Kassa va kassa muomalalari auditi


Valuta schyotlariga doir muomalalar auditi



Download 104,33 Kb.
bet5/6
Sana13.06.2022
Hajmi104,33 Kb.
#662107
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Audit kurs ishi

4. Valuta schyotlariga doir muomalalar auditi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xojalik yurituvchi subyektlar nafaqat milliy
valutadan, balki O`zbekiston qonunchiligiga muvofiq, chet el valutasidagi pul
mablag`laridan ham foydalanishlari mumkin.
Xojalik subyektlari O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki
boshqaruvining qarori4 bilan tasdiqlangan «O`zbekiston Respublikasi banklarida
ochiladigan bank schyotlari to`g`risida» yo`riqnoma ga muvofiq xorijiy valutada
talab qilib olinguncha depozit schyotlarini hamda ikkilamchi talab qilib
olinguncha, jamg`arma, muddatli va boshqa depozit schyotlarning xorijiy va milliy
valutadagi turlarini ochishi mumkin.
Mijozlar tomonidan xorijiy valutada talab qilib olinguncha depozit
schyotlarini hamda ikkilamchi talab qilib olinguncha, jamg`arma, muddatli va
depozit schyotlarning xorijiy va boshqa milliy valutadagi turlarini ochish uchun
bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
1) tadbirkorlik subyektlari tomonidan:
a) schyot ochish to`g`risida ariza;
b) davlat ro`yxatidan o`tganligi to`g`risidagi guvohnomaning nusxasi;
v) imzolar namunalari va muhr izi qo`yilgan varaqcha.
2) tadbirkorlik subyekti bo`lmagan rezident yuridik shaxslar, jumladan
budjet tashkilotlari tomonidan:
a) schyot ochish to`g`risida ariza;
b) soliq organlari tomonidan soliq to`lovchining identifikatsiya raqami
berilganligi to`g`risidagi guvohnomaning nusxasi;
v) imzolar namunalari va muhr izi qo`yilgan varaqcha.
3) norezidentlar (jismoniy shaxslar bundan mustasno) tomonidan:
a) schyot ochish to`g`risida ariza;
b) agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, soliq
organlari tomonidan soliq to`lovchining identifikatsiya raqami berilganligi
to`g`risidagi guvohnomaning nusxasi;
v) imzo namunalari va muhr izi qo`yilgan varaqcha;
4) rezident va norezident jismoniy shaxslar tomonidan:
a) schyot ochish to`g`risida ariza;
b) shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki unga tenglashtirilgan hujjatlar)
taqdim qilinadi.
Hujjatdagi ma'lumotlar schyot ochish to`g`risidagi arizaga yoziladi.
Mazkur bankda mijoz tomonidan ilgari ochilgan schyot mavjud bo`lsa, faqat
schyot ochish to`g`risida (belgilangan shaklda) ariza taqdim qilinadi.
Sotilgan mahsulot (ish, xizmat) lar to`lovi uchun quyidagi xorijiy valutalar
qabul qilinishi mumkin:
- AQSh dollari;
- Ingliz funt sterlingi;
- YEVRO;
- Shveytsariya franki;
- Yapon ienasi.
«Xojalik yurituvchi subyektlar tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda
mahsulotni (ish va xizmatlar) xorijga sotishdan tushumni xorijiy valutada oladilar.
Chet eldan mahsulotni sotib olish ham xorijiy valutada amalga oshiriladi. Ushbu
operatsiyalarni amalga oshirish uchun ular O`zbekiston va chet el banklarida valuta
schyotlarini ochadilar. Xorijiy valuta bilan amalga oshirilgan operatsiyalarni aks
etish O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat Soliq qo`mitasi va
Markaziy bank qarori bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligi tomonidan 2001- yil
16 -noyabrda 1085-son bilan ro`yxatga olingan «Chet el valutasidagi
operatsiyalarni buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish
tartibi to`g`risida Nizom» bilan tartibga solinadi.
Valuta operatsiyalarining buxgalteriya hisobi chet el valutasining har bir turi
(AQSh dollari, funt sterling, nemis markasi va boshqalar) bo`yicha alohida olib
boriladi va xojalik operatsiyalari amalga oshirilgan sanasidagi O`zbekiston
Respublikasi Markaziy Banki belgilagan kurs bo`yicha «Mamlakat ichidagi valuta
schyotlari» va «Chet eldagi valuta schyotlari» schyotlarida so`m ekvivalentida aks
ettiriladi»5
Bankdagi valuta schyotlari bo`yicha muomalalarni tekshirish mobaynida
auditor quyidagilarga alohida e'tibor qaratishi lozim (9.2-jadval).
9.2-jadval
Valuta schyoti bo`yicha muomalalarni tekshirishdagi auditorlik muolajalari

Valuta schyotlari bo`yicha muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o`tkazish
bankda ochilgan, shu jumladan chet ellardagi ham har bir valuta schyoti bo`yicha
amalga oshiriladi.
Bunda shuni e'tiborga olish kerakki, agar O`zbekiston korxonasining xorijiy
bankda, O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki litsenziyasi bo`yicha ochilgan
schyoti bo`lsa, bu litsenziya unga valuta tushumini qabul qilish uchun asos bo`la
olmaydi. Shuning uchun O`zbekiston Respublikasi Markaziy Bankida xorijiy
bankdagi schyotga valutani har bir kirimi uchun maxsus ruxsatnoma bo`lishi
lozim.
Audit jarayonida, rezident bo`lib hisoblangan, eksport qiluvchi tashkilotlar
valuta tushumi qabul qilinishining to`liqligi va to`g`piligini tekshirishda, auditor
vakolatli banklardagi ularning valuta schyotlari bo`yicha quyidagilarni aniqlashi
kerak:
- tashkilot valuta tushumini chet ellik hamkorining reklamatsiyasini
qoniqtirish hisobiga jarima to`lash yoki zararlarni qoplash, ya'ni o`zaro talablarni
hisobga olish to`g`risidagi talablarni;
- eksport kontraktlari kabi, import kontraktlarini bajarish mobaynida ham
o`zaro qarz surishish hollariga yo`l qo`yilmaganligi;
- O`zbekiston Respublikasiga o`tkazilishi lozim bo`lgan va xorijdagi
rezidentning ixtiyoriga yoki mulki qatoriga o`tgan tushumdan to`lovlar amalga
oshirilmaganligini.
Korxona va firmalar xorijiy valyutalardagi pul mablag’larining to’liq kirimga
olinishini aniqlash va valyuta muomalalarining hisobda to’g’ri aks ettirilishini
tekshirish muhim masala hisoblanadi.
Korxonalar tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish chog’ida mahsulot (ish,
xizmat) eksportidan daromad oladilar, import tovarlar bo’yicha to’lovlarni amalga
oshiradilar, xorijga xizmat safarlari bo’yicha sarflarni to’laydilar va
O’zbekistonda hamda chet ellardagi banklarda ochilgan valyuta schyotlari orqali
boshqa muomalalarni amalga oshiradilar. Banklarda valyuta schyotlarini ochish
tartibi va ular bo’yicha muomalalarni amalga oshirish O’zbekiston Respublikasi
valyuta qonunchiligi hamda Markaziy Bankining me’yoriy hujjatlari bilan
tartibga solinadi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bank hujjatlarida xalqaro hisob-kitoblar
bo’yicha qoldiqlar va muomalalar milliy valyuta va chet el valyutalari turlari:
AQSh dollari, nemis markasi, ingliz funt sterlingi va h. k. bo’yicha ko’rsatiladi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq yuridik shaxs-rezidentlar quyidagi valyuta
schyotlariga ega bo’lishlari mumkin:
- tranzit valyuta schyoti - eksportdan olingan valyuta tushumini to’liq
hajmda hisobga olish uchun mo’ljallangan;
- maxsus tranzit valyuta schyoti - O’zbekiston Respublikasi valyuta
birjasida chet el valyutasini so’mga sotib olish va uni yana sotishga doir
muomalalarni hisobga olish uchun mo’ljallangan;
Joriy valyuta schyoti yuridik shaxs eksportdan olingan tushumning bir
qismini majburiy sotganidan so’ng uning ixtiyorida qoladigan mablag’larni va valyuta qonunchiligiga muvofiq schyotga doir boshqa muomalalarni amalga
oshirish uchun mo’ljallangan xorijdagi valyuta schyoti O’zbekiston Respublikasi
Markaziy Bankining Maxsus ruxsatnomasiga muvofiq xorijda vakolatxonalariga
ega tashkilotlar uchun ochiladi.
Bankdagi valyuta schyotlari bo’yicha muomalalarni tekshirish chog’ida
auditor quyidagilarga alohida e’tibor qaratishi lozim:
- joriy valyuta muomalalari va kapitalning harakati bilan bog’liq valyuta
muomalalari huquqiy rejimiga rioya qilinishi;
- valyuta muomalalarini amalga oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi
Markaziy Bankining litsenziyasiga ega bo’lgan, vakolatli banklar orqali valyuta
muomalalarini amalga oshirish;
- vakolatli banklarda ayrim valyuta muomalalarini amalga oshirish uchun
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan beriladigan ruxsatnomalar
va litsenziyalarning mavjudligi;
- yuridik shaxs-rezidentlar tomonidan ular ixtiyorida mavjud bo’lgan, legal
kelib chiqishga ega valyuta mablag’lari chegarasida chet el valyutasidagi hisobkitoblarni
amalga oshirish;
- 5210-«Mamlakatimizdagi valyuta schyotlari» schyoti bo’yicha ochilgan
«Tranzit valyuta schyotlari», «Maxsus tranzit valyuta schyotlari», «Joriy valyuta
schyotlari», «Xorijdagi valyuta schetlari» subschyotlaridagi valyuta mablag’lariga
doir muomalalar hisobi.
Valyuta schyotlari bo’yicha muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish
bankda ochilgan, shu jumladan chet ellardagi ham, har bir valyuta schyoti
bo’yicha amalga oshiriladi.
Bunda shuni e’tiborga olish kerakki, agar O’zbekiston korxonasining xorijiy
bankda, O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki litsenziyasi bo’yicha ochilgan
schyoti bo’lsa, bu litsenziya unga valyuta tushumini qabul qilish uchun asos bo’la
olmaydi. Shuning uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankida xorijiy
bankdagi schyotga valyutani har bir kirimi uchun maxsus ruxsatnoma bo’lishi lozim.
Rezident bo’lib hisoblangan, eksport qiluvchi tashkilotlar valyuta tushumi
qabul qilinishining to’liqligi va to’g’riligini tekshirishda, vakolatli banklardagi
ularning valyuta schyotlari bo’yicha quyidagilarni aniqlash kerak:
- tashkilot valyuta tushumini chet ellik hamkorining reklamatsiyasini
qoniqtirish hisobiga jarima to’lash yoki zararlarni qoplash, ya’ni o’zaro talablarni
hisobga olish to’g’risidagi talablarni;
- eksport kontraktlari kabi, import kontraktlarini bajarish chog’ida ham
o’zaro qarz surishish hollariga yo’l qo’yilmaganligi;
- O’zbekiston Respublikasiga o’tkazilishi lozim bo’lgan va xorijdagi
rezidentning ixtiyoriga yoki mulki qatoriga o’tgan tushumdan to’lovlar amalga
oshirilmaganligi. Olingan daromad pul o’tkazish amalga oshirilgunga qadar faqat
ushbu daromad olingan tashqi iqtisodiy muomala bilan bevosita bog’liq bo’lgan
bank komissiyalari va chiqimlarni to’lash uchun ishlatilishi mumkin.
Valyuta tushumining to’liq kirim qilinishini tekshirish uchun yil davomida
tushgan valyuta summasi eksport qilingan tovar qiymati bilan taqqoslanadi.
Valyuta schyotiga doir muomalalarini tekshirish chog’ida valyuta sotish va
sotib olishga doir muomalalarning to’g’ri aks ettirilganligiga alohida e’tibor
qaratish lozim. Chunki korxonalar buxgalterlari ko’p hollarda hisobga olish
uslubiyotida ham, kurs farqlarini hisob-kitob qilishda ham valyutani so’mga
hisoblab o’tkazishda ko’plab xatolarga yo’l qo’yadilar.
Valyuta qonunchiligiga muvofiq valyuta sotish quyidagicha turkumlanishi
mumkin:
1. Majburiy sotish;
2. Qaytarib sotish;
3. Erkin (ixtiyoriy) sotish.
Valyutani majburiy sotish rezidentlarning tovarlar (ish, xizmat, intellektual
faoliyat)ni eksport qilishdan olingan, tranzit valyuta schyotiga kirim qilingan
valyuta tushumlarini, hamda bo’naklar va oldin to’lovlar sifatida olingan
kirimlarni o’z ichiga oladi.
Valyutani qaytarib sotish ichki bozorda sotib olingan va maxsus tranzit
schyotga qabul qilingan valyutalarni sotishni o’z ichiga oladi. Bu agar sotib
olingan valyuta hamda maxsus tranzit schyotiga qabul qilingan va rezident
tomonidan xizmat safari xarajatlarini to’lash uchun ishlatilmagan valyutalar
maxsus tranzit schyotdan maqsadli tayinlanishi bo’yicha belgilangan muddatlarda
hisobdan o’chirilmagan hollarda.
Valyutani ixtiyoriy sotish valyuta tushumining majburiy sotiladigan
summasidan oshgan summasini va joriy valyuta schyotidan valyuta sotishni o’z
ichiga oladi.
Valyutani majburiy va qaytarib sotish chog’ida qonunchilikda belgilangan,
sotish tartibining majburiy shartlari kabi, bu muomalalarni buxgalteriya hisobida
aks ettirish ham tekshirilishi lozim. Valyutani ixtiyoriy sotishda esa asosan ushbu
muomalalarning buxgalteriya hisobida aks ettirishi tekshiriladi.
Valyutani sotishga doir muomalalarni tekshirishni quyidagi tartibda amalga
oshirish mumkin.
1. Sotish turini aniqlash:
tranzit valyuta schyotidan majburiy sotish;
maxsus tranzit schyotidan qaytarib sotish;
ixtiyoriy sotish.
2. Tranzit valyuta schyotiga tushgan tushum majburiy sotiladimi?
3. Majburiy sotish hajmini aniqlashning to’g’riligini tekshirish:
valyuta tushumining 75%.
valyuta tushumining 50%.
4. Eksportdan olingan valyuta tushumini sotish muddatlariga rioya qilinishini tekshirish
5. Majburiy sotiladigan eksport daromadini hisob-kitob qiladigan bazani aniqlashni
tekshirish
6. Maxsus tranzit valyuta schyotidan valyutani qaytarib sotish uchun zarur shartsharoitlar mavjudligini tekshirish
7. Valyutani qaytarib sotish muddatlariga rioya qilinishini tekshirish.
8. Korxona o’zining maxsus tranzit valyuta schyotidan boshqa valyuta schyotlariga valyutani o’tkazganligi
9. Valyutani sotishga doir muomalalarning hujjatlashtirilishini tekshirish
Valyuta muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini tekshirish:
1. Korxonada valyuta sotish muomalalarini aks ettirish uchun 9220-«Boshqa aktivlarning chiqimi» schetini qo’llash.
2. Valyuta sotish (ixtiyoriy va qaytarib sotish) bo’yicha bankka to’lanadigan komission to’lovni 9220-«Boshqa aktivlarning chiqimi» schyotining debetiga olib borishni tekshirish.
3. Valyutani majburiy sotish bo’yicha bankka to’lanadigan komission to’lovning
tannarxga qo’shilishi.
4. Valyuta muomalasi bo’yicha zarar ko’rilganida soliqqa tortiladigan foydani aniqlash chog’ida moliyaviy natija tuzatilganligi.
5. Valyuta sotishni hisobga olishga doir muomalalar bo’yicha chet el valyutasini so’mga hisoblab o’tkazish sanasini belgilashning to’g’riligini tekshirish
6. Chet el valyutasini so’mga hisoblab o’tkazishda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o’rnatilgan valyuta kurslarini qo’llashning to’g’riligini tekshirish
7. Valyuta sotishni aks ettirishga doir schyotlarning o’zaro bog’lanishi
(korrespondentsiyasi) to’g’riligini tekshirish.
Xulosa
Xozirgi kunda audit tashkilotlari tоmоnidan tekshirilayotgan, aniqlayotgan taklif qilayotgan (ish va xizmat)lar shakllanishini tо‘g‘ri tashkil etish va ularning axloq qoidalariga to’gri kelishi bugungi kunning dalzarb vazifalaridan biriga aylandi. Tahkilotlarning maqsadi mustaqil uchinchi shaxs tomonidan korxonaning moliyaviy hisobotlarini to’gri tekshirishdan iborat. Ushbu ekspertiza bayonotlarni ob'ektiv baholash bo'lib, hisobotlar adolatli va amaldagi buxgalteriya hisobi tizimiga (masalan, GAAP yoki UFRS kabi) muvofiq taqdim etilganligi to'g'risida auditorlik xulosasini beradi. Ushbu fikr kreditorlar, kreditorlar va investorlar kabi foydalanuvchilar tomonidan moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini sezilarli darajada oshiradi. Ushbu fikrga asoslanib, moliyaviy hisobot foydalanuvchilari biznesni kredit va moliyalashtirish bilan ta'minlash ehtimoli ko'proq bo'ladi, bu esa, ehtimol, korxona uchun kapital qiymatining pasayishiga olib kelishi mumkin. Yuqоridagilardan kelib chiqib, shuni aytish muminki, Biznes operatsiyalarida shaffoflikka erishish va javobgarlikni oshirish ,har bir tranzaksiya uchun audit natijalarigaega bo'lish amaliyotini ishlab chiqish va biznes qanday ishlashi va natijalarni berishi haqida mustaqil va adolatli fikrga ega bo'lishdir. Bundan tashqari moliyaviy hisobotning sifat darajasini aniqlash operatsiyalari bo'yicha 360 rejimida fikr-mulohazalarga ega bo’lishga sabab bo’ladi. Tarmoq uchun yangi va potentsial investorlarni yoki manfaatdor tomonlarni jalb qilish umumiy biznes samaradorligini oshirish va ichki manfaatdor tomonlar o'rtasida ishonch munosabatlarini o'rnatilishiga olib keladi. Korxonalarning huquqiy,axloqiy, me'yoriy va muvofiqlik talablariga javob berishi, moliyaviy va moliyaviy bo'lmagan barcha muhim ma'lumotlarni mustaqil va xolis tekshirishni o'z ichiga oladi bu auditning asosiy maqsadidir. Ular rahbariyat tomonidan bildirilgan narsalarga mos kelishiga ishonch hosil qiladi. Bu juda ilmiy va biznes bilan shug'ullanadigan manfaatdor tomonlarning muvofiqlik talablariga muvofiq talab qilinishi mumkin.

Download 104,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish