Elektrolitni aylantirish va aralashtirish qurilmalari.
Elektrolitning aylanma harakati o‘z-o‘zidan yoki nasoslar yordamida amalga oshiriladi.
Aralashtirish natijasida tok zichligi ortadi, zararli qo‘shimchalarni chiqarib tashlash ta’minlanadi, harorat va komponentlar miqdorlari doimiy ushlab turiladi.
Aralashtirish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
-mexanik aralashtirgichlar yordamida;
-havo yordamida aralashtirish (barbotyor);
-elektrodlarni harakat qildirish, aylantirish, qaltiratish (vibratsiya);
-konvektiv potoklar hisobiga;
-ultrazvuk tebratish yordamida;
-ajralib chiqayotgan gazsimon maxsulotlar hisobiga (N2,O2,Sl2);
-elektrolitning aylanma harakati hisobiga.
Do'stlaringiz bilan baham: |