Katalitik modifikasiyalash


Katalizatorlarni regenerasiyasiga oid tadqiqot ishlarining tahlili



Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/108
Sana26.02.2022
Hajmi3,92 Mb.
#472968
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   108
Bog'liq
fayl 2085 20211108

Katalizatorlarni regenerasiyasiga oid tadqiqot ishlarining tahlili 
Filtrlash yo’li bilan salomasdan ajratib olingan, qayta ishlatiladigan 
katalizator tarkibi salomas va katalizator aralashmasidan iborat bo’ladi. Bu 
komponentlarning miqdori turli sabablarga ko’ra keng masshtabda bo’lishi mumkin. 
Qayta ishlanayotgan formiat katalizatori tarkibidagi yog’ miqdori 60-70 % atrofida, 
nikel-kizelgur katalizatori tarkibida 50 % atrofida yog’ va 8-9 % nikel bo’ladi. 
Nazariy jihatdan tahlil qilganda, katalizatorning aktivligini yo’qolish holati, 
yog’da erimaydigan moddalarni katalizator aktiv markazlarni berkitib qo’yish bilan 
tushuniladi. Bu moddalarni katalizatordan ajratib olish yo’li bilan uni aktivligini 
tiklash mumkin. 
Hozirgi vaqtda katalizator aktivligini regenerasiyalashni bu usulidan voz 
kecha olmaymiz, chunki jarayon texnologiyasini ishlab chiqarish usullari yetarli 
emas, Katalizator aktivligini yo’qotishning yuqori holatida, undan aktiv metallar 
sulfat tuzlari holida ajratib olinadi, yoqimsiz iflosliklardan tozalanadi va yana 
katalizator tayyorlash maqsadida ishlatiladi. Shunday qilib katalizatordagi aktiv 
metallar regenerasiyalanadi. 
Nikel qimmatbaho metallardan biri bo’lib, uni chiqindi sifatida tashlab 
yuborish atrof-muhitga salbiy ta’sir etadi. Shu sababli ishlatilgan nikelli 
katalizatorlarni regenerasiya qilish va nikelni ajratib olishning samarali usullarini 
ishlab chiqish dolzarb masalalardan biri sanaladi. Bundan tashqari ishlatilgan 
katalizator tarkibida o’z massasiga nisbatan 40-60 % sorbsiyalangan yog’ bo’ladi. 
Bu yog’ katalizator g’ovaklariga sorbsiyalangan va yog’ kislotalarning nikelli tuzi 
ko’rinishida bo’ladi. Shuning uchun uni katalizatordan mexanik usullar bilan ajratib 
bo’lmaydi.


239 
MDH 
mamlakatlaridagi 
yog’-moy 
korxonalarida 
ishlatilgan 
katalizatorlardan aktiv metallar (Ni, Cu) sulfat kislota ta’sirida ajratib olinadi, 
natijada ularning sulfat tuzlari hosil bo’ladi. Yog’ni sulfat kislotaning suvli eritmasi 
bilan namlanmasligi sababli katalizatorni qayta ishlash uzoq davom etadi, 
katalizatordan metallarni ajratib olish 2 fazada amalga oshirish maqsadga 
muvofiqdir. Bunda avval asosiy yog’ ajratib olinadi, so’ngra yog’sizlantirilgan 
qoldiq sulfat kislota bilan ishlanadi. Shu tartibda jarayon sezilarli darajada 
tezlashadi. Bunda ajratib olingan yog’, ishlatilgan katalizatordan yog’ni sulfat 
kislota bilan to’g’ridan to’g’ri qaynatish yo’li bilan olingan yog’ga qaraganda 
sifatliroq bo’ladi hamda sanitar-gigiyenik sharoit ham yaxshilanadi. 
Ishlatilgan katalizatordan yog’ning ko’p qismini avtoklavlarda 105-107 
0

haroratda, elektrolitning suvli eritmasi bilan ajratib olinadi. Ma’lum jarayonlardan 
so’ng yog’li qatlam alohida yig’gichga quyib olinadi, o’rta qatlam – tuzli eritma 
soapstok yig’gichga tushiriladi, pastki qatlam – katalizatorni (kizelgur) suvda 
erimaydigan noorganik qismi, ya’ni suspenziya holidagi cho’kma alohida 
aralashtirgichga berilib, u yerda metallarni ajratib olish uchun sulfat kislota bilan 
ishlanadi. 
Ishlatilgan katalizatorni, uni tarkibidagi salomasni aralashtirgichli sovun 
pishirish qozonida 70-80 ˚C da sovunlash yo’li bilan yog’sizlantirish mumkin. 
Buning uchun hisoblashlarga qaraganda 10 % ortiqcha miqdorda olingan 5-7 % 
natriy ishqori eritmasi qo’llaniladi. 6 soatdan so’ng sovunli aralashma qaynoq suv 
bilan suyultiriladi va filtrpressga o’rnatiladi. Filtrpressdagi qoldiq qaynoq suv bilan 
yuviladi. So’ng filtr 10 minut davomida bug’ bilan puflanadi, keyin havo bilan suv 
siqib olinadi va filtrlangan, yog’sizlantirilgan qoldiq tushirib olinadi. 
Yog’sizlantirilgan nikelli katalizatordan nikelni ajratib olish uchun 
parchalash chaniga metallarni zritishga zarur bo’lgan miqdorda texnik sulfat kislota 
quyiladi, bug’ ochiladi va chandagi aralashma 2 soat davomida qaynatiladi. 
Suyuqlik harorati 90-95 ˚C dan past bo’lmasligi lozim. Parchalash suyuqlikdagi 
nikel va erkin sulfat kislota miqdori (sulfat tuzlari ko’rinishida) o’zgarishsiz 


240 
qolgunga qadar davom ettiriladi. Keyin chandagi aralashma suv bilan suyultiriladi, 
tindiriladi, yog’ yuzaga chiqadi, neytrallanadi, filtrlanadi yoki dekantasiyalanadi. 
Mis–nikel katalizatoridan metallarni regenerasiyalash ikki bosqichda 
boradi. Dastlab, yuqorida yozilgandek nikel ajratib olinadi. Olingan nikel sulfat 
eritmasi ajratiladi, so’ng tindiriladi va tindirilgan suyuqlik tarkibidagi misni ajratib 
olish uchun sulfat kislota va temir oksidi bilan qayta ishlanadi. Shundan so’ng eritma 
soda bilan neytrallanadi, cho’kma filtrlanadi, yuviladi, havo purkab siqiladi. 
Tadqiqot mualliflari[135] ishlatilgan katalizatordagi nikel metali va yog’ni 
ajratib olishda xlorid kislotasidan foydalanishgan. Metalni ajralib chiqish darajasiga 
mineral kislotaning konsentrasiyasi, jarayon davomiyligi, harorat va suyuqlik 
miqdorining ta’siri o’rganilgan. Xlorid kislotaning konsentrasiyasi 4 n, harorat 90 
0
C, suyuqlikning qattiq massaga nisbati 1/10 g/ml va jarayon davomiyligi 2 soat 
bo’lganda eng yuqori natijalarga erishilgan, ya’ni 98,5% nikel va 99,8% yog’ ajratib 
olingan. 
Misr olimlari[136] kimyo sanoatida ishlatilgan nikelli katalizatordan nikel 
metalini ajratib olish jarayonini tadqiq qilishgan. Ular ishlatilgan katalizatorni sulfat 
kislota bilan qayta ishlab nikel metalini ajralib chiqish tezligiga ishlatilgan 
katalizator zarralarining o’lchami, sulfat kislota konsentrasiyasi va jarayon 
haroratining ta’sirini o’rganishgan. Zarralar o’lchami 74+53 µm bo’lgan ishlatilgan 
katalizatorni 50% li sulfat kislota bilan 180 
0
C haroratda 150 minut davomida qayta 
ishlanganda 945 nikel ajratib olingan. Bunda suyuqlikning qattiq massaga nisbati 
1:20 g/ml qilib olingan. 
Xuddi shunday tadqiqot ishlarini S. Ivoskanu va O. Roman[137] sulfat kislota 
bilan, A.Ya. Loboiko[138] nitrat kislota bilan, A.J. Chandxari[139] xlorid kislota 
bilan, M. Vikol[140] ammiak bilan va O. Florea[141] ammoniy karbonat bilan olib 
borishgan. 
Polsha olimlari[142] ishlatilgan nikel oksid katalizatoridan sulfat kislota 
eritmasi ishtirokida nikel metalini ajratib olish kinetikasini tadqiq qilishgan. Nikel 
metalini ajralib chiqish tezligiga sulfat kislota konsentrasiyasi, jarayon harorati, 
aralashtirish tezligi va katalizator zarralari o’lchamining ta’siri o’rganilgan. Metalni 


241 
ajratib olish jarayonining turli bosqichlarida reaksiya qoldiqlari SEM, X-nur 
difraksiyasi, elektron mikroskop va kimyoviy tahlil qilish orqali nazorat qilingan.
Yog’larni gidrogenlashda ishlatilgan nikel keramik katalizatorni tozalash 
usuli mavjud[143]. Natriy metasilikat, natriy tripolifosfat va kalsinirlangan soda 
kabi cho’ktiruvchi va disperslovchi qo’shimchalarga ega neionogen yuvuvchi 
vositalar va ishqor eritmasi bilan katalizatorni qayta ishlash usulning asosini tashkil 
etadi. Ushbu usulda ishqoriy reagentlar aralashmasini qo’llanilishi, ularni katalizator 
eltuvchisining yuzasiga o’tirib qolishi, g’ovaklariga kirib qolishi va aktiv 
markazlarni “blokirlab” qo’yishi mumkin. Oqibatda katalizatorni ishqoriy 
reagentlardan to’liq tozalash uchun bir necha bosqichda va uzoq vaqt tozalash 
jarayonlarini olib borish lozim bo’ladi.
Shu sababli mualliflar tomonidan tarkibida palladiy saqlovchi ishlatilgan 
katalizatorni oson va yengil regenerasiya qilish usuli patentlangan[144]. Yog’larni 
gidrogenlashda ishlatilgan palladiyli katalizator, dastlab, vodorodni barbotajlagan 
holda, tarkibidagi yog’ qoldiqlaridan xoli qilish uchun suv bug’i bilan 
puflanadi(yuviladi) va barbotajlashni to’xtatmasdan 10%li natriy gidroksid eritmasi 
bilan qayta ishlanadi. So’ng bug’ kondensati bilan ishqor va sovun qoldiqlari yuvib 
tashlanadi. 145-150 
0
C da 8-9 soat davomida vodorod oqimida quritiladi. Natijada 
katalizator aktivligi tiklanadi va yuqori darajada tozalashga erishiladi. 
Tadqiqot mualliflari[145] kimyo sanoatida qo’llaniladigan, ishlatilgan 
RANG-19 va KUB-3 katalizatorlarini xlorid kislotasi bilan regenerasiya qilish 
jarayonini tadqiq qilishgan. Kislota konsentrasiyasi, jarayon harorati, suyuqlikni 
qattiq massaga nisbati va reaksiya davomiyligini nikel va alyuminiy metallarini 
ajralib chiqishiga ta’siri o’rganilgan. 60 
0
C haroratda 3 M HCl eritmasi bilan 
ishlatilgan RANG-19 katalizatorini 1 soat davomida qayta ishlanganda 74% nikel 
ajralgan bo’lsa, 45 minut davomida ishlatilgan KUB-3 katalizatoridan 99% nikel 
ajralib chiqqan. Xar ikkala katalizatorda ham eng yuqori natijalar quyidagi sharoitda 
olingan: xlorid kislota konsentrasiyasi – 3M, harorat-60 
0
C, suyuqlikni qattiq 
massaga nisbati – 1/10 va katalizator zarralarining o’lchami – 3-8 mm. Ushbu 


242 
sharoitda KUB-3 katalizatoridan 3 soatda 99% va RANG-19 katalizatoridan 4 
soatda 98% nikel ajralib chiqqan. 
Muhammad Ibrohim Nosir[146] ishlatilgan nikel katalizatorini etanol, geptan, 
geksan 
va 
izopropanol 
kabi 
erituvchilar 
bilan 
ekstraksiyalash 
orqali 
regenerasiyalash usulini tadqiq qilgan. Muallif katalizatordagi yog’ni erituvchilar 
yordamida ekstraksiyalash jarayoniga erituvchining miqdori, ekstraksiyalash 
davomiyligi va erituvchi tabiatiningg ta’sirini o’rgangan. 25 g ishlatilagan 
katalizatorni ekstraksiyalanganda geksan miqdorini 250 ml dan 300 ml gacha 
oshirilishi yog’ning ekstraksiyalanishini 40,15 dan 44% gacha oshishiga olib keldi. 
Ekstraksiyalash va distillyasiyalash vaqtini 2 soatdan 6 soatgacha ortishi yog’ 
chiqishini 25% dan 44% gacha oshishiga olib keldi. Muallif yana etanolning yog’ni 
erituvchanligi izopropanolga nisbatan samarasiz ekanligi, ammo geksangan nisbatan 
yaxshi filtrlanuvchanligi, hamda geptanni etanolga nisbatan yaxshi filtlanuvchan 
emasligi va ko’p energiya talab etishi aniqlagan. 

Download 3,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish