Bolalar uchun amaliy ish.
Stol ustiga turli shakllarni 2 ta va 4 ta qismga bo’lib aralashtirilib qo’yiladi. Bolalar qismlarni to’g’ri topib birlashtirib turli shakllarni yasaydilar.
Har bir shakl alohida rangda bo’lsa bolalar ularni birlashtirishda qiynalmaydilar. Topshiriqni murakkablashtirish uchun hamma shakllarni bir xil rangda qilish ham mumkin.
Bolalar yasab bo’lganlaridan keyin tarbiyachi ularga savollar beradi:
1. Nechta qismdan butun shaklni yasading?
2. Qanday belgisiga qarab qismlarni topding?
3. Butun kattami yoki uning 2 dan 1 qismimi?
4. Butunning 2 dan 1 qismi deganda nimani tushunasiz?
5. Butunning 4 dan 2 qismi kattami yoki 4 dan 1 qismimi?
6. Butun kattami yoki uning 4 dan 1 qismimi?
Do'stlaringiz bilan baham: |