II. Korxona kassasini kayta ruyxat kilish tartibi.
Kassa muomalalarini audit kilishni, kassadagi naqd pul va ka’tiy hisobdagi blankalarni, kimmatbaxo kogozlarni kukkisdan kayta ruyxat kilishdan boshlanishi lozim. Kayta ruyxat kilish korxona bosh hisobchisi va kassiri ishtirokida o‘tkazilishi kerak. Kayta ruyxat kilish oldidan auditor uzi ishtirokida kassirdan kayta ruyxat kilinayotgan sanaga kassa hisobotini tuzishni va kassa kitobida pul mablag‘lari koldigini chikarishni talab kilishi xamda kassirdan pul mablag‘lari kirimi va chikimi buyicha xamma hujjatlar kassa hisobotiga kushilganligi to‘g‘risida tilxat olishi shart.
Kassadagi veksellar, aksiyalar, xar xil markalar, sanatoriy va dam olish uylarining puli tulangan yullanmalari naqd pul sifatida emas, balki pul hujjatlari sifatida hisobga olinadi.
Auditor kassa hisobotlarining va kassa koldigining to‘g‘riligini tekshirishi shart. Pulning koldigi oyning birinchi sanasidan shu kungacha kirim va chikim orderlarini kayd etish daftari bilan kassa hisobotiga ilova kilingan kassa orderlari solishtiriladi. Agar kandaydir farkaniklanganda, albatta sababini aniklashi zarur. Kassa hisobotini tekshirib chikkandan sung, auditorga hisobot va unga ilova kilingan kirim va chikim orderlariga kelgusida kassa hisobotida xech kanday tuzatish kiritishga imkon bermasligi uchun kayd belgisi kuyish tavsiya etiladi. Tekshirilgan va kayd belgisi kuyilgan kassa hisoboti 50-"Kassa" schetida koldik chikarish uchun buxgalteriyaga beriladi. Shundan sung, pul va boshqa moddiy kiymatliklarni kayta ruyxat kilish boshlanadi. Agar korxonada bir necha kassa bulsa, ular muxrlanib, bosh kassadan kayta ruyxat kilish o‘tkaziladi. Pullarni auditor ishtirokida kassir sanaydi.
Kassa yopilmagan kassa hujjatlari (tulov kaydnomalari, pochta pul o‘tkazmalari, ota-onalardan bolalari maktabgacha tarbiya muaasasalarida tarbiyalanayotgani uchun yigimlar kaydnomasi) bulsa, kirim va berilgan pulni sanab chikishi zarur. Oxirgi koldikni aniklashda kirim summasini koldikka kushib, chikim summasini ayirib kurishi kerak. Kassada kirim orderi bilan rasmiylashtirlmagan naqd pul ortikcha pul sifatida belgilangan tartibda kirim kilinadi va kirim orderi nusxasi dalolatnomaga ilova kilinadi. Belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan hujjatlardagi summa kamomad sifatida hisobga olinadi.
Kassadagi naqd pul va boshqa kiymatli kogozlar kassani kayta ruyxat kilish dalolatnomalari tuziladi. Dalolatnoma oxirida kassir undagi pul mablag‘lari summasi, hujjatlar va boshqa kiymatliklar uning javobgarligiga utganligi to‘g‘risida yozuv yozib berishi kerak. Agar kassada ortikcha yoki kamomad aniklanganda, kassadan pul olinganligi xakida vaktincha tilxatlar chikkanda auditor kassirdan tushuntirish xati olishi shart.
Kamomad summasi kassir hisobotiga yozilib, tekshirish vaktida undirilishi lozim. Bunda kuyidagicha buxgalteriya yozuvlari yozib kuyiladi:
Dt-84 Kt-50 bir vaktning uzida,
Dt-73 Kt-84
Kamomad javobgar shaxsdan undirilganda kassaga kirim orderi bilan rasmiylashtirilib, kuyidagicha:
Dt-50 Kt-73
Kassada ortikcha chikkan pul shu zaxoti kirimga olinishi shart. Natijada undirilgan kamomad va ortikcha summa kirimga olinganda kassa kirim orderining nusxasi dalolatnomaga ilova kilinadi. Kassani kayta ruyxat kilishning oralik dalolatnomasi 3 nusxada tuziladi. 1-nusxasi auditorda, 2-nusxasi buxgalteriyada va 3-nusxasi kassirda koladi. Kirim va chikim orderlarida sana va rakamlar kursatilishi shart.
Auditor bundan tashkari korxona kassasidagi pul va boshqa kiymatli kogozlarning saklanishinini ta’minlanganligi choralari, kassaning kay darajada mustaxkamligiga, uning temir eshik va derazalariga metal panjaralar urnatilganligini, kassadan ish xaki berilayotgan vakda kushimcha xavfsizlik choralari kurilganligi, bankka pul topshirishda va u yerdan pul keltirishda extiyot choralari kurilishiga e’tibor berilishini tekshiradi.
Tekshirish davomida pul mablag‘lari saklanishi ta’minlash щartlariga kanchalik rioya kilinayotganligi, kassirning shaxsiy hujjatlari yigma jildida K-9 son shakl buyicha moddiy javobgarlik to‘g‘risidagi majburiyati bor-yukligi, kassa joylashgan xona boshqa xonalardan ajratilgan-ajratilmaganligini, yovuz niyatlilarning deraza, devor, pol va shift orkali kirishlari imkoni bor-yukligi, kassa xonasiga begona shaxslar kuyilish-kuyilmasligi, barcha pullar va pul hujjatlari yonmaydigan shkaflar ish kuni oxirida muxrlanishi, kassa binosi tilxat bilan kuriklashga topshirilishi, bankdan keltirishda va bankka topshirishda pul mablag‘lari saklanishi kanday ta’minlanishi, kassa daftarlarini yuritish kodalariga amal kilinishi, kassir hisobotlari uz vaktida yozilishi va buxgalteriyaga topshirilishi, yonmaydigan shkaflar va kassa eshigi kulflarining kalitlari nusxalari kaerda saklanishi, kassani tusatdan taftish kilish xar oyda o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomalarning mavjudligi va boshqalarni aniklaydi.
Kassa operatsiyalarini tekshirish va pul mablag‘larini tulik va uz vaktida kirim kilinishi tushumning bank muassasalariga tulik va uz vaktida topshirilishi kassa hujjatlarini rasmiylashtirishning analitik va sintetik hisobi, bankdan olingan naqd pullardan maksadli foydalanish, ish xaki, mukofot, nafakalar tulash uchun bankdan olingan, ammo foydalanmagan pul mablag‘larining bankka uz vaktida va tulik kaytarilishi, shuningdek, boshqa tushumlar buyicha summalarning bankka topshirilganligi to‘g‘risidagi hujjatlarda aks ettirilganligini tekshirish zarur.
Shuningdek, korxona raxbari va kassir urtasida moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuzilganligi va bunga ishonch xosil kilish uchun bu hujjatlar bilan tulik tanishib chikiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |