Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

3.3.-jadval. 
Evropa Ittifoqi mamlakatlarida pensiyalarni indeksatsiyalash tartibi
 
Mamlakatlar 
 
Indeksatsiyalash tartibi 
1. 
Daniya, Sloveniya, Shvetsiya 
Ish haqi miqdorining 
o’sishiga bog’liq 
2. 
Bolgariya, Kipr, Estoniya, Finlyandiya, 
Lyuksemburg, Malta, Polsha, Ruminiya, 
Chexiya, Vengriya 
Narxlar va ish haqi 
miqdorining o’sishiga 
bog’liq 
3. 
Avstriya, Belgiya, Frantsiya, Italiya, Latviya, 
Ispaniya, Buyuk Britaniya 
Narxlarning o’sishiga 
bog’liq 
4. 
Portugaliya 
Narxlar va yalpi ichki 
mahsulot hajmining 
o’sishiga bog’liq 
(qisman) 
 


88 
Ayrim mamlakatlar (masalan, Kanada va Frantsiya) sug’urta badallari miqdorini 
oshirishmoqda. 
Shuningdek, 
pensiyalarni 
inflyatsiyaga 
bog’liq ravishda 
indeksatsiya qilish mexanizmalari va tamoyillari ham o’zgarishlarga uchramoqda. 
Masalan, Yaponiya va Shvetsiyada pensiyani indeksatsiyalash iste’mol narxlari 
o’sishiga mos ravishda, Germaniya va Avstriyada sof daromadlar indeksi asosida, 
Frantsiyada esa pensiyalarni indeksatsiyalash yuqorida qayd etilgan ikkala 
ko’rsatkichni ham hisobga oluvchi murakkab indeks yordamida amalga oshiriladi. 
Pensiya jamg’armasi mablag’larini qayta taqsimlashning davlat mexanizmi 
yordami bilan individualllashtirilgan hisobraqamlardan foydalangan holda 
moliyaviy ta’minlash, pensiya tizimini tashkil etishning o’ziga hosligi, belgilangan 
yagona badallarni hisobga olgan holda, pensiya miqdorini belgilash kabi 
xususiyatlar hosdir. 
"Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqiga qonun hujjatlariga 
muvofiq sug’urta badallari hisoblanadigan mehnatga haq to’lash tarzidagi barcha 
daromadlar qo’shiladi. Davlat tomonidan ijtimoiy sug’urtalanmaydigan shaxslarga 
pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqiga qonun hujjatlariga 
muvofiq sug’urta badallari hisoblanadigan mehnatga haq to’lash tarzidagi 
daromadlarga o’xshash pul ta’minotining barcha turlari qo’shiladi. O’qish davrida 
to’langan stipendiya pensiya so’rab murojaat etgan kishining xohishiga ko’ra ish 
haqiga tenglashtiriladi. Ish vaqtini hisobga olib bo’lmaydigan xodimlarning 
(dehqon xo’jaliklarining a’zolari, ayrim fuqarolarning yumushlarini bajaruvchi 
shaxslar va boshqalarning) pensiyasini hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish 
haqining miqdori O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi 
byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga to’langan sug’urta badallarining 
miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Ish haqining natural qismi O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi 
uchun hisoblangan sug’urta badallarining miqdoridan kelib chiqqan holda 
aniqlanadi»
38
. Shaxslarning ayrim toifalari Qonunga muvofiq imtiyozli shartlarda 
yoshga doir pensiya olish huquqiga ega. Imtiyozli shartlarda pensiya olish 
38
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartish kiritish 
haqida» O’zbekiston Respublikasining Qonuni. 2012 yil 5 yanvar. 


89 
huquqiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 12 maydagi 
250-son Qarori bilan tasdiqlangan 1, 2 va 3-ro’yxatlarda nazarda tutilgan ishlarni 
bajarish bilan band bo’lgan xodimlar ega bo’ladi. O’zbekiston Respublikasida 
fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli shartlarda Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
tasdiqlangan ro’yxatlarga muvofiq pensiya olish huquqiga ega
39


yoshidan qat’i nazar pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, 
muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlarning 1-sonli ro’yxati; 

umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish 
huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, 
lavozimlar va ko’rsatkichlarning 2-sonli ro’yxati; 

umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish 
huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, vazifalar 
va ko’rsatkichlarning 3-sonli ro’yxati; 

imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga urush nogironlari, bolalikdan 
nogiron farzandlarning onalari, liliputlar va pakanalar ham ega. 
Respublikamizda pensiya tizimini moliyalashtirishdagi islohotlarni tezlikda 
amalga oshirib bo’lmaydi, ularni iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar bilan: bandlik, 
mehnat bozori, aholi daromadlari, byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqisi, 
soliq, moliya, kredit va pensiya sohasidagi islohotlar bilan birgalikda amalga 
oshirish lozim.
Tadqiqotchilarning bashoratlariga qaraganda, 2025 yilga kelib jahonda 60 
yoshdan oshgan aholi 1,1 milliarddan ortishi taxmin qilinmoqda. Bu ko’rsatkich 
o’tgan asrdagiga nisbatan 5 barobar ko’pdir. Mutaxassislarning fikricha, uzoq umr 
ko’radigan odamlarning ortib borishi kafolatli pensiya ta’minotini yaratish, tibbiy 
va ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash bo’yicha davlatlar zimmasiga katta 
mas’uliyat yuklamoqda. Umuman olganda, aholini ijtimoiy himoya qilishga 
bag’ishlangan tadqiqotlarda surunkali kasalliklar, tabiiy va texnogen ofatlarning 
ko’payishi, kambag’allik kabi turli omillar ta’sirida so’nggi yillarda er yuzida 
39
O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi Qonuni. 1993 yil. 3 sentyabr. 
9-modda. Imtiyozli shartlardagi pensiyalar. 


90 
ijtimoiy muhofazaga muhtoj kishilar soni sezilarli darajada o’sib borayotgani, 
bunday kishilarning qonuniy huquqlarini ta’minlash bo’yicha zarur choralar 
ko’rilmaѐtgani qayd etilmoqda. Xalqaro ekspertlar dunyoning ayrim davlatlarida 
yaqqol sezilib qolayotgan bu holat ijtimoiy barqarorlikka, jamiyatdagi 
umuminsoniy munosabatlarga, taraqqiyot muvozanatiga putur etkazayotganligini 
tobora ko’proq ta’kidlamoqdalar. Munosib hayot kechirish, ilm olish, davolanish 
kabi insonning eng oliy huquqlari kafolati xavf ostida qolmoqda. Shuning uchun 
ham jahon mamlakatlarida ijtimoiy himoya bilan bog’liq fakt va raqamlar tahlil 
qilinib, bu boradagi kafolatlarni, qonunchilikni mustahkamlab borishga doimiy 
e’tibor qaratilmoqda. 
O’zbekiston 
Respublikasining 
«Fuqarolarning 
davlat 
pensiya 
ta’minoti 
to’g’risida»gi Qonuni qabul qilinganidan keyin o’tgan davr mobaynida jamiyatdagi 
iqtisodiy va ijtimoiy o’zgarishlar hamda pensiya ta’minotini moliyalashtirishda 
vujudga kelgan muammolar ushbu tizimni isloh qilish zarurligini taqozo etmoqda. 
Pensiya ta’minoti sohasida islohotlar o’tkazish eng avvalo, bozor munosabatlari 
talablariga javob beruvchi yangi qonunchilik bazasini talab qiladi. O’zbekiston 
Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi hamda Mehnat vazirligi bilan birgalikda, 
xalqaro tajribani hisobga olib, mehnatga layoqatsizlikni e’tirof etishning ilg’or 
usullarini joriy etishni nazarda tutgan holda, tibbiy-mehnat ekspertizasi tizimini 
yanada takomillashtirildi, shuningdek tibbiy-mehnat eksperti komissiyalari soni 
maqbullashtirildi.
Davlat pensiya ta’minotining normativ-huquqiy bazasi takomillashtirildi. Davlat 
pensiya ta’minoti tizimining barqaror vaoqilona tizimini shakllantirish uchun 
qonunchilik va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, qulay tashkiliy-
huquqiy shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan zamonaviy me’yorlarni ishlab 
chiqishga jiddiy e’tibor berildi.1993 yilda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat 
pensiya ta’minoti to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga 2011-2015 
yildan tegishli o’zgartirishlar kiritilib, o’z ahamiyatini yo’qotgan ayrim imtiyoz va 
mehnat faoliyatining alohida davrlarini ish stajiga hisoblash mexanizmi 
takomillashtirildi. Qonunda keyingi kiritilgan o’zgarishlarda fuqarolar pensiyasini 


91 
hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqi o’tgan yillardagi ish haqilarini 
pensiya tayinlanadigan kundagi ish haqi darajasiga keltirish uchun O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab beriladigan tartibga asosan 
amalga oshiriladi. 
O’zbekiston 
Respublikasining 
«Fuqarolarning 
davlat 
pensiya 
ta’minoti 
to’g’risida»gi Qonuning “Chet elda ishlash vaqtini stajga qo’shish shartlari” nomli 
40-moddasiga (01.01.2015 yilgacha amalda bo’lgan tahririda) muvofiq, chet elda 
ishlangan davrlar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi 
byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga belgilangan sug’urta badallari 
to’langan taqdirda mehnat stajiga qo’shib hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi 
fuqarolarining yollanma (bitim) asosda chet elda ishlaganligi O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organlar mehnat daftarchasiga 
kiritgan qaydnomalarga qarab aniqlanadi. Chet el fuqarolariga va fuqaroligi 
bo’lmagan shaxslarga chet eldagi ishi O’zbekiston Respublikasida ishlanganiga 
to’g’ri keladigan stajning 1/3 hissasidan oshmagan miqdorda stajga qo’shiladi. 
O’zbekiston Respublikasining «Soliq va byudjet siyosatining 2015 yilga 
mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O’zbekiston 
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish 
to’g’risida»gi Qonuni asosida O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat 
pensiya ta’minoti to’g’risida»gi Qonuning “Chet elda ishlash vaqtini stajga 
qo’shish shartlari” nomli 40-moddasi quyidagicha to’ldirildi. «O’zbekiston 
Respublikasining 
diplomatik 
vakolatxonalari 
va 
konsullik 
muassasalari 
xodimlarining, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 
tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga 
xizmat safariga yuborilgan shaxslarning chet elda ishlagan davrini mehnat stajiga 
kiritish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
belgilanadi»
40
.
40
O’zbekiston Respublikasining «Soliq va byudjet siyosatining 2015 yilga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari 
qabul qilinganligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish va 
qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi Qonuni. 2014 yil 4 dekabr.


92 
O’zbekiston Respublikasining «Soliq va byudjet siyosatining 2015 yilga 
mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O’zbekiston 
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish 
to’g’risida»gi O’RQ-379-son Qonuni qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti 
to’g’risida»gi Qonunning «Xarbiy xizmatchilarning, ichki ishlar organlarining 
boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan bo’lgan shaxslarining, sudyalarning va 
prokuratura organlari darajali unvonlarga (harbiy unvonlarga) ega bo’lgan 
xodimlarining pensiya ta’minoti nomli 5-moddasida xarbiy xizmatchilarni, ichki 
ishlar organlarining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan bo’lgan shaxslarini, 
sudyalarni va prokuratura organlarining darajali unvonlarga (harbiy unvonlarga) 
ega bo’lgan xodimlarini, shuningdek ularning oila a’zolarini pensiya bilan 
ta’minlash shartlari, normalari va tartibi O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari 
bilan belgilanadi. Ularga ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslarda pensiya olish 
huquqi ham beriladi. Bunda harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organlarining 
boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan bo’lgan shaxslari, sudyalar va prokuratura 
organlarining darajali unvonlarga (harbiy unvonlarga) ega bo’lgan xodimlari pul 
ta’minotining barcha turlari fuqarolarning ish haqi singari bir xilda hisobga olinadi. 
Fuqarolar uchun pensiya ta’minoti, ularga nafaqalar tayinlash va to’lash, ijtimoiy 
xizmatlar hamda yordamlar ko’rsatish faoliyatining huquqiy asoslarini 
takomillashtirilishi, pensiya ta’minoti sohasidagi munosabatlarni qonunosti 
hujjatlari bilan tartibga solishdan qonunlar orqali tartibga solishga o’tilishi ijtimoiy 
himoyani amalga oshiruvchi davlat va jamoat nazorati kuchayishiga, fuqarolarning 
huquqiy ongi va madaniyatini yuksalishiga olib keladi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo’nalishi bo’yicha Harakat strategiyasining asosini ham, avvalambor, inson 
manfaatlarini ta’minlash bilan bog’liq vazifalar tashkil qiladi. Harakatlar 
strategiyasida «Ijtimoiy sohani rivojlantirish» deb nomlangan to’rtinchi yo’nalish 
ko’zda tutilgan bo’lib, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning 


93 
salomatligini saqlash, aholining muhtoj qatlamlariga ko’rsatiladigan ijtimoiy 
yordam sifatini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi. 
O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishlari 
bo’yicha Harakatlar strategiyasida ham 2017-2021 yillarda ayni shu 
muammolarga katta e’tibor qaratilgani masalaning qay darajada keng qamrovli 
ekanini yaqqol isbotidir. Respublikamizda oxirgi yillarda pensiya tizimining 
tashkiliy 
tuzilmasini, 
uning 
me’yoriy-huquqiy 
hujjatlarini 
yanada 
takomillashtirish bilan bir qatorda pensiya va ijtimoiy nafaqalarni o’z vaqtida 
moliyalashtirish, 
fuqarolarning 
pensiya 
ta’minotiga 
yo’naltiriladigan 
mablag’lardan maqsadli foydalanish yuzasidan nazoratni kuchaytirishda bir 
qancha ishlar amalga oshiriladi.

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish