Kutilayotgan natijalar:
Bolalar muammoli vazifalarni hal qilishni o’rganadilar.
Ma’lum miqdordagi tayoqchalardan turli geometrik shakllar yasash va shakllar ko’rinishini aytilgan sondagi tayoqchalarni olish yo’li bilan o’zgartirishni o’rganadilar.
Kerakli jihozlar:
Tayoqchalar (o’lchami 10 sm).
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, biz sizlar bilan tayoqchalardan turli shakllarni, buyumlarni yasashni o’rgangan edik. Bugun yana tayoqchalardan turli shakllarni yasaymiz va tayoqchalardan yasalgan uycha hamda kalitchadan tayoqchalarni olish yo’li bilan ko’rinishini o’zgartirishni o’rganamiz.
Har birimizda nechta tayoqcha bor? Birgalikda sanab, tayoqchalarning qanchaligini bilib olamiz: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10. Tayoqchalarimiz nechta ekan?
Do'stlaringiz bilan baham: |