Bilimlarni mustahkamlash uchun o’yin: “Bir xilini top”.
Stol ustiga turli uzunlikdagi lentalar to’plami qo’yiladi. Bolalar stol ustidagi lentalarning uzunligini o’lchab, bir xil lentalarni ajratib chiqadilar. Ajratilgan lentalarni olib doira bo’lib turadilar va lentalar yordamida turli mashqlarni bajaradilar.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Ko’z bilan chamalash usulidan bir xil uzunlikdagi
taxtalarni ajratishda qanday foydalandik?
2. Ko’prik qurishda nechta bir xil taxtadan foydalandik?
3. Bir xil uzunlikdagi lentalarni qanday tanladingiz?
Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |