107
aralashtirish 30 minut davom etadi. Moyni yuvish va quritish kungaboqar moyini
rafinatsiyalashdagi sharoitda amalga oshiriladi.
8.4. Kunjut moyini rafinatsiyalash.
Kunjut moyi moyni olish usuliga va urug’ naviga bog’liq holda turli rangga
ega bo’lishi mumkin. Kunjut moyi tarkibida quyidagi yog’ kislotalari bo’ladi: olein
(37,5-48%), linol (36-46%), palmitin (7,7%), sterin (4,6%) va boshqa
sovunlanmaydigan moddalar. Kunjut moyida 0,8-1,73% sterinlar, sezamin, sezamol
va sezamolinlar mavjud.Oq urug’lardan olinadigan kunjut
moyi oson rafinatsiya
qilinadi, unga tuz-suv asosli neytrallash sharoitlari qo’llaniladi. Biroq moyda
sezamol va ko’p miqdor bo’yovchi moddalarning mavjudligi uning havo bilan
ta’sirlanishida rangining to’qlashishiga olib keladi.
Kunjut moyi ishqoriy
neytrallashdan oldin sulfat kislotasi bilan qayta ishlanadi.Sezamolin moddasi
kislotalar yoki nordon adsorbentlarning ta’sirida sezamolga aylanadi.Shuning
uchun, moyni oldindan kislota bilan qayta ishlash,dezodorasiya yoki
aralashmalardan adsorbsion tozalash va issik moy
yoki salomasni havo bilan
ta’sirini oldini olish ,rangi bo’yicha yaxshi moy olishni ta’minlaydi.
Zig’ir va kanop moylarini rafinatsiyalash. Bularning tarkibidagi ko’p
miqdordagi o’ta to’yinmagan linol (15-30%), linolen (44-61%), izolinol
kislotalarining bo’lishi hisobiga bular quriydigan moylar hisoblanadi. Moyda
sterinlar, fosfatidlar,uglevodlar bor va shuningdek ular bo’yovchi moddalarga ham
bo’ladilar, ayniqsa xlorofillarga. o’ta to’yinmagan
bu moylarda kislotalarning
borligi,neytrallashda misellyar katlami yupqa va harakatchan sovunli plyonkalar
hosil bo’lishiga olib kelib,kungaboqar va paxta
moylari soapstoklari uchun
xarakterli bo’lgan soapstok parchalari shakllanishi qiyin kechadi.hosil bo’layotgan
sovunli
sistemalar
gidrofil
komplekslari:
fosfatidlar,
uglevodlar
bilan
muvozanatlanadi. Zig’ir va kanop moylari rafinatsiyasida hosil bo’lgan soapstok
sovunli plyonkalari bo’yovchi moddalarni deyarli sorbsiyalamaydilar,
buning
oqibatida hattoki ortiqcha miqdori ko’p olinganda va yuqori konsentrasiyali ishqor
eritmasi qo’llanilganda ham moy rangi kam rangsizlanadi.o’ta to’yinmagan yog’
108
kislotalarining oson eriydigan sovunli plyonkalari ko’pincha emulsiya hosil
bo’lishiga olib keladi.Shunday qilib, zig’ir va kanop moylarini rafinatsiyalash
maksimal
miqdorda uglevod kompleksi ,fosfatidlardan tozalash, xlorofil va
karatinoidlarni parchalash va ajratish, erkin yog’ kislotalaridantozalashga qaratilgan
bo’lishi kerak.Olinayotgan moy qaysi maqsadda qo’llanishiga
qarab texnologik
rejim aniqlanadi.Masalan, lak moyini olish uchun uni frsfatid uglevod kompleksilan
tozalash bilan, kul miqdorini kamaytirish zarur. Shuning uchun, bunday moyni
adsorbsion oqlash mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: