Kationlarning analitik gruhlarga bo’linishi


Analitik kimyoning rivojlanish davrlari



Download 29,78 Kb.
bet2/3
Sana05.01.2022
Hajmi29,78 Kb.
#319545
1   2   3
Bog'liq
1-mavzu.Analitik kimyo

Analitik kimyoning rivojlanish davrlari

«Kimyoviy tahlil» iborasining fanga kiritilishi ingliz olimi R.Boyl (1627 — 1691) nomi bilan bevosita bog’liq. Murakkab kimyoviy moddalar elementlardan tashkil topganligi haqidagi fikrni ham R.Boyl aytgan. U mavjud kimyoviy reaksiyalarni tartibga soldi. Lakmus indikatoridan foydalanib kislotalar va ishqorlarni bir-biridan farqlash mumkinligini amalda ko’rsatdi. R.Boylning bu ishlari sifatiy tahlilga quyilgan birinchi qadam bo’ldi.

Analitik kimyo mustaqil fan sifatida ulug’ rus olimi M.V.Lo­monosov zamonida rivojlana boshladi. U o’zining «Металлургияиосновыпервичнойобработкируд» kitobida bir qancha tahlil usullarini yozgan edi.T.E.Lovits (1757-1804) moddalarning kristall panjaralarining tuzilishi bilan ularning ximiyaviy tarkibi o’zaro bog’liqligini isbotladi va mikrokristalloskopik analizga asos soldi. Kalsiy tuzlari ishtirokida alanganing qizil tusga bo’yalishidan foydalanib, tuzlar tarkibida kalsiy mavjudligini bilib olish mumkinligini amalda ko’rsatdi. Fransuz olimi A.Lavuaze (1743-1794) suv va turli oksidlarni kimyoviy tahlil qilib, ular tarkibidagi elementlardan biri kislorod ekanligini tajribalar yordamida isbotladi.

Mamlakatimizda analitik kimyoning rivojlanishiga V.I. Severgin (1765-1826) ancha salmokli zdissa k.ushdi. Uning «Руководствопоприборномуискусствуихимическомуиспытаниюдругихископае­мыхметаллическихруд» nomli birinchi kitobi 1801 yilda chop etildi.

Murakkab tarkibli tuzlar aralashmasini vodorod sulfid asosida sistemali analiz qilish tartibini shvetsiyalik olim T.Bergman (1735-1784) taklif etdi.

Analitik kimyoning muhim nazariy va amaliy muammolarini hal etishda D.I.Mendelyevning elementlar davriy sistemasi va davriy qonuni, uning gidratlar nazariyasi muhim ahamiyat kasb etdi. D.I.Mendelyevning fikrlarini davom ettirib N.A.Menshutkin (1824-1907) kationlarning analitik guruhlar bo’yicha eng qulay tasniflanishini fanga kiritdi. U 1871 yilda «analitik kimyo» darsligini bosmadan chiqardi.

Keyingi yillarda analitik kimyo fanining rivojlanishi mashxur olimlarimizdan A.P.Vinogradov,I.P.Alimarin, I.I.Chernyayev, L.A.Chugayev, N.A.Tananayevlarning nomi bilan bevosita bog’liq. Shu-ningdek chet ellik R.Bunzen, G.Kirxgof, Berselius, Gey-Lyussak, Devilar ham samarali mexnat qilib, bu soxaga o’z hissalarini qo’shdilar.Analitik kimyo fanining rivojlanishida o’zbekistonlik olimlarning ham hissalari katta. Akademik Sh.T.Tolipov raxbarligida olimlarning katta guruhi analitik kimyo soxasida samarali mehnat qilmoqdalar.

Hozirgi davr qudratli kimyo sanoati va unga munosib kimyo fani­ning mavjudligi bilan xarakterlanadi. Kimyo fanlari orasida analitik kimyoda yangi, zamonaviy tahlil usullari vujudga kelmoqda; shuningdek, analitik kimyo usullari qo’llaniladigan sohalar kengayib bormoqda.

2. Analitik kimyo nazariy va amaliy muammolarni yechishda katta ahamiyatga ega. Kimyo fanining rivojlanishi ham analitik kimyo bi­lan bevosita bog’liq. Moddalarning molekulyar massasini aniqlash, ekvivalentini topish, molekulyar formulalarini keltirib chiqarish analitik kimyo usullari yordamida amalga oshiriladi.

Analitik kimyo bilan agronomiya, fiziologiya, mikrobiologiya, veterinariya, zoogigiena, qishloq xo’jaligi hayvonlarini oziqlantirish fanlari bevosita bog’liq.

Hozirgi vaqtda kimyoviy texnologik jarayoni nazorat qilinmaydigan birorta ham kimyoviy korxona yo’q. Kimyoviy tahlilsiz xomashyo va tayyor maxsulot sifatiga baho berish, ishlab chiqarish jarayonlarini tushuntirish mumkin emas.

Ekinlardan mo’l hosil olish va chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish vazifasi tuproq tarkibini o’rganish, o’g’itlar, yem-xashak tarkibini mukammal bilishni talab etadi. Bu muammoni hal etishda bevosita analitik kimyo usullaridan foydalaniladi. Chorvachilik fermalarida va komplekslarida, sanitariya va gigiyena laboratoriyalarida, ishlab chiqarish binolaridagi havoning tarkibini va uning ifloslanish darajasini aniqlashda, ichimlik va oqar suvlarni, oziq-ovqat mahsulotlarini tahlil qilishda analitik kimyo usullari qo’llaniladi.

Veterinariyada qon, siydik, me’da shirasini tahlil qilish vrachga kasallikni to’g’ri aniqlash va davolash imkonini beradi. Dorivor moddalarning organizmga ta’siri oam analizlar vositasida o’rganiladi. Hozirgi davrda atrof-muhitni himoya qilish masalasi muhim muammolar qatorida turadi. Analitik kimyo usullarisiz bu borada birinchi qadamni qo’yish ham mumkin emas. Chunki suv, atmosfera xavosi tarkibidagi o’zgarishlarni aniqlamasdan ularni tozalashga kirishib bo’lmaydi.

Analitik kimyodan yetarli darajada bilimga ega bo’lgan agronomlar, zootexniklar va veterinarlarga ilmiy izlanishlar o’tkazayotganda biologik jarayonlar mohiyatini to’liq, tushuna olish imkonini ham analitik kimyo beradi.

Sifat analizi usullari

Tekshirilayotgan modda miqdoriga, tahlilda ishlatiladigan eritmalarning hajmiga ko’ra tahlil usullari makro-, yarim mikro-, mik­ro- va ultramikrometodlarga bo’linadi.

Makrometodda reaksiya o’tkazish uchun va undan ko’p modda yoki 1,0-10,0 ml va undan kam miqdorda eritma olinadi. Hosil bo’lgan cho’kmalarni ajratish va tozalashda anorganik kimyodagi usul-lardan foydalaniladi.

Tahlillar mikrometod bilan bajarilishida moddadan makroanalizdagiga nisbatan 100 marta, ultramikroanalizda esa 1000 marta kam olinadi. Reaksiyalar maxsus probirkachalarda o’tkaziladi. Ba’zan tahlil natijalarini kuzatish maqsadida mikroskopdan ham foydala­niladi.

Makro - hamda mikrometodlardan tashqari yarim mikrometod ham qo’llaniladi. Bu usul bilan tahlil qilish uchun qattiq moddadan 10-50 mg, eritmadan esa 0,1—5 ml olinadi. Reaksiyalar tubi kichraytirilgan analitik probirkalarda o’tkaziladi. Cho’kmalarni eritmalardan ajratish uchun aksariyat hollarda sentrifugalardan foydalani­ladi. Qizdirish maxsus mikrohammomda, bug’latish esa chinni kosachalarda suv hammomi yoki mikrogorelka bilan isitish orqali asbestlangan to’r ustida o’tkaziladi.

Kimyoviy tahlil yarim mikrometod usulida bajarilganida reaktivlar kam sarflanadi, kichik hajmli idishlardan foydalanish ham mumkin bo’ladi. Bunda reaktivlar tejaladi va umuman analiz o’tka­zish qulay bo’ladi. Agar tahlil to’g’ri bajarilsa yarim mikrometod juda aniq natijalar beradi. Shuning uchun moddalarni sifat jixatdan kimyoviy tahlil qilishda asosan yarim mikrometoddan keng foydalaniladi.

Analitik kimyo muhandislik va tibbiyot fanlarining barcha sohalari uchun foydali g'oyalar majmuidan iborat fan hisoblanadi.

1997 yil 4 iyulda NASA tomonidan Mars sayyorasida Pathfinder kosmik apparati tomonidan olib chiqilgan - Sojourner marsoxodining analitik asboblari tomonidan olingan sayyoraning qoyalari va tuproqlarining kimyoviy tarkibi haqida ma'lumot bilan qaytdi. Bu malumotlar tadqiq qilinganda bir vaqtlar Mars sayyorasi yuzasi issiq va suyuq suvdan, atmosferasi esa suv bug'laridan iborat ekanligi aniqlandi. 2004 yilning yanvar oyidan Spirit va Opportunity marsoxodlari Mars sayyorasiga 3 oylik missiyaga keldi. Rentgen spektrometrlarining alfa-zarrachalari va (APXS)

Mossbauer spektrometrlari olgan asosiy natijalarga ko’ra konsentrlangan kremniyzyom changlari va boshqa joydan karbonat angidrid gazining yuqori konsentratsiyasini aniqladi.Spirit marsoxodi Mars sayyorasiga va 2010-yilgacha ma'lumot uzatishda davom etdi. 2012 yil mart oyida 21 mil masofada izlanishlar olib borib kraterlar va kichik tepaliklar tasvirini jo’natdi.

2011 yil oxirida Marsni tadqiq qilish uchun “Curiosity” marsaxodida ilmiy laboratoriya jo’natildi. U 2012 yil 6 avgustda bortida ko’plab analitik asboblari bilan Marsga yetib keldi va ularni ishga tushirdi. Bu asboblar kimyo va kamera paketi lazer-uchqun spektrometrini o'z ichiga oladi va masofadan boshqariladi.

LIBS asbobi namuna tayyorlamasdan turib ko'pgina elementlarni aniqlash imkonini beradi. U gidratlangan minerallarni aniqlab yirik, kichik mikroelementlar miqdorini aniqlashi mumkin. Namuna tahlil to'plami Kuadropol massa spektrometi (29-bob), gaz kromatograf (bob 32) va lazer spektrometrini (25-bob) o'z ichiga oladi.

Namuna tahlil to'plami Kuadropol massa spektrometi (29-bob), gaz kromatograf (bob 32) va lazer spektrometrini (25-bob) o'z ichiga oladi. Uning maqsadi Mars atmosferasi tarkibini aniqlash bir necha kimyoviy elementlarni va izotoplarini topish, hayot uchun muhim bo'lgan organik birikmalarni izlashdir. Bu misollar, ham sifat va miqdoriy ma'lumotlar ekanini ko'rsatadi. Sifat tahlili namunaning kimyoviy idetifikatsiya ko’rinishini belgilaydi.

Miqdoriy tahlil ularning soni bir ifoda bilan, bu turlarining yoki analizning nisbiy miqdorni belgilaydi. Turli spektrometrlar ikkala turdagi Rovers ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Analitik vositalar bilan sodir bo'ladigan gaz xromatograf ommaviy spektrometr tahliliy jarayonining ajralmas qismi sifatida ajratish qadam o'z ichiga oladi. APXS va LIBS asboblari tomonidan o’tkazilgan tajribalar ko’pgina elementlarning yer misolida kimyoviy parchalanishi haqidagi yuqori selektiv ma'lumotlarni taqdim etdi. Analitik kimyo sanoat, tibbiyot va fanning barcha tarmoqlarida ishlatiladi. Buning isboti sifatida biz bir necha misollarni ko'rib chiqaylik.

Har kuni millionlab qon namunalaridagi kislorod va karbonat angidrid kontsentratsiyasi aniqlanadi bu esa tashxis va kasalliklarni davolashda ishlatiladi.(Fundamentals of Analytical Chemistry Douglas A. Skoog Stanford University Donald M. West San Jose State University F. James Holler University of Kentucky Stanley R. Crouch Michigan State University ninth Edition Brooks/Cole 20 Davis Drive Belmont, CA 94002-3098 USA 10-12 pg)

 

 

 

 

 


Download 29,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish