Bolalar javobi: Bu poezd.
Tarbiyachi: Qani o’zimizning poezdimizni tayyorlaylikda, yo’lga chiqaylik. (Tarbiyachi flanelografda ko’rsatib bajaradi). Rangli tayoqchalardan “poezdingizni” tuzing. Eng kaltasidan-eng uzunigacha tayoqchalarni birin-ketin bir chiziqqa tuzib chiqing. Birinchi vagonni sariq rangdagi tayoqchadan qilamiz. Keyingi vagonlar to’q sariq, och yashil, to’q yashil, qizil, to’q qizil, och ko’k, to’q ko’k, binafsha, kulrang. Poezdlarni tuzib oldingizmi? Unda ketdik.
Poezdlaringizda nechta vagon bor. Sariq vagon nechanchi? Oltinchi vagon qanday rangda? Och yashil va qizil vagonlar o’rtasida qanday vagon bor? Och ko’k vagonning chap tomonida turgan vagon qanday rangda? O’ng tomondagisichi? Vagonchalaringizni chapdan o’ng tomonga tartib bilan sanab chiqing. Endi o’ng tomondan chapga qarab sanang.
Vagonlarning uzunligini aytaman, siz ularni ko’rsatasiz. Eng uzun, kaltaroq, eng kalta. Endi teskarisini aytamiz: eng kalta, uzunroq, eng uzun. (Bolalar savollarni davom ettiradilar).
Poezd vagonlariga raqamlar qo’yingchi. (Bolalar har bir “rangli tayoqcha” yoniga to’g’ri keladigan raqamlarni qo’yadilar).
Tarbiyachi: 9-vagon qanday rangda? 1-vagon qanday uzunlikda? Oxirgisi-chi? (Bir nechta boladan so’raydi). Oxirgi vagonda nechta yo’lovchi bor? (“Rangli tayoqcha” bo’ylab oq kvadratchalar qo’yiladi va sanaladi). Endi sizlar ham shu savolga o’xshagan savollar tuzing.
Sakkizinchi va ettinchi vagonlarda qancha yo’lovchi bor? Qanday bildingiz? 5 ta yo’lovchi nechanchi vagonda ketyapti?
Tarbiyachi: Bolajonlar, temir yo’lda poezdlarimiz qarshisidan boshqa bir yo’nalish bo’yicha poezd kelmoqda. (Rangli tayoqchalardan “poezd” tuziladi). Boshqa yo’nalishda kelayotgan poezd yo’lovchilari-fil, sigir, mushuk, it turli hayvonlardan iborat. Ushbu poezdda sichqoncha ham bor, lekin u yashirinib olgan, shuning uchun ko’rinmaydi. Topib olinglar-chi. Sichqon qaysi vagonda ekan. Biz bilamizki sichqoncha mushuk va fil bilan bir vagonda emas. Sichqoncha sigir bilan bir vagonda kelayotgan bo’lsa kerak, chunki mushuk uni eb qo’yishi mumkin.
Passajir poezdida yurish mazza, to’g’rimi? Yana yuk poezdlari ham bor, ular juda kerakli: yuk poezdlarini bir xil rangdagi “tayyoqchalar”dan tuzing.
Bolajonlar, bizning poezdimiz vokzalga jadval bo’yicha etib keldi. Ammo vokzal binosining o’zi yo’q, uni qurib qo’yishimiz kerak. Mana sizlarga topshiriq: ushbu raqamlarga mos tayoqchalardan foydalanib qurilish qilamiz.
(Bolalarga raqamlar tarqatiladi va bolalar “vokzal binosini” quradilar). Nihoyasiga etkazilgan qurilish tekshirib chiqilgandan so’ng bolalar doira shaklida turib oladilar.
Bolalar bilimini mustahkamlash uchun o’yin: “Savol-javob”
Tarbiyachi koptokni bir bolaga irg’itib savol beradi: “Sizga poezd o’yini yoqdimi?”. Bola koptokni ilib oladi va savolga javob beradi hamda koptokni tarbiyachiga qaytaradi. Tarbiyachi koptokni ikkinchi bolaga otadi va savol beradi: “O’yinda eng qiyin bo’lgan topshiriq qaysi bo’ldi?” Bola koptokni ilib oladi va savolga javob beradi, koptokni tarbiyachiga qaytaradi. O’yin shu tariqa davom etadi.
Savollar:
1. O’yinda o’zingiz xohlaganday yaxshi ishtirok etdingizmi?
2. O’yin davomida qaysi sonlar ko’p ishlatildi?
3. 10 soni qaysi sonlardan tashkil topgan?
Faoliyat yakunida tarbiyachi bolalarni rag’batlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |