Bilimlarni mustahkamlash uchun o’yin: “Yil fasllari”.
Bolalarga 1, 2, 3, 4 sonlari tasvirlangan medalionlar tarqatiladi, bolalar medolionlarni taqib oladilar. 1 sonini olganlar 1 soni turgan stolga, 2 sonini olganlar 2 soni turgan stolga, 3 sonini olganlar 3 soni turgan stolga, 4 sonini olganlar 4 soni turgan stolga borib o’tiradilar. Shu tariqa 4 ta kichik jamoa hosil bo’ladi.
Bu sonlar fasllarni bildiradi. Masalan, 1 qishni, 2 bahorni, 3 yozni, 4 kuzni. 1 soni bo’yicha yig’ilgan bolalar qish faslini, 2 soni bo’yicha yig’ilgan bolalar bahor faslini, 3 soni bo’yicha yig’ilgan bolalar yoz faslini, 4 soni bo’yicha yig’ilgan bolalar kuz faslini kubiklar (yoki mozaika)dan yig’adilar. Bu fasl haqida bilganlarini hikoya qilib beradilar. Shu fasl haqida she’rlar, topishmoqlar aytishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |