Bolalar bilimini mustahkamlash uchun savollar:
1. Bolajonlar, sizga topshiriqlardan qaysi biri yoqdi?
2. Eng katta shishirilgan shar qanday rangda?
3. Eng kichkina shishirilgan shar qanday rangda?
Faoliyat yakunida barcha bolalarni rag’batlantirish.
Fazoviy tasavvur
Mavzu: Harakat davomida, yurib ketayotganda yo’nalishni o’zgartirish
Maqsad:
Bolalarga harakat davomida yo’nalishni o’zgartirishni o’rgatish.
Kutilayotgan natijalar:
Bolalarda yurib ketayotganida, harakat davomida yo’nalishni o’zgartirish ko’nikmasi shakllanadi.
Bolalarning fazoviy tasavvurlari mustahkamlanadi.
Kerakli jihozlar:
Fazoda mo’ljal olish bo’yicha mashq bajarish uchun shartli. belgili kartochkalar (bo’yi 10 sm, eni 15 sm).
Xo’roz, mushuk, kuchukcha niqoblari.
Do'stlaringiz bilan baham: |