Kavsharlash



Download 16,65 Kb.
Sana19.05.2022
Hajmi16,65 Kb.
#604743
Bog'liq
kavsharlash


Kavsharlash — qattiq materiallar (poʻlat, choʻyan, shisha, sopol va b.) ni eritilgan kavshar bilan biriktirish. K. jarayonida erigan kavshar buyumning qismlari orasidagi oraliqni (tirqishni) toʻldiradi va soviganda qotib tutash kavsharlangan chok hosil boʻladi. Payvandlashyaan farqi K.da kavshar bilan biriktiriladigan buyumning qirralari eritilmaydi. Kavsharlanadigan sirtlar kir va zangdan yaxshilab tozalanadi, tozalangan joyga flyus surkaladi. Flyus sifatida rux xlorid, alyuminiy xlorid, kanifol, borat kislota, bura va b. ishlatiladi. Baʼzan, biriktirishni yengillashtirish uchun K.dan oldin kavsharlanadigan joy qalaylanadi (oqartiriladi). Metallmas materiallarni K.da, oldin ularning sirtlari maxsus moddalar bilan metallanib, soʻngra kimyoviy faol metallar (mas., titan, sirkoniy, xrom) dan iborat boʻlgan kavsharlar bilan yoki odatdagi kavsharlar bilan biriktiriladi. Materiallar kavsharlar bilan birga elektr pechlarda, kavsharlagichlar, gaz gorelkalari, infraqizil hamda lazer nurlari va b. yordamida qizdiriladi. Kavsharlagich bilan K.da avval kavsharlagich kavsharlash lampasi yoki elektr toki bilan qizdiriladi. Kavsharlagich ning qizigan uchi kavsharga tekkazilsa, kavshar erib, kavsharlagichga yopishib chiqadi, uchokka surkaladi. Suyuq kavshar chokni toʻldiradi va tez qotadi. Kavsharlagich bilan ishlash unumsiz boʻlgani uchun sanoatda avtomatlashtirilgan K. mashinalari qoʻllaniladi. Vaznsizlik holatida K.ning istiqboli katta. K. avtomobilsozlik, asbobsozlik, elektronika, radiotexnika va b.da qoʻllaniladi
Kavsharlash asosida elektromontaj ishlarini bajarish usullari
kavsharlash uchun asosiy asbob kavsharlagich hisoblanadi. elektr 
kavsharlagich ish paytida doim bir xil temperaturani ushlab turadi. U sim, 
vilka, qizdiruvchi element, termoizolator va elektroizolator, po‘lat quvur-
cha, misdan tayyorlangan element va tutqichdan iborat (77-rasm, a).
Komplektga, odatda, ikkita misli element qo‘yiladi: to‘g‘ri va egrisimon. 
Birinchisi elektrosxemalarni kavsharlash uchun mo‘ljallangan, ikkin chisi esa 
sim va tunuka kavsharlash uchun. bu konstruksiyalardan tashqari sotuvda 
to‘pponchasimon (77-rasm, b) va bolg‘a ko‘rinishidagi (77-rasm, d) kavshar-
lagichlar ham bor. bolg‘asimon kavsharlagich katta bo‘lgani uchun u bilan 
katta yuzaga ega bo‘lgan detallarni kavsharlash mumkin.
quvvatiga qarab kavsharlagichlar 10–250 Vt li bo‘lishi mumkin. Sim va 
tunukani kavsharlash uchun o‘rta quvvatli (60–100 Vt) kavsharlagichlar ishla-
tiladi. 
Kavsharlash uchun ajratilgan joyda, albatta, o‘tga chidamli (asbest, geti-
naks) material asos sifatida ishlatilishi kerak. Flyuslar erigan paytda nafas 
organlariga ta’sir etuvchi gazlar chiqqanligi sababli ish joyida mahalliy ven-
tilatsiya bo‘lishi shart.
Kavsharlash jarayoni uch operatsiyadan iborat: detalni tayyorlash, 
kavsharlash va kavsharlab bo‘lgandan keyin unga ishlov berish.
Sifatli kavsharlashning asosiy talabi bu – ulanayotgan yuzalarning to-
zaligida va ularning bir-biriga nisbatan jips joylanishida. Shuning uchun 
kavsharlashdan oldin ulanayotgan joylarni egov yoki qumqog‘oz bilan to-
zalab olish kerak. yog‘langan joylarni esa atseton bilan tozalash mumkin. 
77-rasm. 
Kavsharlagichlar: a – oddiy; b – to‘pponchasimon; d – bolg‘asimon.
a) b) d) 

94
kavsharlagichning uchini ish holatiga keltirish uchun uning uchidagi okis 


qop lamasini olish kerak. Uni olib tashlash uchun qumqog‘ozga flyus va 
kavshar joylashtirib, kavsharlagichning uchi kavsharga botiriladi va parallel 
ishqalanadi. Shunda qumqog‘oz okis qatlamini shilib oladi hamda birdaniga 
flyus va kavshar uning uchiga tegadi va qoplab oladi.
Ulanishning sifatli bo‘lishi uchun ulanadigan joylarga avval flyus yotqi-
ziladi va kavsharlagichning uchidagi erigan kavshar asta-sekin yotqiziladi. 
Agar detal katta bo‘lsa, unda uni obdan qizigunicha kutish kerak. Ulanadi-
gan joylarga kavshar yotqizilgandan keyin ular bir-biriga jipslab tegiziladi 
va kavsharlagich bilan yana qizdiriladi. ikki tomondagi kavshar erigani-
dan keyin ulanadigan qismlarning orasiga, agar kerak bo‘lsa, yana kavshar 
yotqi ziladi va to qotgunicha qisib, qimirlatmay ushlab turiladi.
Detallarni bir-biriga tegizib ushlab turish uchun ombur, pinset yoki 
boshqa asboblardan foydalaniladi. kavsharlagichning uchiga kavshar olish
uchun uning qizigan uchini sovuq kavsharga tegiziladi va kavshar erib, 
kerak li miqdorda uning uchiga yopishib osilib qoladi.
Kislotali flyus bilan kavsharlangandan keyin, ulangan joy avval soda 
erit masi, keyin esa toza suv bilan yuvilishi lozim.
Download 16,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish