Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li


Davlat pensiya ta’minoti nazoratini ta’minlovchi me’yoriy-huquqiy



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

 
3.2.Davlat pensiya ta’minoti nazoratini ta’minlovchi me’yoriy-huquqiy 
hujjatlar to’plami 
 
Ijtimoiy himoya – davlat tomonidan yuritilayotgan ijtimoiy siyosatning muhim va 
ustuvor yo’nalishlaridan bo’lganligi sababli uning huquqiy asoslari ham ushbu 
ustuvorlikka to’la mos bo’lishi, mamlakatimizda yuz berayotgan barcha ijobiy 
o’zgarishlar va erishayotgan yutuqlarimizni o’zida aks ettirishi, eng muhimi, inson, 
uning huquq va manfaatlari eng oliy qadriyat ekani haqidagi g’oyalarimizga 
asoslangan bo’lishi lozim.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganlaridek, 
«…Biz tanlagan va mashhur besh tamoyilga asoslangan taraqqiyot modelining 
naqadar haqqoniy va samarali ekani biz qurayotgan yangi demokratik tizimda, 
iqtisodiyotimiz rivojlanishining barqaror, barchani hayratda qoldirayotgan 
sur’atlarida, xalqimizning hayot darajasi va sifati ortib borayotganida o’zining 
amaliy tasdig’ini topmoqda»
30
.
Qattiq nazorat qilinadigan pensiya yoshi, pensionerlar soni va sug’urta badallarini 
to’lovchilar soni o’rtasidagi nisbat pensiya ta’minotini tartibga soluvchi asosiy 
30
Karimov I.A. Mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilishga qaratilgan taraqqiyot yo’limizni 
qat’iyat bilan davom ettirish – bosh maqsadimizdir. O’zbekiston Respublikasi Prezedenti I. Karimovning 
O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 22 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. \\ Xalq 
so’zi. 2014 yil. 5 dekabr.


73 
ko’rsatkichlar hisoblanadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti prognozlariga ko’ra 
XXI asr o’rtalariga kelib er shari aholisi soni 9 mlrd. kishidan oshib ketadi. Shu 
bilan bir qatorda tug’ilish darajasi o’rtacha ko’rsatkichga qadar pasayib 0,215 
promilleni tashkil etishi, kutilayotgan umr davomiyligining o’rtacha ko’rsatkichi, 
76 yoshni, rivojlangan mamlakatlarda esa 80 yoshdan oshib ketishi bashorat 
qilinmoqda.
Rivojlangan mamlakatlarda aholi sonining har yili o’rtacha 0,2 foizga qisqarib 
borishi XXI asr o’rtalariga kelib Evropa aholisining yarmi pensionerlardan iborat 
bo’lishi mumkinligini ko’rsatadi. Bu esa mehnatga layoqatli aholi uchun bog’liqlik 
koeffitsietining kamayishiga olib keladi. «Misol uchun, 2040 yilga borib har bir 
frantsuz ishchisiga bir nafardan pensioner to’g’ri kelishi mumkinligi bashorat 
qilinmoqda. Ushbu nisbat har qirq yilda o’zgarib borgan, jumladan, 2000 yilda ikki 
nafar ishchiga bir nafar pensioner to’g’ri kelgan bo’lsa, 1960 yilda to’rt nafar 
ishchiga bir nafar pensioner to’g’ri kelgan»
31
. Pensiya badallari to’planishi qattiq 
nazorat kilinmasa pensiya to’lovlarida davlat moliya tizimi uchun jiddiy 
muammolarni keltirib chiqaradi.
«Taqsimotga asoslangan pensiya tizimi bir pensionerga 3-4 nafar ishlovchi to’g’ri 
kelgan vaqtdagina samarali hisoblanadi. Sanoat jihatdan taraqqiy etgan 
mamlakatlarning aksariyatida XX asr boshlarida 65 va undan katta yoshdagi 
aholiga 4-5 nafardan mehnatga layoqatli aholi to’g’ri kelgan bo’lsa, 2020-2025 
yillarga borib ushbu nisbat Evropa mamlakatlarida 1/2,5, AQShda esa 1/3,5 ni 
tashkil etishi kutilmoqda»
32
. «AQShda pensiyaga chiqish yoshini bosqichma-
bosqich uzaytirish jarayoni 1983 yildan boshlangan bo’lib, ushbu ko’rsatkich 67 
yoshgacha uzaytiriladi. Buyuk Britaniyada pensiyaga chiqish ayollar uchun 65 
yosh, keyinchalik 2024-2046 yillarda ayollar va erkaklar uchun pensiya yoshi 68 
yoshga qadar uzaytiriladi»
33

31
Frantsiya: pensionnaya reforma [Elektronniy resurs] //Noviy pensioner. Rejim dostupa: http://www.pencioner.ru/ 
(data obrashcheniya 01.12.2015). 
32
World Population Prospects, Volume I-II/Population Division /UNDESA/UN Secretariat, New York, 2015. 
ma’lumotlari. 
33
Grishchenko N.B., Klimanova K.V. Problemi i puti reformirovaniya pensionnogo straxovaniya //Vestnik NGUEU. 
№2. 2012. S.79. 


74 
Pensiya jamg’armasi faoliyatini tashkil qilishda O’zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasiga, 
O’zbekiston 
Respublikasi 
qonunlariga, 
O’zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, “O’zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi to’g’risida”gi 
Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilinadi.
Quyidagi jadvalda O’zbekiston Respublikasi pensiya tizimining rivojlanish 
jarayoni ko’rsatilgan ().Pensiya ta’minoti tizimini rivojlanish tarixiga qarasak, 
O’zbekistonda 1928 yildan sanoatning alohida sohalarida ishlaydigan ishchilarga, 
keyinchalik barcha ishchilarga qarilik pensiyasini berish tartibi vujudga keldi. 1937 
yilda esa xizmatchilarga ham pensiya berish amalga oshirila boshlandi. 
Mamlakatimizda qishloq aholisiga pensiya va nafaqalar to’lash joriy qilindi. Shu 
tariqa mamlakatimizda butun mehnatkashlar hamda ularning oila a’zolarini o’z 
ichiga olgan yagona pensiya ta’minoti tizimi vujudga keldi. 
Pensiya ta’minoti sohasidagi qonunchilikni takomillashtirilishi va rivojlantirilishi 
xalqimizning tarixiy milliy qadriyatlari, insonparvarlik xislatlari bilan birga 
jahonning demokratik davlatlari, rivojlangan mamlakatlar qonunchilik amaliyoti, 
ilg’or xalqaro huquqiy tajriba va tamoyillar e’tiborga olinishi lozim.
O’zbekiston 
Republikasi 
Konstituttsiyasida 
fuqarolarning 
burchi 
va 
majburiyatlaridan biri sifatida qonun bilan belgilangan soliqlar, yig’imlar va 
majburiy ajratmalarni to’lashning majburiyligi belgilab qo’yilgan. Davlatning 
soliqlar va majburiy to’lovlar orqali tartibga solishning asosiy maqsadi - soliq 
munosabatlari qatnashchilarining ijtimoiy, umumiy va shaxsiy iqtisodiy 
qiziqishlarini muvofiqlashtirish hisoblanadi. Davlat pensiya tizimida joriy pensiya 
majburiyatlarini qoplash uchun majburiy badal turlarini yig’ish amalga oshiriladi. 
Respublikamizdagi pensiya to’lovlari «avlodlar birdamligi» tamoyiliga asoslangan. 
Pensiyalar ishlayotganlarning sug’urta badallari hisobiga to’lab boriladi. Pensiya 
ta’minoti tizimini rivojlanish tarixiga karasak, O’zbekistonda 1928 yildan 
sanoatning alohida sohalarida ishlaydigan ishchilarga, keyinchalik barcha 


75 
ishchilarga qarilik pensiyasini berish tartibi vujudga keldi. 1937 yilda esa 
xizmatchilarga ham pensiya berish amalga oshirila boshlandi. Mamlakatimizda 
qishloq aholisiga pensiya va nafaqalar to’lash joriy qilindi. Shu tariqa 
mamlakatimizda butun mehnatkashlar hamda ularning oila a’zolarini o’z ichiga 
olgan yagona pensiya ta’minoti tizimi vujudga keldi. 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish