Kaykovus va uning "Qobusnoma" asari Amir Unsurulmaoliy Kaykovus Kaspiy dengizining janubiy qirg‘og‘idagi gilon qabilasiga mansub bo‘lib, u hijriy 412-yilda, milodiy 1021-1022-yilda o'rtahol feodal oilasida tug'ildi


Yurt taqdiri, ravnaqi yoshlar ta’lim-tarbiyasiga chambarchas bog‘liq. Ularning har tomonlama barkamol



Download 31,68 Kb.
bet3/3
Sana21.07.2022
Hajmi31,68 Kb.
#834244
1   2   3
Bog'liq
qobusnoma

Yurt taqdiri, ravnaqi yoshlar ta’lim-tarbiyasiga chambarchas bog‘liq. Ularning har tomonlama barkamol
bo‘lib yetishishi mamlakat kelajagining barqarorligini ta’minlovchi asosiy omildir.
Turli madaniyatlar va mafkuralar kurashi ketayotgan bugungi vaqtda mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan,
endigina oqni qoradan ajrata boshlagan farzandlarimiz o‘zligini to‘liq idrok etib olishiga, o‘z to‘g‘ri yo‘llariga
tushib olishlarida, asosan katta yoshdagi yoshi ulug‘ insonlarning hayotiy tajribasi juda qo‘l keladi.
Shoh Kaykovusning “Qobusnoma” asarida tarbiya, axloq masalalari asosiy o‘rinni egallaydi. Kitob 44 bobdan iborat. Muallif “Ota-onani hurmatlash haqida” bobida g‘oyat muhim bir fikrni bayon qiladi, bu o‘rinda xalqimizning “Nima eksang, shuni o‘rasan” degan mashhur bir maqolini ishlatadi. Unga ko‘ra kishi odamlarga yaxshilik qilsa, kattalarga hurmat, kichiklarga muruvvat qilsa, uning bu ezgu ishlari boshqalardan qaytadi, mabodo yomonlik, dilozorlik qilsa ham qilmishlari boshqalardan albatta o‘ziga qaytadi.
Ma’naviy tarbiyaning katta qismi ma’naviy qadriyatlar, jumladan, ajdodlarimiz pand-nasihat, o‘gitlaridan olinadi. Bu pand-nasihat va o‘gitlar esa ulardan bizga qoldirilgan kitoblardagi bitiklarda o‘z aksini topgan. Haqiqiy o‘qimishli kitobxon esa ma’nan ozuqa bo‘lib mazmunan uning ma’naviyatini yuksaltirishga qodir kitobni boshqalaridan osongina ajrata oladi. Ana shu mazmundagi kitoblarni o‘qish esa go‘yo fozilu olimlar suhbatidan bahramand bo‘lish bilan tengdir. Jumladan, shunday mazmundagi kitoblar sirasiga Kaykovusning “Qobusnoma” asarini kiritish mumkin. Afsus bugun ko‘p yoshlarimiz bu kitob mazmunidan bexabar qolmoqdalarki, bu aynan ayrim yoshlarning “ommaviy madaniyat”ga ko‘r-ko‘rona, bilib-bilmay, tushunib-tushunmay ergashayotganlarida bilinmoqda desak, ayni haqiqatni gapirgan bo‘lamiz.
Kaykovus yana ushbu bobda o‘g‘liga nasihat qilib deydi: “… o‘z farzanding seni hurmat qilishini istasang, sen ham ota-onangni hurmatini joyiga qo‘y, zero, sen ularga qanday munosabatda bo‘lsang, xuddi shunday o‘zingga qaytgay”. U bu bilan ota-onaning ko‘nglini ranjitmaslikka, ularni hurmatini qilib, shirinso‘z bilan xushmuomala bo‘lishga undaydi.
Kaykovus o‘z asarida tarbiyaga alohida e’tiborni qaratar ekan, tarbiyani inson aqlini va shaxsiy hayotni shakllantiruvchi omillardan deb biladi. Bunda inson ruhiyatini yuksaklarga ko‘tarishni ilgari suradi, salbiy illatlarning sabablarini izlaydi. Xususan, insonni tarbiyalashda hayotda tarbiyaning ta’sir o‘rni yuqori ekanligini e’tirof etishni burch deb biladi. Uning fikricha, yoshlarga tarbiya berishdan maqsad ularni nafaqat bugun, balki kelajak uchun ham yaroqli shaxslar qilib yetishtirishdir. Shuning uchun muallif asarda yoshlarning xulq-atvoriga, fe’liga alohida e’tibor beradi. Shuningdek do‘stu dushmanga ham qanday munosabatda bo‘lish kabi masalalarni ham yoritgan. Bola boshidan deyilganidek, farzandni tug‘ilgandan tarbiyalash, odob-axloq me’yorlarini o‘rgatish, ilmu hunarli qilish, bolaning mehnatga bo‘lgan ko‘nikmasini hosil qilish zarurligini, aks holda “kechikkan” tarbiyaning hech bir ta’siri bo‘lmay, zarur samarani bermasligini aytib o‘tgan. “Qobusnoma”da yoshlikda bor kuch-quvvatni bilim olish, kasb-hunar o‘rganishga sarflash ayni muddao ekanligi ta’kidlangan.
«Qobusnoma» asariga davr va shart-sharoitlar, siyosiy qarashlar ta'sirida qay darajada soya tashlanmasin, bu asar mashhur hind asari «Kalila va Dimna», Nizomulmulkning «Siyosatnoma», Nosir Xisravning «Saodatnoma», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig», Mahmud Koshg’ariyning «Devonu lug’atit-turk», Sa'diyning «Guliston», Ahmad Yugnakiyning «Hibbat ul-haqoyiq», Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub», Voiz Koshifiyning «Axloqi Muhsiniy», Davoniyning«Axloqi Jaloliy» kabi axloqiy-talimiy asarlari bilan bir qatorda Sharq pedagogik fikr taraqqiyotida inson kamolotini shakllantirishda muhim o’rinni egallaydi. Unda Sharq pandnomalaridagi an'anaga binoan va X asrda paydo bo’lgan yoshlar jamoasi juvonmardlik tarbiyasi ifodalandi, Muallif juvonmardlik haqida eng oxirgi bobda so’z yuritadi. U odamlarning xislatlarini uch xilga bo’ladi: biri aql, biri rostlik va yana biri juvonmardlikdir. Juvonmardlikni asosini Kaykovus uch narsada deb biladi. Birinchisi, aytgan so’zning ustidan chiqish, ya'ni rostlik; ikkinchisi rostlikka xilof qilmaslik; uchinchisi, xayr ishini ilgari tutish. 
Adabiyotlar:

  1. Kaykovus. “Qobusnoma”. T., 1986.

  2. Qudratov T. Nutq madaniyati masalari. T., 1993.

  3. Qilichev E., Qilichev B. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. Buxoro, 2002.

  4. www.ziyonet.uz

Download 31,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish