1
KAZUSLAR:
1. Siyosiy partiyadan kuzatuvchi bo`lgan Tursunov saylovga tayyorgarlik
ishlarining borishini kuzatish uchun Jizzax viloyati saylov okrugida joylashgan
G`allaorol tumanidagi 440-saylov uchastkasiga tashrif buyurdi.
Ushbu uchastka saylov komissiyasi raisi kuzatuvchidan hujjatlarni
ko`rsatishni so`radi. Tursunov o`zining fuqarolik pasporti va mandatini ko`rsatdi.
Shu yerdagi komissiya a`zosi bo`lgan Olimov Tursunov bloger ekanligidan
xabardorligi sababli, raisga u siyosiy partiya a`zosi emasligini, bloger ekanligini
ma`lum qildi.
Shu bois, rais Tursunovdan partiyaga a`zolik guvohnomasini ko`rsatishini
talab qildi. U XDP sidan kuzatuvchi ekanligini, biroq partiyaga a`zo emasligini
bildirdi. Keyin rais qonunga ko`ra faqat partiya a`zosi bo`lgan shaxs kuzatuvchilik
maqomini olishi mumkinligini aytib, Tursunovni darhol saylov uchastkasini tark
etishini talab qildi. Tursunov uchastka saylov komissiyasi harakatlaridan (OSK)
okrug saylov komissiyasiga shikoyat qilishi aytib, uchastkani tark etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |