Tayanch so’z va iboralar:
standart va texnik shartlar, fosfatidlar, sterinlar,
tokoferollar, erkin yog’ kislotalari, gossipol, texnologik omillar, bosim, harorat,
namlik, oksibirikmalar, aldegidlar, ketonlar, mumlar, polimerizasiya mahsulotlari,
ergosterin, palma moyi
Takrorlash uchun savollar
1.
Hamroh moddalar qanday guruhlarga sinflanadi va ularni izohlang.
2.
Hamroh moddalar qanday ahamiyat kasb etadi?
3.
Fosfatidlar nima va ularni qanday turlari mavjud?
4.
Sterinlar haqida ma’lumot bering
28
3§. Yog’ va moylarni rafinatsiyalash. Moylarni gidratlash
Rafinatsiya deb yog‘larni aralashma va hamroh moddalardan tozalash
jarayoniga aytiladi. Oziq-ovqat sanoati yog‘ va moylarni, to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’mol
qilish uchun, margarin maxsulotlarini tayyorlash uchun, mayonez, gidrogenlangan
yog‘lar, sovun, glitserin, yog‘ kislotalari, olif va boshqa mahsulotlar tayyorlash
uchun ishlab chiqaradi. Rafinatsiyaning to‘liq sikli fosfolipidlarni, mumsimon
moddalarni, erkin yog‘ kislotalarini, bo‘yovchi va hid beruvchi moddalarni ajratib
olishni o‘z ichiga oladi. Bu maqsadda turli xil usullar qo‘llaniladi, bu usullarning
asosida ma’lum reagentlarning alohida moddalarga nisbatan tanlash xususiyati
yotadi. Bunga asosan fosfolipidlarni suv yoki elektrolitlarning suvli eritmalari orqali
gidratatsiya qilib ajratib olish, erkin yog‘ kislotalarini yog‘larni natriy tuzlari
ko‘rinishida ajratish, rangli moddalar-pigmentlarni sorbentlar yordamida, hid va
ta’m beruvchi moddalarni dezodoratsiya qilib ajratish kiradi. Yuqorida sanab
o‘tilgan usullar yuqori tanlovchanlik xususiyatiga ega emas. Bunga misol qilib,
gidratatsiya paytida ma’lum miqdorda erkin yog‘ kislotalarning, neytralizatsiya
vaqtida esa, yog‘lar rangini ma’lum miqdorda kamayishini ko‘rsatish mumkin.
Yog‘larning tarkibi asosida va yog‘larni keyinchalik qaysi maqsadda
ishlatilishiga qarab, rafinatsiyaning kerakli usullari tanlanadi. Agar yog‘lar oziq-
ovqat uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, mavjud Davlat standartlariga asosan yog‘lar
to‘liq rafinatsiyalanadi va dezodoratsiyalanadi.
Gidrogenlangan yog‘lar ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan moylar esa
dezodoratsiya qilinmaydi.
Har bir yog‘ turini rafinatsiya qilish texnologik rejimini tanlashda uning
o‘ziga hos xususiyatlari inobatga olinishi zarur. Rafinatsiya jarayoniga quyidagi
talablar qo‘yiladi. Yog‘ning glitserid qismini to‘laligicha o‘zgarmagan holda
qoldirish, iste’molga yaroqliligini saqlab qolish, yo‘qotishlarni va chiqindilarni
kamaytirish. Bu muammolarni ijobiy hal qilishda moylarni rafinatsiya jarayonini
olib borishdagi eng maqbul sharoit katta ahamiyatga ega, ya’ni natriy gidroksidning
29
miqdori, uning konsentratsiyasi, neytrallash jarayonini olib borish harorati,
aralashtirish tezligi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |