3-ma’ruza. DASTURIY TA’MINOTNING ASOSIY IQTISODIY
KATEGORIYALARI
1. Programm mahsulot tushunchasi.
2. Programm mahsulotga qо‘yiladigan asosiy talablar.
3. Programm mahsulotning sifati tushunchasi va ular bilan bog‘liq
xarakteristikalar.
4. Programm mahsulotning iqtisodiy samaradorligi.
1. PROGRAMM MAHSULOT TUSHUNCHASI
Mehnatni ijtimoiy taqsimlanishi, programm vositalar (programmalar) ishlab
chiqarish sohasini ishlab chiqarish tarmoqlaridan biriga, ijtimoiy moddiy ishlab
chiqarishning tarkibiy qismiga aylantirdi.
Programm vositalar, kо‘pincha, ishlab chiqaruvchilar tomonidan shaxsiy
iste’mol uchun emas, balki ichki va tashqi bozorda sotish uchun ishlab chiqariladilar.
Bu
vositalar
foydalanuvchining
boshqarishni
avtomatlashtirish
bо‘yicha
ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.
Sotish uchun mо‘ljallangan programm vosita (PV) shaxsiy iste’molga
mо‘ljallangan PVdan shuning bilan katta farq qiladiki, u judayam turli tuman
foydalanuvchilar aniq sharoitlarini hisobga olish bilan ma’lumotlarning kо‘pchilik
majmualarini ishlab chiqish uchun ishlab chiqiladi. Bunday PV undan nafaqat ishlab
chiquvchilar, balki iste’molchilarning keng doirasi ham foydalana olishi mumkin
bо‘lishi uchun eng jiddiy tartibda hujjatlashtirilishi kerak. Bundan tashqari, dastlabki
ma’lumotlar variantlaridan foydalanib PV testdan о‘tkazilishi kerak.
Yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqqan holda sotish uchun
mо‘ljallangan PVni programm mahsulot deb ataymiz va unga ta’rif beramiz.
Programm mahsulot (PM) - bu ma’lumot tashuvchida joylashgan sanoat ishlab
chiqarishining mahsuloti bо‘lgan programmadir ( GOST 19.004-80).
PMni ishlab chiqarish jarayoni yetarlicha murakkab tashkiliy-iqtisodiy
muammolarni yechishni kо‘zda tutadi. Ularga ishlab chiqish texnologiyasining
rejalashtirish, hisob, nazorat, tahlil va tartibga solish kabi boshqaruv vazifalarini
yechish muammolari kiradi.
Bundan
tashqari,
ishlab
chiqaruvchilar
mehnatini
meyorlashgirish
masalalariga muhim ahamiyat beriladi. Bu PMni ishlab chiquvchilar mehnatining
о‘ziga xosligi, ya’ni ishdagi ijodning katta elementi, programm mahsulotlarni ishlab
chiqarish jarayonidagi ishlarning kо‘pgina turlarini о‘lchash va baholashning
murakkabligi bilan bog‘liq.
PM о‘ziga xos xususiyatlari yana ularni yaratish va ulardan foydalanish
jarayonida ishlarning ba’zi bir turlarini sanoat mahsulotlarining har qanday turlariga
nisbatan yо‘qligida namoyon bо‘ladi, bu 1-jadvalda kо‘rsatilgan.