Samaradorlik - talab qilingan funksiyalarni resurslarning eng kam
harajatlarida bajarishdir. Bunda resurslar deganda operativ xotiraning hajmi,
markaziy protsessorning ishlash vaqti, tashqi xotiraning hajmi, kanalning о‘tkazish
qobiliyati nazarda tutiladi. Kо‘pincha, samaradorlik xarakteristikasi sifatli PMning
boshqa xarakteristikalari bilan ziddiyatga kirishadi.
Masalan,
agar
PM
modullarining
soni
strukturalashtirilganligi
xarakteristikasida talab qilingandan kamroq miqdorda bо‘lsa, ish vaqti bо‘yicha
samaraliroq bо‘ladi, chunki modullarni chaqirish uchun nisbatan kо‘proq mashina
vaqti sarflanadi. Shuning uchun PM samaradorligini boshqa xarakteristikalarni
pasaytirish hisobiga oshirish masalalari PM ni ishlab chiqishga tayyorlangan texnik
loyihada kelishib olish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |