Mavzuning dolzarbligi: Milliy naqshlarimizni o’rgangan xolda teatr, spektakl, milliy bayram, turli tadbirlar, milliy sahna asarlari va tibbiyot hodimlari uchun zamonaviy, fizik-mexanik xususiyatlari yuqori, iste’molchilar talablarini qondira oladigan sifatli va mustahkam maxsus liboslarni ishlab chiqarish teatr xodimlari uchun ishlab chiqarilayotgan liboslar turli xil noqulayliklarni o’rganib chiqish va ularni tahlil qilish; Tahlil natijalarini so’rovnoma orqali o’tkazib ulardagi kamchiliklarni muhokama qilish orqali libosdagi noqulayliklarni yo’qotish; libosdagi xarakatni cheklovchi holatlarni o’rganish.
Ishning maqsadi: Milliy liboslarning sahna asarlarni sahnalashtirishdagi roli juda katta ahamiyatga ega. Milliy sahnaviy asarlarni sahnalashtirishda tahlil qilishdan maqsad boy tariximiz milliy ma’naviyatimiz rivojiga o’z hissamni qo’shish.
I BOB. MILLIY ASARLARNI SAHNALASHTIRISHDA MILLIY VA ZAMONAVIY MATOLAR ORQALI QULAYLASHTIRISH.
1.1. Teatr va sahna kelib chiqish tarixiga nazar. (Adabiyotlar tahlili)
Teatr juda qadim zamonlarda paydo bo’lgan. Ibtidoiy jamiyatdagi mehnat va dunyo qarashlar bilan marosimlar va o’yinlardayoq teatrning boshqa bir qiyofani gavdalantirish, taqlid qilish, niqob, “ezgu” va “yovuz” kuchlarning o’zaro tortishuvini ko’rsatish dialog kabi unsurlari paydo bo’lib, mukammalashib borgan. Teatrning sof tomosha shaklida ko’rinishi dastlab qadimgi Sharqda yuz bergan. Hindiston, O’rta Osiyo, Xitoy, Indoneziya, Yaponiya, Birma, Vetnamda teatr tomoshalarining xilma-xil shakllari yaratilgan. Teatr miloddan avvalgi V asrda Yunonistonda paydo bo’lgan. Yunon teatri davlat tomonidan uyushtiriladigan bayramlarda ko’rsatilgan. Shundan boshlab teatr san’ati juda katta taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan. Yelizaveta II hukmronligi davrida Angliyada teatr ancha ilgarilab ketadi. 1576-yilda aktyor Jeyms Berbij tomoshalar uchun dastlab maxsus binoni bunyod etadi. U shunchaki “teatr” deb yuritiladi. Tez orada boshqa teatrlar ham qurilgan, Shekspirning bir talay p’yesalari sahnalashtirilgan. Bizning zamonaviy teatrlarimiz ham ushbu dastlabki ingliz teatr bag’ridan o’sib chiqqan.
O’zbek teatri ham uzoq tarixga ega bo’lib, uning dastlabki ko’rinishlari ibtidoiy jamoa davriga borib taqaladi. Miloddan avvalgi VII VI asrlarda ajdodlarimiz zardushtiylik (otashparastlik) bilan bog’liq holda o’ziga xos teatr yaratganlar.
IX-XII hamda XIV-XVaslarda Movorounnahr , Xorazm va Farg’ona o’lkalarida san’at shu jumladan teatr san’ati o’ziga xos shakllarda taraqqiy etdi. Ayniqsa, Temuriylar davrida tomosha san’atlari, har xil bayramlar keng rasm bo’lgan. Teatrning uch turi yaxshi shakllangan: hikoya teatri (qissaxonlik, voizlik, maddohlik); kulgu teatri (masxara, taqlid, zarofat); qo’g’irchoq teatri (chodirjamol, chodirxayol, fonusxayol). Samarqand, Shahrisabz va Hirotda o’tkazilgan bayramlarda qadimiy niqoblar bilan o’ynaladigan tomoshalar ham tiklangan2.
XX asr o’zbek teatri madaniyatimiz tarixida ro’y bergan noyob hodisalardandir. 1914-yili Mahmudxo’ja Behbudiyning “Padarkush” pyesasi o’z pardasini ochgan o’zbek teatri ikki uch o’n yillik ichida har bir xalq g’ururlansa arzigulik teatr sifatida maydonga chiqdi. O’zbek teatri jadidchilik harakatining mevasi-ma’rifiy teatr sifatida tug’ilgan edi. Birinchi o’zbek ijodiy jamoasi bo’lmish “Turon” truppasining “nizomi”da teatrning bosh maqsadi “a) aholi o’rtasida sahna ishlari va hayriyaga jiddiy munosabatni rivojlantirish, b) xalq uchun spektakl ko’rsatish, unga sog’lom tomosha berish. . .” deb uqtirilgan edi. Sahna ishini tashkil etgan va uni xalq orasida keng yoygan Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Mahmudxo’ja Behbudiy singari atoqli ma’rifatparvarning say-harakatlari bilan bu teatr tez orada xalq madaniy hayotining tarkibiy qismiga aylandi. Sanoqli bir necha yil davomida davomida o’ttizga yaqin pyesa yaratildi, aktyorlik va rejissorlik san’atining tub tamoyillari asos solindi3.
Do'stlaringiz bilan baham: |