1-topshiriq.
Tarbiyachi: Bolajonlar, sizlar, xuddi shu shakllar to’plamidan jo’ja shaklini tasvirga qarab yasang. Qani bolajonlar, ishga kirishdi.
Jo’ja shaklini yasash qiyin emasmi? Shakllarni xuddi tasvirdagiday qo’yib oling. Xuddi tasvirdagiday bo’lishi kerak, chunki tasvirda va sizlarda bir xil geometrik shakllar, ularning o’lchami ham bir xil.
Amaliy ish
2-topshiriq.
Bolalarga quyidagi shakllar to’plamidan kuchukcha tasvirini tuzishni taklif etish:
3-topshiriq.
Quyidagi shakllar to’plamidan traktor tasvirini tuzishni taklif etish:
4- topshiriq.
Jihozlar: Elim, oq qog’oz, turli geometrik shakllar.
Tarbiyachi: Bolajonlar, sizlar maxsus shakllar to’plamidan turli narsalar yasashni o’rganib oldingiz. Endi sizlarga har xil shakllar beriladi, siz mustaqil holda o’zingiz xohlagan narsani yasab, mana shu oq qog’ozga elimlaysiz.
Bolalarning ishlari «Ijodiy ishlar» burchagiga qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |