Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li


Jamg’arib boriladigan pensiya mablag’laridan investitsion



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

7.6.Jamg’arib boriladigan pensiya mablag’laridan investitsion 
maqsadlarda foydalanish
 
O’zbekistonda faol ijtimoiy siyosatni amalga oshirish pensiya ta’minotida 
yangicha amaliy va samarali shakllarni qo’llashni talab etadi. Mamlakatimizda 
jamg’arib boriladigan pensiya tizimining tashkil etilishi jamiyatda investitsiya 
jarayonlarini rivojlantirish, ijtimoiy adolatni ta’minlash, qarilikni himoyalash, 
siyosiy, ijtimoiy barqarorlikni vujudga keltirish va kelgusida fuqarolarning 
moddiy ta’minotini ko’paytirishning asosiy shartlaridan biriga aylandi. 
Dunyo amaliyotida zamonaviy jamg’arib boriladigan pensiya tizimi jiddiy 
pensiya islohotlari natijasida shakllandi. O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, 
O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va 
fuqaroligi bo’lmagan shaxslar jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti olish 
huquqiga ega. Jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti - fuqarolarni shaxsiy 


268 
jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag’lardan davlat 
pensiyasiga qo’shimcha ravishda pul mablag’lari bilan ta’minlashdir.
 
7.4.-jadval. 
 Jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimining tavsifi 
 
№ 
Mezon 
Afzalligi 
Kamchiligi 
1. 
Demografik 
omil 
Har kim o’zi uchun pensiyani 
jamg’arganligi tufayli 
demografik omil ta’sir etmaydi

2. 
Davlat va 
xususiy 
komponentlar 
ning 
mutanosibligi 
To’liq davlat tomonidan 
(Singapurda), to’liq xususiy 
sektor tomonidan (Chili), 
xamda «aralash pensiya tizimi» 
amalga oshiriladi

3. 
Milliy 
iqtisodiyotga 
bog’liqligi 
Ushbu model mablag’lari 
iqtisodiyot uchun uzoq 
muddatli investitsiya 
hisoblanadi 
Iqtisodiy inqiroz 
sharoitida tizimda 
katta yo’qotishlar 
bo’lishi mumkin
4. 
Davlat byudjeti 
bilan o’zaro 
bog’liqligi 
Davlat byudjeti barqarorligiga 
ta’sir ko’rsatadi
Xorijiy 
mamlakatlarda 
davlat tomonidan 
kafolatlanmaydi
5. 
Aholining 
xabardorligi 
darajasi 
-
Aholi tizimning 
moliyaviy holatidan 
doim xabardor 
bo’lishi darkor
6. 
Pensiya 
miqdoridagi 
Ko’p mablag’ ajratma qilgan 
fuqarolar yuqori pensiya olish 



269 
farq 
imkoniyatiga ega bo’ladilar
O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolarni jamg’arib boriladigan pensiya 
ta’minoti to’g’risida»gi Qonunida ko’zda tutilgan quyidagi maqsadlarni ko’rsatish 
mumkin. 
1.
Jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimiga hisobga qo’yishning va 
badallar to’lashning majburiy-ixtiyoriyligi, ya’ni muayyan hollarda majburiy 
ravishda hisobga qo’yish. Badallar to’lab borishning shartligi va boshqa 
hollarda yoki ayrim shaxslarning tizimda hisobga qo’yilishi va to’lovlarni 
amalga oshirib borishning ixtiyoriy ekanligi. Masalan, barcha yuridik 
shaxslar o’z xodimlarini hisobga qo’yishlari va to’lovlarni o’tkazishlari 
majburiyligi, yuridik shaxs bo’lmagan yakka tadbirkorlar, dehqon 
xo’jaliklari a’zolari va boshqalarga bu boradagi ixtiyoriylik. 
2.
Mablag’larning maxsus jamg’arib boriladigan pensiya jamg’armasiga emas, 
balki Xalq banki muassasalarida jamg’arib borilishi, ularga inflyatsiya 
darajasidan kam bo’lmagan foizlik daromadlar hisoblanishi va to’lovlar ham 
kelgusida ushbu bank orqali to’lanishi. Ya’ni mablag’larning saqlanishi va 
to’lanishi nazorati va kafolatini davlat o’z zimmasiga olishi. 
3.
Jamg’arib 
boriladigan 
pensiya 
ta’minoti 
tizimining 
mutlaqo 
individuallashganligi va har bir to’lovchi uchun alohida maxsus hisobvarag’i 
ochilganligi hamda respublika bo’yicha yagona elektron ma’lumotlar bazasi 
yaratilganligi, binobarin ishlovchi fuqarolar yashash yoki ish joyini 
o’zgartirishi tizimda hisobga turishga ta’sir qilmasligi. 
4.
Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’larini iqtisodiy tarmoqlariga 
investitsiya qilinishi va shu hisobdan tizimga yig’ilayotgan mablag’larining 
hamda fuqarolarning shaxsiy hisobvaraqlaridagi mablag’larning inflyatsiya 
darajasidan yuqori miqdorda va uzluksiz ko’payib borishiga erishilishi. 
5.
Jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti uchun badallar har bir xodim 
tomonidan o’z oylik ish haqidan to’lansada, ammo bu to’lov uning 


270 
daromadlarining kamayishiga salbiy ta’sir qilmasligi. 
6.
Jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti uchun to’lanadigan badalning 
xodimdan ushlab qolinadigan jismoniy shaxslarning daromad solig’i 
hisobidan (soliqni kamaytirilishi hisobiga) amalga oshirilishi. 
7.
Jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti uchun xodimlardan undiriladigan 
badal miqdoriningbelgilanishi va kelgusida uning miqdorini O’zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasi 
qarori 
bilan 
oshirib 
borilishi 
imkoniyatlarining mavjudligi. 
8.
Jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti uchun to’plangan mablag’larni 
shaxsiy hisobvaraq egalari tomonidan tasarruf qilish asoslari kengligi, 
soddaligi hamda hech qanday cheklovlar yo’qligi. 
Pensiya jamgarmasi o’z investitsion siyosatini ishlab chiqishi va pensiya tizimini 
takomillashtirib borishi talab etiladi. Bu siyosat O’zbekiston Respublikasining 
Byudjet kodeksiga, Fuqarolik kodeksiga, «Fuqarolarni jamg’arib boriladigan 
pensiya ta’minoti to’g’risida»gi, «Investitsion faoliyat to’g’risida»gi, «Qimmatli 
qog’ozlar va fond birjasi to’g’risida»gi, «Qimmatli qog’ozlar bozori faoliyatining 
mexanizmi to’g’risida»gi Qonunlariga va investorlarning qimmatli qog’ozlar 
bozoridagi faoliyatini tartibga soluvchi boshqa me’yoriy hujjatlarga asoslanadi. 
Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’laridan jamg’arib boriladigan 
pensiya tizimi bilan bog’liq bo’lmagan majburiyatlarni bajarish uchun 
foydalanmaydi.Xalq banki jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’larining 
alohida hisobini yuritadi. Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’larini 
ko’paytirish hamda ularni pul qadrsizlanishidan himoya etish maqsadida bunday 
mablag’lardan investitsiya va kredit resurslari sifatida, shuningdek moliyaviy 
vositalarga joylashtirish uchun foydalanilishi mumkin. 
Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’laridan investitsiya va kredit 
resurslari sifatida foydalanish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan 
kelishilgan holda Xalq banki tomonidan amalga oshiriladi. Jamg’arib boriladigan 
pensiya tizimi mablag’larini moliyaviy vositalarga joylashtirish tartibi O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki 


271 
tomonidan belgilanadi. Respublikamizda jamg’arib boriladigan pensiya badallarini 
kirituvchilar Xalq banki filialiga jamg’arib boriladigan pensiya tizimida hisobga 
olish uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etishi kerak.
Jamg’arib boriladigan pensiya tizimini takomillashtirish va texnika bilan 
jihozlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 28 iyundagi 
«Jamg’arib boriladigan pensiya tizimini takomillashtirish va texnika bilan 
jihozlash borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi 110-sonli Qarori 
qabul qilindi. Qarorda jamg’arib boriladigan pensiya badallarining to’lik 
hisoblanishi va o’z vaqtida o’tkazilishi, jamg’arib boriladigan pensiya tizimini 
afzalliklari to’g’risida tushuntirish ishlarini kuchaytirish, ushbu tizim barqaror 
ishlashi uchun Xalq bankini bosqichma-bosqich zamonaviy kompyuter texnikasi 
hamda dasturlari bilan ta’minlash tadbirlarini amalga oshirishni belgilab berildi.
Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi (JBPT) mablag’larini samarali 
joylashtirishni tashkil etish maqsadida Jamg’arib boriladigan pensiya mablag’larini 
joylashtirish va daromadlarini shakllantirish siyosatini belgilash bo’yicha 
Muvofiqlashtirish Kengashi tashkil etildi.
Muvofiqlashtiruvchi kengash vazifalari quyidagilardan iborat: 

muddatlilik, qaytarishlilik, daromadlilik va diversifikatsiyalash tamoyillari 
asosida JBPT mablag’larini joylashtirish ob’ektlarini belgilash: 

JBPT mablag’larining xar bir joylashtirish ob’ektiga joylashtiriladigan eng 
ko’p hajmini aniqlash: 

JBPT mablag’larini joylashtirish ob’ektlarini risklar bo’yicha guruhlarga 
ajratish: 

JBPT mablag’larini joylashtirish va investitsiya kilishdan olingan 
daromaddan Xalq banki oladigan marja miqdorini belgilash va fuqarolarning 
shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvarag’iga hisoblanadigan foiz 
stavkasini belgilash.
Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’lari va mablag’larni joylashtirish 
tushunchalari quyidagicha izohlab berilgan: Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi 
mablag’lari – Xalk bankdagi shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya 


272 
hisobvaraqlarida 
jamlanadigan 
mablag’lar 
yig’indisidir. 
Mablag’larni 
joylashtirish–jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’laridan investitsiya va 
kredit resurslari sifatida, shuningdek, moliyaviy vositalarga joylashtirishda 
foydalanishdir. 
Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’laridan samarali foydalanish 
maqsadida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki 
Boshqaruvining 
qarorlari 
bilan 
«Jamg’arib 
boriladigan 
pensiya 
tizimi 
mablag’larini investitsiya va kredit resurslari sifatida joylashtirish tartibi 
to’g’risida»gi Nizom tasdiqlandi. Nizom “Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi 
mablag’larini samarali joylashtirishni tashkil etish, Xalk bankining JBPT 
mablag’larini joylashtirish bo’yicha majburiyatlari, Xalk bankida JBPT 
mablag’larini hisobini yuritishning o’ziga xos xususiyatlari, JBPT mablag’larini 
joylashtirish, JBPT mablag’larini joylashtirish ob’ektlariga ko’yiladigan talablar, 
JBPT mablaglarini joylashtirishdan olinadigan mablag’larini taqsimlash qoidalari 
o’z ifodasini topgan.

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish