2. Kasbiy psixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi, mutaxassislarning kasbiy sifatlari va shaxsiy salohiyatiga talablarning yuqoriligi, shaxs hayot faoliyatining turli sohalarida psixologik fanlar ma’lumotlaridan keng qamrovli foydalanishni talab etmoqda. Hozirgi kunda ko’pgina insonlar o’z kasbiy faoliyatlarini hayotiy muvaffaqiyatga erishish uchun shaxsiy shakllanishning asosi deb tushunib, psixologik qo’llab-quvvatlanishga ehtiyojlari mavjudligini tan olmoqdalar. O’z kasbining bilimdoni bo’lish uchun nafakat texnik fanlarni, balki shaxslarning ruhiy holati va kechinmalarini ham yaxshi bilish kerak bo’ladi. Bu esa har bir xodimdan psixologiya ilmining sir-asrorlaridan xabardor bo’lish va shu asosda qonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Har qanday inson kundalik hayotida odamlar bilan uchrashib, muloqotga kirishar ekan, u o’zining bosiq yoki qiziqqon, beparvo yoki qiziquvchan, mehribon yoki bag’ritosh, jahldor yoki bosiq va hokazolardan iborat ichki va tashqi ruhiy olamini namoyon qiladi. Bu ruhiy holatlar ongli va ongsiz tarzda namoyon bo’ladi. Ana shu holatlarning barchasi insonning psixikasini tashkil qiladi. Inson psixikasi moddiy va ma’naviy borliqdagi narsa va hodisalarni jonli aks etuvchi murakkab jarayon bo’lib, u uzoq davom etgan fiziologik rivoji uyg’unligining mahsuli hisoblanadi. Psixika – yuqori darajada tashkil topgan materiyaning tizimli xossasi (xususiyati), sub’ekt tomonidan ob’ektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq manzaralarini sub’ekt o’zidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o’z 6 xulqi va faoliyatini shaxsan boshqarishdir.
Psixikada o’tmishning, hozirgi davr va kelgusi zamonning hodisalari ifodalangan, tartibga solingan1 . Psixikaning asosiy vazifalari – aks ettirish – munosabat va xulq atvroni boshqarish –nazorat etishdir. Ruxiyatning namoyon bo’lish shakllari va ularning o’zaro bog’liqligi ruxiy (bilish) jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq va diqqat), ruxiy holatlar (hissiyot, emotsiya, bardamlik, tetiklik, qiziquvchanlik, hayratlanish, ishonchlilik, ijodiy ruhlanish), shaxs xususiyatlari (yo’nalishlar, temperament, xarakter, qobiliyat, iqtidor, aqliy salohiyat, xulq motivatsiyasi, ish uslubi, mas’uliyat)da kuzatiladi. Psixologiya – psixikaning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlari, shuningdek insondagi onglilik va ong osti fenomenlarining xilma-xil ko’rinishlarini o’rganuvchi fan.
Psixologiya yunoncha “psyche” va “logos” so’zidan olingan bo’lib, «jon», «ruh» haqidagi fan, ta’limot degan ma’noni anglatadi.
Hozirgi davr ilmida «jon» tushunchasi o’rniga «psixika» atamasini qo’llash qabul qilingan. Chunki lingvistik nuqtai nazardan «jon», «psixika» tushunchalari aynan bir ma’noni bildiradi. Lekin «psixika» atamasi bugungi kunda «jon»ga nisbatan kengroq ma’noga, ko’lamga ega bo’lib, inson ruhiyatining ham ko’zga ko’rinuvchi, ham ko’zga ko’rinmas tomonlarini o’zida aks ettiradi. Psixologiya fanining o’rganadigan sohasiga psixika, ong va ongsizlik, shaxs va uning faolligi kirsa, uning predmetini ana shu ob’ekt haqidagi muayyan bilimlar tashkil qiladi (Ob’ekt – kishilarning diqqatini o’ziga tortadigan moddiy va ma’naviy borliq.
Predmet – moddiy va ma’naviy borliq haqidagi bilimlar). Psixologiya fani: umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, pedagogik psixologiya, zoopsixologiya, yosh davrlari psixologiyasi, muhandislik psixologiyasi, yuridik psixologiya, harbiy psixologiya, tibbiyot psixologiyasi, savdo psixologiyasi kabi tarmoqlarga bo’linadi.
Kasbiy psixologiya, o’z mohiyatiga ko’ra, ijtimoiy psixologiya fani tarkibiga kiradi. Shu nuqtai nazardan qaraganda kasbiy psixologiya o’ziga xos predmet bo’lib, odam-texnika o’rtasida funktsiyalarni taqsimlash va muvofiqlashtirishning xususiyatlarining nozik tomonlarini qamrab oladi. Insonning xulq-atvorini, xatti-harakatlari bilan bog’liq jarayonlarni o’rganadi. Psixologiya esa muayyan shaxs, uning jamiyatdagi xulq-atvori va turli faoliyatlarining o’ziga xos tomonlarini o’rganadi. Bundan ko’rinadiki, har ikkala fanning ob’ekti va sub’ekti shaxs, inson hisoblanadi.
Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, kasbiy psixologiya ijtimoiy psixologiya tarkibida yuzaga kelgan bo’lib, aniq faoliyat, ya’ni soxaviy, masalan, texnik muxandis xodimlarning faoliyatidagi psixologik jihatlarning muhim tomonlarini o’rganishga bag’ishlangan fan hisoblanadi.
Kasbiy psixologiya ilmiy-amaliy fan bo’lib, umumiy psixologiyaning qonuniyatlarini o’rganadi va bu faoliyat samaradorligini oshirish uchun tavsiyalar ishlab chiqadi. Kasbiy psixologiya fani texnik muxandis xodimlarining munosabatlari, odamlarning psixik faoliyatini texnik boshqarish mexanizmlari va qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir.
Bunda texnik muxandislik faoliyatining psixologik asoslarini o’rganish maqsad qilib qo’yilgan. Kasbiy psixologiya fanining maqsadi – texnik muxandis xodimlar faoliyatining taraqqiyot qonuniyatlari, turli toifadagi shaxslar bilan o’zaro munosabatlar jarayonida psixologik bilimlardan foydalana olish ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iboratdir.
Kasbiy psixologiya fanining predmeti quyidagilardan iborat: – texnik muxandis xodimlarining psixikasini har tomonlama o’rganishdan hosil bo’lgan bilimlar; – texnik muxandis xodimlarining ongi, ruhiyati, onglilik va ongsizlik holatidan hosil bo’lgan xulosalar; – texnik muxandis xodimlarining shaxsining tuzilishi, uning faoliyati va 9 faolligini o’rganish orqali olingan nazariy va amaliy xulosalar. Barcha fanlar singari kasbiy psixologiya fanining ham o’z ob’ekti mavjud, ular quyidagilardan iborat: – texnik muxandis idoralar xodimlarining psixologiyasi; – texnika inson munosabatlarida inson omili va psixologiyasi; – fuqarolarning onglilik va ongsizlik holatlari; – shaxsning tuzilishi; – shaxsning faoliyati; – shaxsning faolligi va uning shakllari.
Do'stlaringiz bilan baham: |