likvidligini oshirish, respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori хalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishish ustuvor yoʻnalishlar etib belgilandi. Bugungi kunda mamlakatimizning barcha tijorat banklari “Fitch Reytings”, “Mudis” va “Standart end Purs” kabi yetakchi хalqaro reyting agentliklarining “barqaror” baholariga ega. Ta’kidlash joizki, respublikamizning yetakchi banklari – Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Asaka bank”, “Ipoteka-bank”, “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Agrobank” va “Ipak yoʻli” banki bir yoʻla ikkita yetakchi хalqaro reyting agentliklarining “barqaror” reyting baholarini olgan. Yurtimizda bank nazorati samarali yoʻlga qoʻyilganligining хalqaro hamjamiyat tomonidan ham tan olinishi mamlakat bank tizimiga boʻlgan ishonchni oshirishning asosiy omillaridan biridir. Prezidentning 2015 yil 6 maydagi PQ-2344-son Qarori doirasida Markaziy bankning ayrim nizomlariga oʻzgartirishlar kiritildi, ayrimlari esa tubdan qayta koʻrib chiqilib, yangi tahriri qabul qilindi. Jumladan quyidagi me’yoriy hujjatlar qayta koʻrib chiqilib, Bazel qoʻmitasi talablari asosida qayta qabul qilindi: Markaziy bank tomonidan “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida”gi Nizom ishlab chiqilib, Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 6 iyulda 2693-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan. Markaziy bankning ushbu Nizomi Bazel qoʻmitasining yangi tavsiyalariga bosqichma-bosqich oʻtishni nazarda tutadi. Xususan, bankning I darajali kapitali (T1 –Tier 1) ikki qismga, ya’ni I darajali asosiy kapital (CET1 –Common Equity Tier 1) va I darajali qoʻshimcha kapitalga (AT1 –Additional Tier 1) boʻlindi. I darajali asosiy kapital (CET1) regulyativ kapitalning (TC – Total capital) 60 foizidan kam boʻlmasligi hamda I darajali kapital (T1) regulyativ kapitalning (TC) 75 foizini yoki undan koʻpini tashkil etishi kerakligi belgilangan.