III)Predikatga qarama-qarshi qo‘yish (lot. contrapositio) bevosita xulosachiqarishning mantiqiy usullaridan biri bo‘lib, bu usul qo‘llanilganda berilgan mulohaza avval aylantiriladi, so‘ngra almashtiriladi. Natijada xosil qilingan mulohazaning subyekti asos mulohaza predikatiga zid, predikati esa uning subyektiga mos bo‘ladi. Predikatga qarama-qarshi qo‘yishda A-E ga, E-I ga, 0-I ga o‘zgaradi.1
Ikkinchi muammoga to’xtaladigan bo’lsak Induksiya lotincha “induction”-yagona asosga keltirish ma’nosini beradi. Induktiv xulosa chiqarish empirik umumlashtirish shaklida sodir bo‘lib, unda birorta belgining ma`lum bir sinfga mansub predmetlarda takrorlanishini kuzatish asosida, shu belgining mazkur sinfga tegishli barcha predmetlarga xosligi haqida xulosa qilinadi. Induksiya asosida chiqarilgan xulosalar ilmiy bilishda o‘rnatilgan turli empirik qonuniyatlar, yaratilgan umumlashmalar tarzida o‘z aksini topadi, predmet va xodisalar xaqidagi bilimlarimizni kengaytirishiga olib keladi.
Induktiv xulosa chiqarish bilvosita xulosa chiqarish xisoblanadi, ya`ni uning asoslari ikkita va undan ortiq mulohazalardan tashkil topgan bo‘ladi. Ular, odatda, yakka predmet yoki predmetlar sinfining bir qismini ifoda qiladilar. Xulosada esa, bir mantiqiy sinfga mansub predmetlarning barchasiga nisbatan umumiy hukm tarzidagi fikr xosil qilinadi. Demak, induktiv xulosa chiqarishda yakkalik, juz`iylik va umumiylikning dialektik aloqasini kuzatamiz. Ayrim faktlarni ifodalaydigan, juz`iy xarakterga ega bo‘lgan bilimlar umumiy bilimlarni xosil qilish uchun mantiqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Takrorlanib turuvchi turg‘un aloqalar, odatda, predmetlarning muxim zaruriy aloqalaridan iborat bo‘lgani uchun, bu umumiy bilimlar qonuniyatlarni ifoda qiladilar. Asoslardagi yakka va juz`iy faktlar xaqidagi bilimlar esa ana shu qonuniyatlarning namoyon bo‘lishini qayd etadilar.
Induktiv xulosa chiqarish kuzatish va tajriba natijalarini umumlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgani uchun, ular xaqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Kuzatish predmet va hodisalarni o‘rganishning eng oddiy, ko‘p hollarda qo‘llash mumkin bo‘lgan usulidir. Unda subyekt kuzatilayotgan hodisaga bevosita ta`sir o‘tkazmasdan, uni tabiiy xolatida, bog‘lanshlarida o‘rganadi. Bunda subyekt o‘z sezgi organlari, tadqiqotlar olib boriladigan asbob-uskunalar (masalan, mikroskop, tunda ko‘rish asbobi va shu kabilar) bilan ish ko‘radi. Tabiiyki kuzatish pala-partish, holda emas, balki izchil, ko‘pincha avvaldan tuzilgan reja (masalan, tadqiqot rejasi) asosida o‘tkaziladi. Masalan, korxona rahbari uning turli bo‘g‘inlarida, bo‘limlarida ishlayotgan mas`ul xodimlarning, ishchilarning ishini sistemali ravishda, muntazam kuzatib boradi, induksiya asosida ma`lum bir xulosalarga keladi. Bu xulosalar boshqaruv strukturasi, kadrlar masalasiga ma`lum bir o‘zgartirishlar kiritish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Induktiv xulosa chiqarish ikki turga bo’linadi:
Toʻliq induksiya;
Toʻliqsiz induksiyadir.
Toʻliq induksiyada xulosa bir turkum predmet va hodisalarning hammasini birma-bir oʻrganish asosida nisbatan yangi bilim hosil qilinadi. Bunday xulosa chiqarish uchun predmet va hodisalarning birorta oʻxshash, umumiy xususiyati boʻlishi kerak. Har bir predmetning xususiyati haqidagi fikr asoslarda yakka hukmlar orqali ifodalanadi. Xulosa odatda umumiy hukm orqali beriladi, unda biror xususiyatning bir turkum predmetlarning hammasiga xosligi yoki xos emasligi haqidagi fikr ifodalanadi. Toʻliq induksiyaning shu asoslari va xulosasi aniq, ehtimoldan xoli boʻlgani uchun fikr qatʼiy hukmlar orqali beriladi. Toʻliq induksiya boʻyicha xulosa chiqarish uchun oʻrganilayotgan predmetlar va hodisalar nisbatan kamroq boʻlib, ularni birma-bir oʻrganish imkoniyati boʻlishi lozim.2
Masalan:
A1 predmet V xususiyatiga ega.
A2 predmet V xususiyatiga ega.
Demak, A3 dan to An gacha boʻlgan predmetlarga ham V xususiyat xos.
Toʻliqsiz induksiyada bir turkum predmetlarning bir qanchasini oʻrganish asosida olingan bilimlarga tayanib biror xususiyat shu turkumdagi predmetlarning hammasiga xosligi haqida xulosa chiqariladi. Bunda xulosa kuzatilgan va kuzatilmagan predmet va hodisalarga aloqador boʻladi. Toʻliqsiz induksiyaning xulosasi ehtimoliy xarakterga ega boʻladi. Oʻrganilayotgan xususiyat bir turkum predmetlarning qolganlariga xos yoki xos emasligi noaniq qoladi.
Masalan:
A1 predmet V xususiyatiga ega.
A2 predmet V xususiyatiga ega.
Demak, Ak+1 va boshqa A turkum predmetlariga ham V xususiyat xos boʻlsa kerak.
Toʻliqsiz induksiyaning oddiy sanash orqali turida bir turkum predmetlarning bir qanchasida biror xususiyat takrorlanishini oʻrganish orqali qolganlari haqida xulosa chiqariladi. Bu yerda xulosa chin boʻlishi uchun xususiyat koʻproq predmetlarga xos boʻlishi, xususiyat predmetlar uchun muhim boʻlishi, umumiy holatga zid keladigan hollar boʻlmasligi kerak. Oddiy sanash orqali induksiya xulosalari ilmiy xarakterga ega boʻlmasa ham, takrorlanib turadigan holatlardan xulosa chiqarish uchun ahamiyatlidir. Misol uchun, “Hamma metallar qizdirilganda kengayadi”.3
Ilmiy induksiyada esa xulosa chiqarish uchun hodisalar oʻrtasidagi sababiy bogʻlanish asos qilib olinadi. Ilmiy induksiyada xulosa hodisalarning muhim xususiyatlarining takrorlanishini oʻrganish natijasida hosil boʻladi. Sababiy bogʻlanish hodisalar oʻrtasidagi bogʻlanishlarning eng muhimidir. U predmet va hodisalarni asoslab beradigan qonuniyatlarni yechishga imkoniyat yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |